Kenjaliev Muhamedali Kazbek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Sovershenstvovanie konstruksii jeleznodorojnogo puti dlya povisheniya ee ekspluatatsionnoy nadejnosti”, 05.08.02 – “Temir yo‘llar va yo‘l xo‘jaligi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3747.
Ilmiy rahbar: Abdujabarov Abduxamit Xalilovich – texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko’rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Shayaxmetov Saulet Berlikashevich, texnika fanlari doktori, professor; Muxammadiev Ne’matjon Raxmatovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti
Dissertatsiya yo’nalishi. Texnika yo’nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: geosintetik materiallardan foydalangan holda temir yo‘lning konstruksiyasini takomillashtirish orqali uning ekspluatatsion ishonchliligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
eksperimental tadqiqotlar natijalari asosida istiqbolli resurstejamkor materiallardan foydalanishni hisobga olgan holda temir yo‘lning ekspluatatsion ishonchliligini oshirish uchun yo‘l konstruksiyasini mustahkamlashning ratsional usullari va texnologiyalari ishlab chiqilgan;
ko‘tarma balandligining o‘zgarishini va gruntning suv bilan to‘yinganlik koeffisientini hisobga olgan holda er polotnosining cho‘kishini aniqlash uchun matematik modellar gruntning ekvivalent qatlami usulidan foydalanib ishlab chiqilgan;
temir yo‘lni ta’mirlash paytida geotekstillarni xavfsiz va sifatli yotqizishni hisobga olgan holda er polotnosini geosintetik materiallar bilan mustahkamlash bo‘yicha eksperimental tadqiqotlar dasturi va metodikasi davlatlararo standartlar talablari asosida ishlab chiqilgan;
yo‘l o‘lchagich vagonlaridan foydalangan holda er polotnosi holati va temir yo‘l izi geometriyasini monitoring qilish metodikasi er polotnosining asosiy maydonchadagi cho‘kishlarning rels koleyasiga ta’sirini hisobga olib takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Temir yo‘l izining ekspluatatsion ishonchliligini oshirish uchun uning konstruksiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
PCh-6 Qo‘qon yo‘l masofasining Qo‘qon-Buvayda peregonida temir yo‘llarning er polotnosini mustahkamlash bo‘yicha istiqbolli resurstejamkor geosintetik materiallardan foydalangan holda temir yo‘llarning er polotnosini mustahkamlash bo‘yicha konstruktiv-texnologik echimlar qo‘llanilgan, ular temir yo‘l izi geometriyasi barqarorligini va temir yo‘l konstruksiyasining ekspluatatsion ishonchliligini oshiradi va “Temiryo‘linfratuzilma” AJ YO‘l xo‘jaligi boshqarmasiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2024-yil 10-iyuldagi 4/6266-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, geosintetik materiallar bilan mustahkamlanganda er polotnosining asosiy maydonchasi cho‘kishini 35-39% ga kamaytiradi, shuningdek, temir yo‘l izining geometriyasini me’yorlardan chetga chiqish sonini 42-48% ga kamaytirishga erishilgan;
temir yo‘l izi geometriyasining barqarorligini oshishi hisobiga uning ekspluatatsion ishonchliligini oshirishga imkon beruvchi geosintetik materiallar bilan samarali kuchaytirilgan holda temir yo‘l izining konstruksiyalari “Temiryo‘linfratuzilma” AJ YO‘l xo‘jaligi boshqarmasiga joriy etilgan (2024-yil 10-iyuldagi 4/6266-sonli O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining ma’lumotnomasi). Natijada, ta’mirlash ishlarini bajarish va geosintetik materiallar bilan mustahkamlangan temir yo‘lni joriy saqlash vaqtida mehnat va materiallar xarajatlarini 16-20% tejashga imkon bergan.