Isanturdiev Sayfiddin Yusupbaevichning
fan doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): « Barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda ijtimoiy infratuzilma tizimini rivojlantirishning nazariy asoslari », 08.00.01 – Iqtisodiyot nazariyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt1970.
Ilmiy rahbar: Bobanazarova Jamila Xolmurodovna, Iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03 .
Rasmiy opponentlar: Rasulev Alisher Fayzievich, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Saidaxmedova Nodira Ilxomovna, Toshkent davlat pedagogika universiteti iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda ijtimoiy infratuzilma tizimini nazariy-uslubiy jihatdan tadqiq etish asosida ijtimoiy infratuzilma tizimini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra “barqaror iqtisodiy o‘sish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni milliy iqtisodiyot ishlab chiqarish hajmining aholi jon boshiga nisbatan ijobiy o‘zgarishining muttasil oshib borishi bilan bir qatorda aholini ijtimoiy infratuzilma xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojining miqdor va sifat jihatidan yuqori darajada qondirilishi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra “ijtimoiy infratuzilma tizimi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni aholining hayot faoliyati va turmush darajasini ta’minlashda zarur bo‘lgan ijtimoiy (sog‘liqni saqlash, ta’lim, madaniyat va boshqa) sohalar obektlari majmui barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning muhim va uzviy omili jihatidan takomillashtirilgan;
barqaror iqtisodiy o‘sishning yangi sifatiga erishishni ta’minlash borasidagi institutsional iqtisodiy nazariyaga oid qarashlar ijtimoiy infratuzilma tizimini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini ijtimoiy jihatdan muhtoj aholi qatlamlari uchun davlat tomonidan minimal darajadagi turmush sifati kafolatlari tizimi orqali takomillashtirilgan;
Sirdaryo viloyatidagi ijtimoiy infratuzilma obektlari rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning o‘zaro bog‘liqligini ifodalovchi ekonometrik model asosida 2027 yilga qadar iqtisodiy o‘sishning prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda ijtimoiy infratuzilma tizimini rivojlantirishning nazariy asoslari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra “barqaror iqtisodiy o‘sish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni milliy iqtisodiyot ishlab chiqarish hajmining aholi jon boshiga nisbatan ijobiy o‘zgarishining muttasil oshib borishi bilan bir qatorda aholini ijtimoiy infratuzilma xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojining miqdor va sifat jihatidan yuqori darajada qondirilishi nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan «Yashil iqtisodiyot» nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Guliston davlat universiteti o‘quv-uslubiy kengashining 2024 yil 24-maydagi “10”-sonli bayonnomasi hamda universitet rektorining 2024 yil 28-maydagi “78”-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi talabalarda O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sishni ta’minlash va aholining turmush sifatini yaxshilash uchun ijtimoiy infratuzilma tizimini rivojlantirish ko‘p jihatdan mamlakat iqtisodiy o‘sishini ta’minlashga ta’sir ko‘rsatuvchi milliy mahsulot hajmi va daromadning ko‘payishiga, resurslardan unumli foydalanishga ta’sir etuvchi omillar asosida aholi turmush darajasini yaxshilash kabi yo‘nalishlarning iqtisodiy mazmuni yuzasidan nazariy bilimlarni kengaytirish imkonini bergan;
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra “ijtimoiy infratuzilma tizimi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni aholining hayot faoliyati va turmush darajasini ta’minlashda zarur bo‘lgan ijtimoiy (sog‘liqni saqlash, ta’lim, madaniyat va boshqa) sohalar obektlari majmui barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning muhim va uzviy omili jihatidan takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan «Yashil iqtisodiyot» nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Guliston davlat universiteti o‘quv-uslubiy kengashining 2024 yil 24-maydagi “10”-sonli bayonnomasi hamda universitet rektorining 2024 yil 28-maydagi “78”-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi talabalarda iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mamlakatimizda YaIM hajmining o‘zgarish salmog‘iga ta’sir qiluvchi iqtisodiyot tarmoqlarini aniqlash hamda diversifikatsiyalash asosida ularning mutanosib rivojlanishiga asos bo‘luvchi ustuvor vazifalarning iqtisodiy mazmuni yuzasidan nazariy bilimlarni kengaytirish imkonini bergan.
Barqaror iqtisodiy o‘sishning yangi sifatiga erishishni ta’minlash borasidagi institutsional iqtisodiyot nazariyasiga oid qarashlar ijtimoiy infratuzilma tizimini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini ijtimoiy jihatdan muhtoj aholi qatlamlari uchun davlat tomonidan minimal darajadagi turmush sifati kafolatlari tizimini rivojlantirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29-oktyabrdagi “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” PF-6097-son Farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan. (Innovatsion rivojlanish agentligining 2024 yil 16-oktyabrdagi 01-11/3850-sonli ma’lumotnomasi) Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishida ilmiy tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalar hamda ta’lim, fan va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyasini ta’minlash borasida yuqori natijalarga erishish imkonini berdi.
Sirdaryo viloyatidagi ijtimoiy infratuzilma obektlari rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning o‘zaro bog‘liqligini ifodalovchi ekonometrik model asosida 2027-yilga qadar iqtisodiy o‘sishning prognoz ko‘rsatkichlari Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22-maydagi “Respublika hududlarida Yoshlar texnoparklarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 313-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan. (Innovatsion rivojlanish agentligining 2024 yil 16-oktyabrdagi 01-11/3850-sonli ma’lumotnomasi) Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi natijasida hududlarda yoshlarning tahliliy fikrlash, ularni ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatga keng jalb etish, iqtidorli, tashabbuskor yoshlarning o‘z intellektual salohiyatini namoyon qilishi va ijtimoiy moslashuvi uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida hududlarda 13 ta Yoshlar texnoparklarini tashkil etish yuzasidan aniq chora tadbirlar belgilab olishda xizmat qilgan.