Sobirova Nozima Normat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Tijorat banklarida jismoniy shaxslar uchun omonat siyosatini rivojlantirish istiqbollari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4142
Ilmiy rahbar: Kurbonbekova Mohichehra Turobjonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Berdiyarov Baxriddin Tavasharovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ortiqov Oybek Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Nordik xalqaro universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda bank faoliyatida jismoniy shaxslar uchun depozit siyosatini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
depozit siyosatining moliya bozorining boshqa vositalariga nisbatan ijtimoiy, iqtisodiy va demografik omillarni inobatga olgan holda jismoniy shaxslar uchun depozit siyosatini yosh va bandlik, oilaviy ahvol kesimida jozibadorligini oshirish asoslangan;
depozit siyosatida mijozlar piramidasiga oid qat’iy va foizli moliyaviy rag‘batlantirish vositalarini joriy etish orqali depozitlar doirasi qamrovini kengaytirish taklif etilgan;
bank tizimidan tashqarida pul aylanmasini qisqartirish, hamda aholining moliya bozorida ishtirokni kengaytirish maqsadida jismoniy shaxslar uchun depozit siyosatida foiz stavkalarini real va nominal ko‘rinishlarida taqdim etish taklif etilgan;
kredit-deposit koeffisenti o‘rtacha qiymat oshishi jami depozitlar hajmiga to‘g‘ri va talab qilib olguncha saqlanadigan depozitlar bo‘yicha teskari proporsionalligini aniqlash orqali aktivlar tarkibi shakllanishida depozitlar rolini oshirish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslar uchun depozit siyosatini boshqarish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
depozit siyosatining moliya bozorining boshqa vositalariga nisbatan ijtimoiy, iqtisodiy va demografik omillarni inobatga olgan holda jismoniy shaxslar uchun depozit siyosatini yosh va bandlik, oilaviy ahvol kesimida jozibadorligini oshirishga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi PF-5992-sonli farmonining 1-ilova 4-bo‘limi 1-xatboshi ijrosini ta’minlashda foydalanildi (ATB Turonbankning 2024 yil 19 iyuldagi 22/02-72-son ma’lumotnomasi). Natijada, depozitlar bilan qamrab olingan jismoniy shaxslar soni 2024 yilda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15 foizga oshishiga erishildi.
depozit siyosatida mijozlar piramidasiga oid qat’iy va foizli moliyaviy rag‘batlantirish vositalarini joriy etish orqali depozitlar doirasi qamrovini kengaytirish va jismoniy shaxslar uchun bank kartalaridagi bo‘sh turgan mablag‘lar uchun keshbek to‘lovlarini joriy etish asosida jismoniy shaxslar uchun kunlik (overnayt) depozitlar shaklini takliflari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi PF-5992-sonli farmonining 1-ilova 4-bo‘limi 1-xatboshi ijrosini ta’minlashda foydalanildi (ATB Turonbankning 2024 yil 19 iyuldagi 22/02-72-son ma’lumotnomasi). Natijada, bankka mijozlar jalb qilishga yangi yondashuvni joriy etish imkoni tug‘ildi.
bank tizimidan tashqarida pul aylanmasini qisqartirish, hamda aholining moliya bozorida ishtirokni kengaytirish maqsadida jismoniy shaxslar uchun depozit siyosatida foiz stavkalarini real va nominal ko‘rinishlarida taqdim etishga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi PF-5992-sonli farmonining 3-ilova 8-bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (ATB Turonbankning 2024 yil 19 iyuldagi 22/02-72-son ma’lumotnomasi). Natijada, depozitlarning hajmi 2024 yilda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 23 foiz o‘sishiga erishildi.
kredit-deposit koeffisenti o‘rtacha qiymat oshishi jami depozitlar hajmiga to‘g‘ri va talab qilib olguncha saqlanadigan depozitlar bo‘yicha teskari proporsionalligini aniqlash orqali aktivlar tarkibi shakllanishida depozitlar rolini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil  12 maydagi PF-5992-sonli farmonining 3-ilova 4-bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (ATB Turonbankning 2024 yil 19 iyuldagi 22/02-72-son ma’lumotnomasi). Natijada, depozitlarning hajmi 2024 yilda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3 foizga optimallashirishga erishildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish