Aytmuratov Axmed Maxsetbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Qoraqalpoq tilidagi raqamli texnologiyalarga oid atamalar”, 10.00.03 – “Qoraqalpoq tili” (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1755.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Abdinazimov Shamshetdin Najimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Pirniyazova Alima Kudiyarovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Dilanov Bekmurza Gulimbetovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi qoraqalpoq tilidagi raqamli texnologiyalarga oid atamalarning shakllanish, rivojlanish bosqichlari va o‘rganilishi, atamalarning tematik guruhlari, yasalish usullari, struktur modellarini aniqlash, raqamli texnologiyalarga oid atamalarning qo‘llanish xususiyatlarini hamda ularning qoraqalpoq tilining lug‘at tarkibida tutgan o‘rnini belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qoraqalpoq tilida raqamli texnologiyalarga oid atamalarning XX asr o‘rtalaridan boshlab ilm va texnikaning tez sur’atlarda taraqqiy etgani bois shakllanganligi, XXI asrga kelib axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi bilan bog‘liq ommalashganligi va ularning tadqiqot tarixi jarayonlari ochib berilgan;
raqamli texnologiyalarga oid atamalarning tematik tasnifi yaratilib, til faktlari asosida ularning o‘ziga xos xususiyatlari, axborot texnologiyalariga, ijtimoiy-siyosiy sohaga, iqtisodiyot va moliya sohalariga, yuridika sohasiga, fan va ta’lim sohasiga oid va boshqa guruhlari aniqlangan hamda sanlı (digital), kiberálem, jasalma intellekt, interfeys kabi atamalarning nomlanishining kelib chiqish sabablari asoslanib, ma’nolariga izoh berilgan;
hozirgi qoraqalpoq adabiy tili lug‘aviy tizimida raqamli texnologiyalarga oid atamalarning keng qo‘llanilishi, terminologiya bo‘yicha darsliklar tayyorlash, izohli lug‘atlar va imlo ma’lumotnomalarini tuzish borasida foydalanish mumkunligi bilan ahamiyatga egaligi ochib berilgan;
raqamli texnologiyalarga oid terminlar shakllanishining yasalish modellari asoslanib, sodda va qo‘shma terminlar, affiksli va affikssiz bir komponentli atamalar, qo‘shma so‘z, so‘z birikmasi, qisqartma tarzidagi qo‘shma terminlarning turlari aniqlangan hamda ikki komponentli atamalarning “ot va ot”, “sifat va ot” modellari, uch komponentli atamalarning «ot + ot + ot», «sifat + sifat + ot», «sifat + ot + ot» tipik struktur modellari belgilab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpoq tilidagi raqamli texnologiyalarga oid terminlarni tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qoraqalpoq tilida raqamli texnologiyalarga oid atamalarning XX asr o‘rtalaridan boshlab ilm va texnikaning tez sur’atlarda taraqqiy etgani bois shakllanganligi, XXI asrga kelib axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi bilan bog‘liq ommalashganligi va ularning tadqiqot tarixi jarayonlarining ochiqlanishiga doir tavsiya va takliflardan Qoraqalpog‘iston  Respublikası Vazirlar Kengashi tomonidan ishlab chiqilgan «Qoraqalpog‘iston Respublikasida boshqaruv faoliyatini muvofiqlashtirish jarayoniga zamonaviy raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi nizom»ning 22-bandida keltirilgan «Raqamli texnologiyalar va ularning zamonaviy terminologiyasiga oid faoliyatlarni takomillashtirish» ishlarining ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2023-yil 22-avgustdagi 11-09/5-08/647-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq tilidagi raqamli texnologiyalar terminlarining tematik guruhlari haqida batafsil ma’lumotlar berishga erishilgan;
raqamli texnologiyalarga oid atamalarning tematik tasnifi yaratilib, til faktlari asosida ularning o‘ziga xos xususiyatlari, axborot texnologiyalariga, ijtimoiy-siyosiy sohaga, iqtisodiyot va moliya sohalariga, yuridika sohasiga, fan va ta’lim sohasiga oid va boshqa guruhlari aniqlangan hamda sanlı (digital), kiberálem, jasalma intellekt, interfeys kabi atamalarning nomlanishining kelib chiqish sabablari o‘rganilganligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining qoraqalpoq tilini rivojlantirishga oid amaliy tadqiq qilish ishlarida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 18-avgustdagi 01-01/6-1867-son ma’lumotnomasi). Natijada maktab o‘quvchilari bilan ishlash jarayonida amaliyotga adabiy til meyorlari tatbiq etilgan va imlo qoidalari asosida fikr almashishiga erishilgan;
hozirgi qoraqalpoq adabiy tili lug‘aviy tizimida raqamli texnologiyalarga oid atamalarning keng qo‘llanilishi, terminologiya bo‘yicha darsliklar tayyorlash, izohli lug‘atlar va imlo ma’lumotnomalarini tuzish bo‘yicha foydalanilgan materiallar Qoraqalpog‘iston telekanalining «Áhmietli sáwbet» dasturi orqali keng jamoatchilik e’tiboriga havola etilgan (Qoraqalpog‘iston telekanalining 2023-yil 28-avgustdagi 05-22/433-son ma’lumotnomasi). Natijada raqamli texnologiyalar terminologiyasining shakllanishi bilan bog‘liq lingvistik ma’lumotlarning keng jamoatchilikga tanishtirilishi orqali ko‘rsatuvning madaniy-ma’rifiy ahamiyatining oshirilishiga erishilgan;
raqamli texnologiyalarga oid terminlar shakllanishining yasalish modellari asoslanib, sodda va qo‘shma terminlar, affiksli va affikssiz bir komponentli atamalar, qo‘shma so‘z, so‘z birikmasi, qisqartma tarzidagi qo‘shma terminlarning turlari aniqlangan hamda ikki komponentli atamalarning “ot va ot”, “sifat va ot” modellari, uch komponentli atamalarning «ot + ot + ot», «sifat + sifat + ot», «sifat + ot + ot» tipik struktur modellari O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan tadbirlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limining 2023-yil 25-avgustdagi 13-21-402-son ma’lumotnomasi). Natijada davlatimiz tomonidan tilshunoslik sohasida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishda muhim rol o‘ynadi, shuningdek, turli sohalarda raqamli texnologiyalarni samarali joriy etishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish