Israilov Suxrob Atakulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Elektron ta’lim muhitida fanlararo aloqadorlik asosida talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning dasturiy metodik ta’minotini takomillashtirish”, 13.00.06 – Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped2781.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Toshpulatova Ma’muraxon Ismoilovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxon Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Mirsanov Uralboy Muxammadievich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi elektron ta’lim muhitida talabalarning fanlararo aloqadorlik asosida kasbiy kompetentligini rivojlantirishning dasturiy metodik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fanlararo aloqadorlik asosida bo‘lajak iqtisodchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantiruvchi dasturiy metodik ta’minotini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari o‘quv fanlar orasidagi didaktik bog‘lanishlarni tasniflash, ijtimoiy tajribani o‘zlashtirish, kompetensiyaviy va informatsion yondashuvlarning variativligini ta’minlash hamda bilish jarayonini integrativ sintezlashga bosqichma-bosqich ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
elektron ta’lim muhitida talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish modeli bilimlarni tiklash, yangilash, korreksiyalash, amal qilish, prognozlashtirish funksiyalarini kengaytirish hamda faollikka yo‘naltirish, rag‘batlantirish, o‘qitishni tabaqalashtirish va individuallashtirishga jadal ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
elektron ta’lim muhitida talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi reproduktiv o‘qitish, vazifalarni murakkablashtirish, o‘quv faoliyatini muvofiqlashtirish, bilish mustaqilligini rivojlantirish, o‘quv jarayoni optimallashtirish hamda obektiv bog‘lanishlar va munosabatlarni umumlashtirish, fanlararo aloqadorlikni mustaqil yaxlit tasavvur eta olish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishga intensiv ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
elektron ta’lim muhitida talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlanganlik samaradorligi nazorat topshiriqlarining murakkablik darajasini aniqlashga qaratilgan sifat va miqdoriy baholay olish samaradorligini oshirish hamda egallagan bilim va ko‘nikmalarni ta’limiy muhitga transformatsiya qilish, moslashtirish va muvofiqlashtirishga dinamik ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fanlararo aloqadorlik asosida talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning dasturiy metodik ta’minotini takomillashtirishga oid olingan ilmiy natijalari asosida:
fanlararo aloqadorlik asosida bo‘lajak iqtisodchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantiruvchi dasturiy metodik ta’minotini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari o‘quv fanlar orasidagi didaktik bog‘lanishlarni tasniflash, ijtimoiy tajribani o‘zlashtirish, kompetensiyaviy va informatsion yondashuvlarning variativligini ta’minlash hamda bilish jarayonini integrativ sintezlashga bosqichma-bosqich ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Tadqiqot usullari va ko‘nikmalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligining 2024-yil 7-maydagi 149-son buyrug‘i asosida berilgan 324872-son nashr ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning fanlararo aloqadorlik asosida kasbiy kompetentligini rivojlantirishga oid dasturiy metodik ta’minotlardan foydalanish ko‘nikmasi rivojlantirilgan;
elektron ta’lim muhitida talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish modeli bilimlarni tiklash, yangilash, korreksiyalash, amal qilish, prognozlashtirish funksiyalarini kengaytirish hamda faollikka yo‘naltirish, rag‘batlantirish, o‘qitishni tabaqalashtirish va individuallashtirishga jadal ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Tadqiqot usullari va ko‘nikmalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligining 2024-yil 7-maydagi 149-son buyrug‘i asosida berilgan 324872-son nashr ma’lumotnomasi). Natijada, fanlararo aloqadorlik asosida talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlanishiga erishilgan;
elektron ta’lim muhitida talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi reproduktiv o‘qitish, vazifalarni murakkablashtirish, o‘quv faoliyatini muvofiqlashtirish, bilish mustaqilligini rivojlantirish, o‘quv jarayoni optimallashtirish hamda obektiv bog‘lanishlar va munosabatlarni umumlashtirish, fanlararo aloqadorlikni mustaqil yaxlit tasavvur eta olish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishga intensiv ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Tadqiqot usullari va ko‘nikmalari” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligining 2024-yil 7-maydagi 149-son buyrug‘i asosida berilgan 324872-son nashr ma’lumotnomasi). Natijada, fanlararo aloqadorlik asosida talabalarning obektiv bog‘lanishlar va munosabatlarni umumlashtirish va fanlararo aloqadorlikni mustaqil yaxlit tasavvur eta olish qobiliyati rivojlandi hamda kasbiy kompetentligini pedagogik amaliyotda qo‘llash imkoniyatlari kengaytirilgan;
elektron ta’lim muhitida talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlanganlik samaradorligi nazorat topshiriqlarining murakkablik darajasini aniqlashga qaratilgan sifat va miqdoriy baholay olish samaradorligini oshirish hamda egallagan bilim va ko‘nikmalarni ta’limiy muhitga transformatsiya qilish, moslashtirish va muvofiqlashtirishga dinamik ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Tadqiqot usullari va ko‘nikmalari” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligining 2024-yil 7-maydagi 149-son buyrug‘i asosida berilgan 324872-son nashr ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning kasbiy kompetentligi rivojlangan hamda egallagan bilim va ko‘nikmalarni transformatsiya qilishga erishilgan.