Zakirxodjaeva Ra’noxon Abdunabi qizining
falsafa fanlari doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Poliklinika va shifoxonalar o‘rtasida uzviy bog‘liqlikni takomillashtirishning zamonaviy yondashuvlari (Toshkent shaxar davolash-profilaktika muassasalari misolida)», 14.00.33 – Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menejment.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2935.
Ilmiy rahbar: Abduraximov Zoxid Abduvasikovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Rizaev Jasur Alimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ibragimov Aziz Yuldashevich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Kurortologiya va reabilitatsiya milliy tibbiy tadqiqot markazi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi turli darajadagi davolash-profilaktika muassasalari orasida uzluksizlikni va tibbiy xizmatni ko‘rsatish ketma-ketligini yanada takomillashtirishning asosiy masalalarini aniqlash va uni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mulk shaklidan qat’iy nazar statsionarda davolangan bemor xaqidagi ma’lumotni ambulator-poliklinika muassasalariga etkazishning uzluksizlik va ketma-ketligini ta’minlash maqsadida markazlashgan yig‘ma axborot taxlil tizimi asosida integral marshrutlash xizmati takomillashtirilgan;
statsionarda davolangandan keyingi davrda ambulator sharoitda bemorlarni personallashgan reabilitatsiyani muvofiqlashtirish zarurati asoslanib, kasalliklarni keltirib chikaruvchi omillarni oldini olish hamda erta patronaj xizmatiga ustuvorlik berilgan xolda algoritmik sxemalari takomillashtirilgan;
shoshilinch tez tibbiy yordam chakiruvlaridan keyin bemor xaqidagi ma’lumotni ambulator-poliklinika muassasalariga uzatishni tezlashtirish zarurati asoslanib, shoshilinch tez tibbiy yordam xizmati va ambulator-poliklinika muassasalari orasidagi o‘zaro axborot etkazish shaffofligi va patronaj xizmati optimallashtirilgan;
tibbiy xizmatni ko‘rsatishning uzluksizlik va ketma-ketlikni tamoyillariga mul`tidissiplinar yondashuv asosida patsientlarni turli davolash muassasalariga (statsionar-ambulator-poliklinik-sanatoriy) engil o‘tkazish va kuzatuvni tashkil qilish samarasi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Ambulator-poliklinika va shifoxona muassasalari o‘rtasida uzluksizlikni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: mulk shaklidan qat’iy nazar statsionarda davolangan bemor xaqidagi ma’lumotni ambulator-poliklinika muassasalariga etkazishning uzluksizlik va ketma-ketligini ta’minlash maqsadida markazlashgan yig‘ma axborot taxlil tizimi asosida integral marshrutlash xizmatini takomillashtirishga oid takliflar “Statsionar va ambulatoriya davolash va profilaktika muassasalar o‘rtasidagi uzviylik va munosabatlarni yaxshilash algoritmlari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan va ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2023 yil 10 noyabrdagi 479-sonli xati yuborilgan. Mazkur taklif Toshkent shahar Yakkasaroy tumani 58-sonli Oilaviy poliklinikaga (2023 yil 15 noyabrdagi 198 sonli buyrug‘i) va 59-sonli Oilaviy poliklinikaga (2023 yil 17 noyabrdigi 209) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2024 yil 1 maydagi 5-sonli Ekspert kengashi rayosatining bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: amalga oshirilgan tadqiqotni joriy qilinishi sog‘liqni saqlashni moliyalashtirishning yangi modeli kiritish orqali aholiga ko‘rsatiladigan ijtimoiy samaradorligini oshirishga olib kelgan. Bunda Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida ambulator-poliklinika muassasalarida tadqiqot guruhidagi bemorlarni statsionarda davolangandan keyin D nazoratiga olish ko‘rsatkichi 2,5 barobar, kardiolog nazorati 2 borabar oshirish imkonini berdi. Natijada davolash samaradorligi oshdi va asoratlar soni kamaydi. Iqtisodiy samaradorligi: Toshkent shahar Yakkasaroy tumani poliklinika va statsionar o‘rtasida uzluksizlikni takomillashtirishda zamonaviy yondashuvlar joriy qilish natijasida ajratilgan byudjet mablag‘lari o‘tgan yilga nisbatan taqqoslaganda 112 foizga oshgani aniqlangan;
ikkinchi ilmiy yangilik: statsionarda davolangandan keyingi davrda ambulator sharoitda bemorlarni personallashgan reabilitatsiyani muvofiqlashtirish zarurati asoslanib, kasalliklarni keltirib chikaruvchi omillarni oldini olish hamda erta patronaj xizmatiga ustuvorlik berilgan xolda algoritmik sxemalari takomillashtirilgani bo‘yicha takliflar “Statsionar va ambulatoriya davolash va profilaktika muassasalar o‘rtasidagi uzviylik va munosabatlarni yaxshilash algoritmlari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan va ilmiy yangiliklami boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2023 yil 10 noyabrdagi 479-sonli xat yuborilgan. Mazkur taklif Toshkent shahar Yakkasaroy tumani 58-sonli Oilaviy poliklinikaga (2023 yil 15 noyabrdagi 198 sonli buyrug‘i) va 59-sonli Oilaviy poliklinika (2023 yil 17 noyabrdagi 209 sonli buyrug‘i) amaliyotiga joriy etilgan (Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2024 yil 1 maydagi 5-sonli Ekspert kengashi rayosatining bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ambulator sharoitda uzviy kuzatish tavsiyalarini bemorlarning tashxisi va kasallik darajasiga qarab joriy qilinishi asosiy kasallik bilan bog‘liq asosratlarni qisqartirish tashxisot muolajalarini o‘z vaqtida o‘tkazish, jumladan tadqiqot guruhida EKG muolajalarini 2,5 barobarga, lipidlarga bo‘lgan tekshiruvni 2 barobar ko‘p o‘tkazilgan va o‘z navbatida asoratlarni oldini olishga imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: statsionarda davolangandan keyingi davrda ambulator sharoitda uzviy kuzatish tavsiyalarini bemorlarning tashxisi va kasallik darajasiga qarab joriy qilinishi tadqiqot guruhida shifohonaga qayta murojaatlar sonini qisqartirish 1,3 barobar qisqartirishga har bir bemorni imtyozli davolanishga sarflanadigan byudjet mablag‘larini 1,1 barobar qisqartirishga olib keldi;
uchinchi ilmiy yangilik: shoshilinch tez tibbiy yordam chakiruvlaridan keyin bemor xaqidagi ma’lumotni ambulator-poliklinika muassasalariga uzatishni tezlashtirish zarurati asoslanib, shoshilinch tez tibbiy yordam xizmati va ambulator-poliklinika muassasalari orasidagi o‘zaro axborot etkazish shaffofligi va patronaj xizmati optimallashtirishga oid takliflar “Statsionar va ambulatoriya davolash va profilaktika muassasalar o‘rtasidagi uzviylik va munosabatlarni yaxshilash algoritmlari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan va ilmiy yangiliklami boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2023 yil 10 noyabrdagi 479-sonli xat yuborilgan. Mazkur taklif Toshkent shahar Yakkasaroy tumani 58-sonli Oilaviy poliklinikaga (2023 yil 15 noyabrdagi 198 sonli buyrug‘i) va 59-sonli Oilaviy poliklinika (2023 yil 17 noyabrdigi 209 sonli buyrug‘i) amaliyotiga joriy etilgan (Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2024 yil 1 maydagi 5-sonli Ekspert kengashi rayosatining bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: birlamchi bo‘g‘in davolash-profilaktika muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini modellash kiritish shifokor qabulining elektron tizimini hamda shoshilinch tez tibbiy yordam muassasalarida dasturiy ta’minotni va ilovalarni ishlab chiqish natijasida bemorlar orasida axborot almashishi samaradorligini oshirish imkonini beradi. Bu o‘z navbatida kasalliklarni profilaktikasi, reabilitatsiyasi va ular orasida o‘lim va nogironldikni pasaytish bo‘yicha kerakli chora-tadbirlar ishlab chiqish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: shoshilinch tez tibbiy yordam muassasalarida sun’iy yo‘ldoshli navigatsiya samaradorligi joriy qilinishi orqali tibbiy xizmatlarni raqamlashtirish orqali tibbiyotda raqabat mexanizmlarini shakllantirish, o‘z navbatida byudjetdan ajratiladigan mablag‘larni tejash va xizmat sifatini yaxshilashga imkon berdi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: tibbiy xizmatni ko‘rsatishning uzluksizlik va ketma-ketlikni tamoyillariga mul`tidissiplinar yondashuv asosida patsientlarni turli davolash muassasalariga (statsionar-ambulator-poliklinik-sanatoriy) engil o‘tkazish va kuzatuvni tashkil qilish bo‘yicha takliflar “Statsionar va ambulatoriya davolash va profilaktika muassasalar o‘rtasidagi uzviylik va munosabatlarni yaxshilash algoritmlari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan va ilmiy yangiliklami boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2023 yil 10 noyabrdagi 479-sonli xat yuborilgan. Mazkur taklif Toshkent shahar Yakkasaroy tumani 58-sonli Oilaviy poliklinikaga (2023 yil 15 noyabrdagi 198 sonli buyrug‘i) va 59-sonli Oilaviy poliklinika (2023 yil 17 noyabrdigi 209 sonli buyrug‘i) amaliyotiga joriy etilgan (Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2024 yil 1 maydagi 5-sonli Ekspert kengashi rayosatining bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: turli davolash-profilaktika muassasalarining o‘zaro integratsiyasi va davolash-profilaktika xizmatlarini tashkil qilishda bemorlarni davolash jarayonlarida faol ishtirok xronologiyasi ambulatoriya-poliklinika muassasalari shifokorlariga bo‘lgan yuklamani pasaytirish natijasida tibbiy xizmatga hamda zaruriy maslahatga muxtoj bo‘lganlarni ko‘proq e’tibor qilish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: davolash-profilaktika xizmatlarini tashkil qilishda tibbiy xizmatni ko‘rsatishning uzluksizlik va ketma-ketlikni tamoyillariga mul`tidissiplinar yondashuv bemorlarni davolash jarayonlarida faol ishtirok etishi dori-darmonlarni 1,15 barobar qisqartirishga imkon bergan.