Abdullaev Lazizbek Abdulazizovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Poyabzal tikuv mashinasini igna ishchi yuzasini puxtalash orqali mustahkamligini oshirish va uni ishlab chiqarishga tadbiq etish” 05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari ixtisosligi bo‘yicha (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4207
Ilmiy rahbar: Safarov Nazirjon Muhammadjonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muxandislik texnalogiya inistituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2023.T.66.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Qayumov Jo‘ramirza Abdiramatovich, t.f.d., dotsent., Xomidjonov Abror Olimjonovich, t.f.f.d., dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muxandislik texnalogiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ignaning ishchi yuzasini azotlash va bor qoplash orqali puxtalash, mustahkamligini oshirish bilan uning ish muddatini uzaytirishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
poyabzal tikuv mashinasi ignasining ishchi yuzasini vakuum muhitida ionli azotlash va bor asosida qoplab puxtalashning kimyoviy-termik ishlov berish texnologiyasi tavsiya etilgan;
lazer nuri yordamida azotlash va bor qoplab puxtalash  yordamida mustahkamligi oshirilgan poyabzal tikuv mashina ignasini ishchi yuzasini issiqlikka va mexanik yuklamalarga bardoshliligini oshiruvchi texnologik jarayonlarining matematik modeli issiqlik almashuvi jarayonlari asosida ishlab chiqilgan;  
vakuum muhitida poyabzal tikuv mashina ignasining ishchi yuzasini azotlash va bor qoplab puxtalsh orqali mustahkamligini oshirishning vibratsiya, ishqalanish, korroziyaga bardoshliligining dinamik metodi ishlab chiqilgan;
azotlash va bor qoplab puxtalash usuli yordamida mustaxkamligi, karroziyaga va  eyilishga hamda deformatsiyaga qarshi chidamliligi oshirilgan termik puxtalangan poyabzal tikuv mashinasi ignasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Igna ishchi yuzalarini borli-azotlash orqali kimyoviy-termik ishlov berib puxtalash yordamida mustaxkamligi oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
borli-azotlash orqali kimyoviy-termik ishlov berib puxtalash yordamida mustaxkamligi oshirilgan poyabzal tikuv mashina ignasi “Kosonsoy Al – Aziz” MChJ va “Istiqbol poyabzal savdo” MChJlarda  joriy qilingan (O‘zcharmsanoat uyushmasining  2024 yil 8 iyuldagi AS 07/1955-son ma’lumotnomasi). Natijada, mustahkamligi oshirilgan poyabzal tikuv mashina ignasini ishlab chiqarish sharoitida sinishini 2-3 foizga kamayishiga, ignalarning  ish muddatini 2 marta oshirishga, ularni yangisiga almashtirish uchun sarf-xarajatlar miqdorini 1,5 martagacha kamayishiga va tikuv choki sifatini 10-15 foizga yaxshilanishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish