Allamurodova Matluba Mamasolievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qo‘ylar diplokokkoz kasalligining patomorfologik diagnostikasi va qarshi kurash choralarini ishlab chiqish”, 16.00.02 - Hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va morfologiyasi. Veterinar akusherligi va hayvonlar reproduksiyasi biotexnikasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/V52
Ilmiy rahbar: Elmuradov Bozorboy Aktamovich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.06/29.10.2021.V.139.01.
Rasmiy opponentlar: Kuldashev Otamurod Urazovich, veterinariya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Kuliev Baxodir Amriddinovich, veterinariya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda qo‘ylar diplokokkoz kasalligining Samarqand, Jizzax, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlari hududlarida tarqalishini o‘rganish, kasallikni kechishi, klinik belgilari, diplokokkoz bilan tabiiy kasallangan qo‘zilar qonining biokimyoviy, gemotologik xususiyatlarini, patologoanatomik o‘zgarishlarni aniqlash, kasallikka aniq tashxis qo‘yish, uni o‘xshash kasalliklardan farqlash, qo‘zg‘atuvchining turli antibiotiklarga rezistentligi va sezuvchanligini aniqlash, kasallikka qarshi GOA formol vaksinaning postvaksinal immunitetini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
diplokokkoz 1 oylikgacha bo‘lgan qo‘zilarda 7,41 %, 1-3 oylikda 4,6 % va 3 oylikdan katta qo‘zilarda 1,85 % uchrashi aniqlangan;
diplokokkoz bilan kasallangan qo‘zilarda leykotsitlarning me’yorga nisbatan 1,1 foizga (9,62±0,4) ortishi, leykoformulada eozinofil, bazofil monotsitlar mos ravishda 3,26 hamda 2,4 foizga kamayishi aniqlangan;
qo‘zilar diplokokkozida alanin aminotransferaza fermenti funksiyasining klinik sog‘lomlaridan farqi 4,8 E/l ga o‘zgarishi, albumin 2,7±0,02 g/l va umumiy oqsilning miqdori esa 3,5±0,19 g/l ga ortishi aniqlangan;
qo‘zilar diplokokkozining gistologik tahlillarida o‘pka parenximasining infiltratsiyasi, taloqda dog‘li qon quyilishlar, pulpasining qirindiga boy bo‘lishi va giperimiyalanishi aniqlangan;
diplokokkozga qarshi GOA formol vaksina bilan emlangan qo‘zilarda immunoglobulinlar miqdorining oshishi, antitelolar titrining1:1600 ni tashkil qilishi va postvaksinal immunitetning 6 oygacha davom etishi aniqlangan;
qo‘zilar diplokokkozini patomorfologik tashxislash va unga qarshi kurash choralari bo‘yicha tavsiyanoma ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qo‘ylarning diplokokkoz kasalligining patomorfologik diagnostikasi va qarshi kurash choralarini ishlab chiqish boʻyicha olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar natijalari asosida:
2018-2024 yillar davomida Samarqand, Jizzax, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarining qorako‘lchilik klaster, fermer xo‘jaliklari, va aholiga qarashli qo‘zilarda diplokokkozning tarqalishi, qo‘zilar yoshiga oid klinikasi o‘rganilgan va xulosa berilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 13 noyabrdagi 02/23-633-son ma’lumotnomasi). Natijada qo‘zilar diplokokkozi Samarqand, Jizzax, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida o‘rtacha 5,6 % tarqalganligi aniqlangan.
Samarqand, Jizzax, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarining qorako‘lchilik fermer xo‘jaliklari, klaster va aholiga qaramog‘idagidiplokokkozga qarshi GOA formol vaksina bilan emlangan qo‘zilar qonida antitelolar titri 1:1600 bo‘lishi, qarshi emlangan qo‘zilar qonida immunoglobulinlar miqdori 84,2 foizni tashkil qilishi aniqlangan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 13 noyabrdagi 02/23-633-son ma’lumotnomasi). Natijada diplokokkozga qarshi GOA formol vaksina bilan emlangan qo‘zilarda vaksinaning postvaksinal samaradorligi 6 oygacha bo‘lgan muddatni tashkil qilishi aniqlangan.
Qo‘zilar diplokokkozialohida hamdapasterellyoz, kolibakterioz, salmonellyoz kasalliklari bilan aralash kechganda patologik to‘qima, qon namunalari bakteriologik, gistologik, gematologik, biokimyoviy tekshirishlar asosida patomorfologik diagnostika uslubi ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 13 noyabrdagi 02/23-633-son ma’lumotnomasi). Natijada veterinariya fani va amaliyotda qo‘ychilik bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar uchun qo‘zilarningdiplokokkozkasalligiga tezkor diagnoz qo‘yish uslubi tatbiq etilgan.
“Qo‘zilar dilokokkozining patomorfologik differensial diagnostikasi, davolash va qarshi kurash choralari bo‘yicha tavsiyanoma” Respublikamizning Samarqand, Jizzax, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlari qorako‘lchilik klasterlari, fermer xo‘jaliklari hamda aholiga shaxsiy chorva xo‘jaliklariga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 13 noyabrdagi 02/23-633-son ma’lumotnomasi). Natijada qo‘zilar diplokokkoziga qarshi kurash chora-tadbirlari ishlab chiqilib, kasallikni profilaktika qilishda samarali natijalarga erishilgan.   

Yangiliklarga obuna bo‘lish