Ermatova Shohista Abdusalomovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’limda Erkin Vohidov ijodini o‘rganishning modernizatsiyalashgan metodik ta’minotini takomillashtirish”, 13.00.02  Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek adabiyoti) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped5219.
Ilmiy rahbar: Xujamberdieva Shaxnoza Kupaysinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.  
Rasmiy opponentlar: Karimova Farida Isakovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Kazieva Turg‘unoy Tursunboevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’limda Erkin Vohidov ijodini o‘rganishning modernizatsiyalashgan metodik ta’minotini takomillashtirishning nazariy va amaliy jihatlarini tadqiq etish, o‘qitish samaradorligini oshirishning metodik ta’minotini modernizatsiyalashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’limda E.Vohidov ijodini o‘rganishning modernizatsiyalashgan metodik ta’minotini takomillashtirishning didaktik tizimi talabalarning hamkorlik faoliyatini badiiy asarlarni samarali o‘zlashtirishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar bilan integratsiyalash orqali aniqlashlashtirilgan;
talabalarning o‘quv adabiyotlarida keltirilgan E.Vohidov ijodiga doir bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarini shakllantirishning metodik ta’minotini modernizatsiyalashtirish bosqichlari tadqiqot, didaktik material yaratish, ta’lim texnologiyalarini joriy etish, integratsiyalashgan yondashuvlarni qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
E.Vohidov asarlarini yanada chuqurroq o‘rganish uchun interaktiv o‘qitish metodikasi ijtimoiy media vositalaridan foydalanish, talabalarning ijodiy fikrlashini va bahs-munozaralarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi asarlarni turli badiiy yondashuvlarni tatbiq qilish asosida takomillashtirilgan;
E.Vohidov ijodini o‘rganishning modernizatsiyalashgan didaktik ta’minoti interaktiv raqamli darsliklar va mobil ilovalarni joriy etish, interaktiv tarzda asarlarni tahlil qilish, matnni eshitish, video va audio materiallar orqali darsni yanada boyitish, mobil ilovalar yordamida talabalarning bilish darajasi, ijodiy qobiliyatini real vaqt rejimida baholash orqali takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’limda Erkin Vohidov ijodini modernizatsiyalashgan metodik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oliy ta’limda E.Vohidov ijodini o‘rgatishning modernizatsiyalashgan metodik ta’minotini takomillashtirishning didaktik tizimi talabalarning hamkorlik faoliyatini badiiy asarlarni samarali o‘zlashtirishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar bilan integratsiyalash orqali aniqlashtirishga oid takliflari Filologiya va tillarni o‘qitish yo‘nalishi talabalari uchun “Adabiyot o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-son buyruq guvohnomasi). Natijada, o‘quv mashg‘ulotlarida hamkorlik tamoyili asosida E.Vohidov ijodini o‘qitishning modernizatsiyalashgan usullari boyitilgan;
talabalarning o‘quv adabiyotlarida keltirilgan E.Vohidov ijodiga doir bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarini shakllantirishning metodik ta’minotini modernizatsiyalashtirish bosqichlari tadqiqot, didaktik material yaratish, ta’lim texnologiyalarini joriy etish, integratsiyalashgan yondashuvlarni qo‘llash asosida takomillashtirishga oid oid takliflari Filologiya va tillarni o‘qitish yo‘nalishi talabalari uchun “Hozirgi adabiy jarayon” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023-yil 6-noyabrdagi 491-son buyruq guvohnomasi). Natijada, E.Vohidov ijodini o‘qitishning metodik ta’minotini modernizatsiyalash bosqichlari aniqlanib o‘zaro integratsiyasi ta’minlangan;
E. Vohidov asarlarini yanada chuqurroq o‘rganish uchun interaktiv o‘qitish metodikasi ijtimoiy media vositalaridan foydalanish, talabalarning ijodiy fikrlashini va bahs-munozaralarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi asarlarni turli badiiy nuqtai nazardan tahlil qilish yondashuvlarini tadbiq qilish asosida takomillashtirishga Filologiya va tillarni o‘qitish yo‘nalishi talabalari uchun “Adabiyot o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-son buyruq guvohnomasi). Natijada, talabalarda shoir ijodini o‘rganishga nisbatan motivatsion yondashuvni shakllantirish asosida badiiy tahlil qilish usuli rag‘batlantirilgan;
E. Vohidov ijodini o‘rganishning modernizatsiyalashgan didaktik ta’minoti interaktiv raqamli darsliklar va mobil ilovalarni joriy etish, interaktiv tarzda asarlarni tahlil qilish, matnni eshitish, video va audio materiallar orqali darsni yanada boyitish, mobil ilovalar yordamida talabalarning bilish darajasi, ijodiy qobiliyatini real vaqt rejimida baholash va tahlil qilish orqali takomillashtirishga oid tavsiyalaridan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-20170923121-raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodoligik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021-yul 30-apreldagi 11-05-1927/04son dalolatnmasi). Natijada, E.Vohidovning amaldagi o‘quv darsliklariga kirgan she’rlari, dostonlarini o‘rgatishga oid metodik tacsiyalar tizimini ishlab chiqish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish