Qodirov Jo‘rabek Mamatismonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ijtimoiy-madaniy yondashuv vositasida o‘quvchilarni shaxslararo munosabatga tayyorlash mexanizmini takomillashtirish (jismoniy tarbiya darslari misolida)”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped4766.
Ilmiy rahbar: Utepbergenov Amangeldi Kultimuradovich, biologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Adizov Bahtiyor Rahmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Hadjaev Bekzod Hudayberganovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ijtimoiy madaniy yondashuv vositasida o‘quvchilarni shaxslararo munosabatga tayyorlash mazmunini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaxslararo munosabatlar madaniyati shaxs rivojlanishining ehtiyoj-motivatsion, ma’naviy-axloqiy, intellektual, amaliy va faollik darajalarida integral birlik sifatida namoyon bo‘lishi aniqlashtirilgan;
shaxslararo munosabatlarga tayyorlashning pedagogik shart-sharoitlari mavjudligi, tarbiyaviy o‘zaro ta’sirning qiymatini tushunish; ta’lim sub’ektlarining o‘zaro ta’sirini tashkil etishga tizimli yondashuv; shaxsga yo‘naltirilgan sub’ekt-sub’ekt munosabati, o‘quv jarayonida ijtimoiy madaniy kontekstli muloqotga kirishishda qiymat motivatsiyasini jismoniy tarbiya darslarida qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
pedagogik jarayonda ijtimoiy-madaniy yondashuv vositasida o‘quvchilarda shaxslararo munosabatlarning shakllanganlik darajasini diagnostika qilish metodikasi ishlab chiqilib, shaxslararo munosabatlar madaniyatini bosqichma-bosqich shakllantirishni ta’minlaydigan tarbiyaviy vazifalar va mashqlar majmuasi mazmuniy natija bog‘liqligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
ijtimoiy-madaniy yondashuv vositasida o‘quvchilarni shaxslararo munosabatga tayyorlash tizimini takomillashtirish modeli yaratilib, amaliyotga joriy etish orqali natijalarni belgilovchi mezonlar ishlab chiqilgan hamda shu asosda nazorat etish imkoniyatlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchilarni ijtimoiy-madaniy yondashuv vositasida shaxslararo munosabatga tayyorlash bo‘yisha olingan natijalar asosida:
jismoniy tarbiya darslarida o‘quvshilarda shaxslararo munosabatni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari jismoniy, psixologik o‘zini-o‘zi baholash, tarbiyalash, jismoniy sifat qobiliyatlari va fazilatlarini funksional yig‘indisi, sport faoliyatida barqarorlik hamda shaxsga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonini loyihalashtirishning didaktik xususiyatlarini ketma-ket aniqlash asosida rivojlantirishga qaratilgan ma’lumotlar “Kurash nazariyasi va uslubiyoti” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan. (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-sonli buyrug‘iga asosan 218-750 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, jismoniy tarbiya o‘qituvshilari, sport trenerlari ijtimoiy-madaniy yondashuv vositasida o‘quvchilarni shaxslararo munosabatga tayyorlashga asoslangan o‘quv jarayonini loyihalash kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
o‘quvshilarning shaxslararo munosabatga tayyorlash mezonlari o‘quv ijtimoiy-madaniy yondashuv, mustaqil izlanish vaziyatlarini loyihalashtira olish, modellashtirish, yagona etalonga keltirish, konstruksiyalash hamda kichik va katta fiziologik shiddat zonalarida subkritikm tezkorlikda uzlyuksiz va uzilib bajariladigan mashqlarni muayyan izchillikda o‘quv jarayoniga olib kirish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan. Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazida bajarilgan. A1-XT-0-92997 “Mening tumanim jinoyatchilikdan xoli” (2023-2024-yy.) loyihasining milliy o‘quvchilarning shaxslararo munosabatga tayyorlash mezonlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2024-yil 28- iyundagi 01/11-10-390-son ma’lumotnomasi). Natijada, ijtimoiy-madaniy yondashuv vositasida shaxslararo munosabatga tayyorlashga yo‘naltirilgan o‘quv jarayoni sifat va samaradorlik ko‘rsatkishlari yaxshilangan;
o‘quvchilarni shaxslararo munosabatga tayyorlashda o‘quv vaziyatlari va sport mashq harakatlarini o‘zlashtirish hamda uzviy bog‘liq ketma-ketlikda modellashtirish – loyihalash – konstruksiyalash va pedagogik tavsiyalar yordamida shaxslararo munosabatni nazorat qilishga oid takliflar «Kurash nazariyasi va uslubiyoti» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-sonli buyrug‘iga asosan 218-750 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, o‘quvchilarning shaxslararo munosabatga kirishish jarayonini loyihalash metodikasi takomillashtirilgan;
ijtimoiy-madaniy yondashuv vositasida o‘quvchilarni shaxslararo munosabatga tayyorlashga oid tuzilgan didaktik topshiriqlar orqali ularda diagnostik va metodologik, amaliy va natijaviylik komponentlarini o‘zida aks ettirgan mashqlar, treninglar mashg‘ulot mazmunini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazida bajarilgan A1-XT-0-92997 “Mening tumanim jinoyatchilikdan xoli” (2023-2024-yy.) loyihasining o‘quvchilarni shaxslararo munosabatga tayyorlashga oid tuzilgan didaktik topshiriqlar ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2024-yil 28- iyundagi 01/11-10-390-son ma’lumotnomasi). Natijada, jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchilarni ijtimoiy-madaniy yondashuv vositasida shaxslararo munosabatga tayyorlash mazmunining samaradorligini oshirishga erishilgan.