Hakimov Munisjon Murodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Jamol Kamol ijodining mavzu ko‘lami va g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3374.
Ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni: Ochilov Ergash Zokirjonovich, filologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.01.
Rasmiy opponentlar: Qahramonov Qurdosh Yalg‘ashevich, filologiya fanlari doktori, professor; Ulugʻov Abdulla O‘zbekovich, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Jamol Kamol ijodining mavzu ko‘lami, obrazlar olami, g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari va shoir uslubining o‘ziga xosliklarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Jamol Kamol ijodining vatan, istiqlol, ishq, tabiat, axloq kabi bir qator mavzular koʻlami va ularning she’r, doston, publisistik maqola singari adabiy matn bilan bog‘liq ijtimoiy, ma’rifiy, madaniy, ta’limiy mazmunlari ochib berilgan;
shoir ijodining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari yoritilib, lafz (qonun, burch va kelishuvga sadoqat), elkadoshlik, mehmondo'stlik, rozi-rizolik, ota-onaga hurmat kabi milliy va diniy bag‘rikenglik, o‘zaro totuvlik, barcha millat-u elatlarning urf-odatlarini e’zozlash singari umuminsoniy qadriyatlarga muallif yondashuvi dalillangan;
Jamol Kamolning sevgi-muhabbat, yurtga sadoqat, mehnatsevarlik kabi mavzularni yoritishda Vatan, ona, do‘st, ma’shuqa, oshiq, ko‘z, dehqon, g‘arib singari obrazlardan foydalanishi davr va zamon o‘zgarishlariga doir mustaqillik, vatanparvarlik, bunyoqkorlik g‘oyalariga yondashuvi asosida isbotlangan;
Jamol Kamolning «Shayxurrais», «Navoiy muhabbati», «Faylasuf», «Shayxzoda» dostonlari kompozisiya, syujet, obrazlar tizimi, ma’nolar olami kabi jihatlariga ko‘ra ochib berilib, tashbeh, mubolag‘a, tashxis, ruju’, tardi aks singari badiiy san’atlarning she’riy matn mazmunini yuzaga chiqarishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jamol Kamol mavzu ko‘lami va g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari tadqiqining ilmiy xulosalari quyidagi yo‘nalishlarda joriy qilingan:
Jamol Kamol ijodining vatan, istiqlol, ishq, tabiat, axloq kabi bir qator mavzular koʻlami va ularning she’r, doston, publisistik maqola singari adabiy matn bilan bog‘liq ijtimoiy, ma’rifiy, madaniy, ta’limiy mazmunlari ochib berilgani bilan bog‘liq xulosalardan Qo‘qon davlat pedagogika institutida bajarilgan AL-32210302020 «Qo‘qon adabiy muhiti ijodkorlari hayoti va ijodi bo‘yicha veb sayt va elektron platforma yaratish» mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Qo‘qon davlat pedagogika institutining 2024 yil 28-martdagi 356/04-son ma’lumotnomasi). Natijada Qo‘qon adabiy mihiti vakillari ijodidagi uslubiy xoslik, an’anaviylik va mahorat masalalri yoritilgan;
shoir ijodining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari yoritilib, lafz (qonun, burch va kelishuvga sadoqat), elkadoshlik, mehmondo'stlik, rozi-rizolik, ota-onaga hurmat kabi milliy va diniy bag‘rikenglik, o‘zaro totuvlik, barcha millat-u elatlarning urf-odatlarini e’zozlash singari umuminsoniy qadriyatlarga muallif yondashuvi dalillanganiga oid yangiliklardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan IL-402104474 «bolalaradabiyoti.uz» elektron platforma va uning mobil ilovasini yaratish» mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 30-sentyabrdagi 04/1-2663 son ma’lumotnomasi). Natijada platforma va uning mobil ilovasi vazifalari to‘g‘ri belgilangan va zaruriy ma’lumotlar bilan boyitilgan;
Jamol Kamolning sevgi-muhabbat, yurtga sadoqat, mehnatsevarlik kabi mavzularni yoritishda Vatan, ona, do‘st, ma’shuqa, oshiq, ko‘z, dehqon, g‘arib singari obrazlardan foydalanishi davr va zamon o‘zgarishlariga doir mustaqillik, vatanparvarlik, bunyoqkorlik g‘oyalariga yondashuvi asosida isbotlangani haqidagi xulosalardan Toshkent davlat pedagogika universitetida 2015-2017 yillarda bajarilgan F-1-118 “Navoiy obrazining tasviriy va talqinlariga oid o‘quv qo‘llanmani tayyorlash va nashr etish” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024 yil 9-apreldagi 11-05-16/34-son ma’lumotnomasi). Buning samarasi o‘laroq, loyihada Jamol Kamol ijodida Navoiy obrazining millatning yo‘lchi yilduzi, ma’naviyat otasi, buyuk gumanist singari qiyofalari oydinlashtirilgan;
Jamol Kamolning «Shayxurrais», «Navoiy muhabbati», «Faylasuf», «Shayxzoda» dostonlari kompozisiya, syujet, obrazlar tizimi, ma’nolar olami kabi jihatlariga ko‘ra ochib berilib, tashbeh, mubolag‘a, tashxis, ruju’, tardi aks singari badiiy san’atlarning she’riy matn mazmunini yuzaga chiqarishi isbotlanganiga doir xuloisalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Madaniyat va ma’rifat» telekanali» davlat muassasasining Jamol Kamol hayoti va ijodiga bag‘ishlangan «Umr daftari» ko‘rsatuvi hamda Navoiy tavalludining 582 yilligiga atab o‘tkazilgan telemarafon ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Madaniyat va ma’rifat» telekanali» davlat muassasasining 2024-yil 23-apreldagi 01-16/98-son ma’lumotnomasi). Natijada Jamol Kamol hayoti va ijodi, bugungi ijodkorlarning Navoiydan ilhomlanishi keng jamoatchilikka etqazilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish