Yuldosheva Mashxura Zokirjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tohir Malik asarlarining sotsiopragmatik tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3731.
Ilmiy rahbar: Usmonova Xurinisa Sharapovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.76.04.
Rasmiy opponentlar: Jamoliddinova Dilnoza Mirxojiddinovna, filologiya fanlari doktori, professor; Rahimov Usmonjon Ergashevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Tohir Malik asarlari misolida badiiy kontekstda nutqiy strategiyalar sotsiopragmatikasining o‘ziga xosliklarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tilshunosligida Tohir Malik asarlarida qo‘llangan nutqiy strategiyalarning sotsiopragmatik asoslari tizimlashtirilgan, bu strategiyalarning badiiy kontekstdagi sotsiolingvistik, pragmatik, mentalingvistik lisoniy va nutqiy konstruksiyalari ijtimoiy-pragmatik tomondan ochib berilgan;
xushmuomalalik strategiyalari o‘zbek tilli jamiyatning madaniy-kognitiv sxemalari va muloqot me’yorlari bilan uzviy bog‘liq ekanligi aniqlanib, milliy madaniyatga xos nutqiy strategiyalarning o‘zbek millati lisoniy olamiga xos axloqiy, ma’naviy va etnik-mental xususiyatlarining badiiy nutqdagi ifodalanishi mexanizmlari kognitiv va sotsiopragmatik jihatdan asoslangan;
muloqotning shaxs ijtimoiy o‘ziga xosligi bilan bog‘liq xushmuomalalik turlariga xos substrategiyalar badiiy qahramonlar va real hayotdagi o‘zbek millati vakillarining nutqiy jarayonlaridagi ijtimoiy yuz kategoriyasi, nutqiy aktlar va ular haqidagi nazariy sotsiopragmatik parametrlar dalillangan;
sotsiolekt va laqablarning ijtimoiy guruh ichidagi lisoniy shakllanishi, ulardagi bog‘liklik, aloqadorlik, mohiyat motivlari va kommunikativ vazifalari hamda nutqiy voqelikdagi shaxslarning ijtimoiy identifikatsiyasini shakllantirishda qanday o‘rin tutishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyada erishilgan ilmiy natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
o‘zbek tilshunosligida Tohir Malik asarlarida qo‘llangan nutqiy strategiyalarning sotsiopragmatik asoslari tizimlashtirilgan, bu strategiyalarning badiiy kontekstdagi sotsiolingvistik, pragmatik, mentalingvistik lisoniy va nutqiy konstruksiyalari ijtimoiy-pragmatik tomondan ochib berilgan o‘rinlaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017–2020-yillarda bajarilgan FA-F1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish”, FA-F1-G007 “Qoraqalpoq naql va maqollari lingvistik tadqiqot obekti sifatida” mavzulardagi fundamental va ilmiy-amaliy loyihalarni bajarishda foydalanilgan (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 29-apreldagi 159/1-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim tizimida sotsiopragmatik tahlil natijalari asosidagi manba-materiallar fondi miqdr jihatdan oshgan;
xushmuomalalik strategiyalari o‘zbek tilli jamiyatning madaniy-kognitiv sxemalari va muloqot me’yorlari bilan uzviy bog‘liq ekanligi aniqlanib, milliy madaniyatga xos nutqiy strategiyalarning o‘zbek millati lisoniy olamiga xos axloqiy, ma’naviy va etnik-mental xususiyatlarining badiiy nutqdagi ifodalanishi mexanizmlari kognitiv va sotsiopragmatik jihatdan asoslashga oid tahlillardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2017-2020-yillarda bajarilgan F3 – 2016 – 0908165532 - raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfavit va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali 2024-yil 29-apreldagi 178-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqorida ko‘rsatilgan fundamental loyiha o‘zbek tili taraqqiyotining sotsiopragmatik jihatlariga oid ilmiy xulosalar bilan boyitilgan;
muloqotning shaxs ijtimoiy o‘ziga xosligi bilan bog‘liq xushmuomalalik turlariga xos substrategiyalar badiiy qahramonlar va real hayotdagi o‘zbek millati vakillarining nutqiy jarayonlaridagi ijtimoiy yuz kategoriyasi, nutqiy aktlar va ular haqidagi nazariy sotsiopragmatik parametrlar dalillangan xulosalardan 2023-2024-yillarda O‘MTRK “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” teleko‘rsatuvlari va eshittirishlarining ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 25-apreldagi 26-36-893-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu radioeshittirish materiallari mazmunan boyitilgan, tomoshabopligi ortgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish