Muslimov Sherzod Narzulla o‘g‘lining
fan doktori (DSc) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Integrasiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy-grafik kompetentligini rivojlantirish”, 13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Ped641.
Ilmiy rahbar: Djuraev Risbay Xaydarovich, pedagogika fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: T.N.Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Professional ta’limni rivojlantirish instituti, DSc.05/29.12.2023.Ped.48.01.
Rasmiy opponentlar: Riskulova Kamola Djummaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Ismailova Zuxra Karabaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Chorshanbiev Zafar Esanpulatovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim muassasalarida integratsiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy-grafik kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
integratsiya, integratsion jarayonning tabiati, integratsiyaviy yondashuv ilmiy-metodologik asosi, ierarxik darajalari va undan kutilayotgan natijasi aniqlashtirilgan xamda malaka talablari asosida bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarning majburiy va tanlov fanlarni integrativligini belgilovchi grafik kompetentlikni kasbiy faoliyatdagi ta’limiy, konstruktorlik-texnologik, tashkiliy-metodik va ilmiy-tadqiqot komponentlari mazmuni modernizatsiyalashtirilgan;
bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy-grafik kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan tarkibiy jixatidan o‘zaro bog‘langan bir butun yaxlit integral tuzilmani tashkil etuvchi didaktik tizimi, qiyosiy tafsifi, kasbiy muhim sifatlarini rivojlantirish maqsadi, innovatsion metodologiyasi, namoyon bo‘lishi, rivojlantirish jarayoni algoritmi xamda samadorlikni aniqlashga qaratilgan natija bloklarini o‘zida mujassamlashtirgan tashkiliy-tuzilmaviy modeli ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan;
integratsiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy-grafik kompetentlikni rivojlantirishning o‘quv-metodik va axborot-didaktik ta’minotini ishlab chiqilgan hamda kasbiy yo‘naltirilgan faoliyatda funksional va konstruktiv qo‘llanishining bosqichlari, ularning majburiy va tanlov fanlar bilan integratsiyasi, namoyon bo‘lish ko‘rsatkichlari mazmuni maqsadli konstruktorlik-texnologik tizimda qo‘llashning metodik imkoniyatlari takomillashtirilgan;
texnologik ta’lim yo‘nalishi talabalarni grafik kompetentligini tasvirlash, konstruksiyalash, loyihalash, modellashtirish kabi kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari xamda kredit-modul tizimi talablari asosida mustaqil ta’limni (“grafika.uz” nomli elektron sayt asosida) ijodiy faollashtiruvchi omili sifatida o‘zini-o‘zi (kuchli, kuchsiz va muvozantlovchi) rivojlantirishga yo‘naltirilgan mualliflik innovatsion metodlarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarning amaliy xarakatlar majmuasi asosida kasbiy grafik kompetentligini rivojlanganligini diagnostik, prognostik mezonlari (motivatsion-qadriyatli, kognitiv, amaliy-faoliyatli, refleksiv-baxolash) komponentlarini va darajalarini (radikal (yuqori), kombinativ (o‘rta), adaptiv (quyi)) ob’ektiv baholovchi ko‘rsatkichlari optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Integrasiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy-grafik kompetentligini rivojlantirish mavzusidagi ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
integratsiya, integratsion jarayonning tabiati, integratsiyaviy yondashuv ilmiy-metodologik asosi, ierarxik darajalari va undan kutilayotgan natijasi aniqlashtirilgan xamda malaka talablari asosida bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarning majburiy va tanlov fanlarni integrativligini belgilovchi grafik kompetentlikni kasbiy faoliyatdagi ta’limiy, konstruktorlik-texnologik, tashkiliy-metodik va ilmiy-tadqiqot komponentlari mazmuni modernizatsiyalashga oid takliflardan “PZ – 2020042147 – Oliy ta’lim muassasalari uchun matematika va uni o‘qitish metodikasidan 3D tizimli interaktiv axborot ta’lim resursini yaratish” mavzusidagi grant loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 9 – avgustdagi 4/17-4/4-13708-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarini tayyorlashni malaka talablari, o‘quv reja va fan dasturlari mazmuni takomillashtirilgan;
bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy-grafik kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan tarkibiy jixatidan o‘zaro bog‘langan bir butun yaxlit integral tuzilmani tashkil etuvchi didaktik tizimi, qiyosiy tafsifi, kasbiy muhim sifatlarini rivojlantirish maqsadi, innovatsion metodologiyasi, namoyon bo‘lishi, rivojlantirish jarayoni algoritmi “Chizma geometriya va muhandislik grafikasi” va “Muhandislik va kompyuter grafikasi” nomli darsliklar mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 22 – dekabrdagi 537-son buyrug‘i). Natijada Bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilari didaktik tizimi va funksional talablari asosida tashkiliy-tuzilmaviy modeli ishlab chiqilgan;
integratsiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy-grafik kompetentlikni rivojlantirishning o‘quv-metodik va axborot-didaktik ta’minotini ishlab chiqilgan hamda kasbiy yo‘naltirilgan faoliyatda funksional va konstruktiv qo‘llanishining bosqichlari, ularning majburiy va tanlov fanlar bilan integratsiyasi, namoyon bo‘lish ko‘rsatkichlari mazmuni maqsadli konstruktorlik-texnologik tizimda qo‘llashning metodik imkoniyatlari takomillashtirilgan takliflar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi tashkilotlar faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 9 – avgustdagi 4/17-4/4-13708-son ma’lumotnomasi) Natijada bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy-grafik kompetentligini rivojlantirishning o‘quv-metodik va axborot-didaktik ta’minoti ishlab chiqilgan;
integratsiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy-grafik kompetentlikni rivojlantirishning o‘quv-metodik va axborot-didaktik ta’minoti “grafika.uz” nomli elektron sayt, “Chizmachilik” fani bo‘yicha elektron darslik, “Muhandislik kompyuter grafikasi” fani bo‘yicha elektron darslik, “Muhandislik va kompyuter grafikasi (3D mobil ilova)” fani bo‘yicha elektron darslik, “Chizma geometriya va muhandislik grafikasi (3D mobil ilova)” fani bo‘yicha elektron darslik, “Kompyuter grafikasi (3D mobil ilova)” ma’lumotlar bazasi, “Tayanch guruhlar metodi” ilmiy ishlanma, “Mentalit metodi” ilmiy ishlanma, “Studes metodi” ilmiy ishlanmalar mazmunida aks ettirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 9-avgustdagi 4/17-4/4-13708-son ma’lumotnomasi) Natijada texnologik ta’lim yo‘nalishi ta’labalarining o‘qitish jarayonini ta’lim sifatini oshirishning o‘quv-metodik va axborot-didaktik ta’minoti takomillashtirilgan;
texnologik ta’lim yo‘nalishi talabalarni grafik kompetentligini tasvirlash, konstruksiyalash, loyihalash, modellashtirish kabi kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari xamda kredit-modul tizimi talablari asosida mustaqil ta’limni tashkil etishga doir tavsiyalar va ilmiy ishlanmalardan “Chizma geometriya va muhandislik grafikasi” va “Muhandislik va kompyuter grafikasi” nomli darsliklar mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 22 – dekabrdagi 537-son buyrug‘i). Natijada, talabalarning loyihalash va konstruksiyalashga oid umumkasbiy kompetensiyalarini amaliyotda qo‘llash imkoni yaratilgan.