G‘afurov Behruz Tolib o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):“Harbiy xizmatchilarning farzandlarini barkamol shaxs etib tarbiyalashning ijtimoiy-falsafiy omillari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fal1302
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: Saidov Ixtiyor Mizrabovich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Rasmiy opponentlar: Choriev Sanjarbek Anvarovich, falsafa fanlari doktori, professor; To‘ychiev Berdiqul To‘raqulovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi harbiy xizmatshilarning farzandlarini barkamol shaxs etib tarbiyalashning iјtimoiy-falsafiy omillarini ochib berishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
barkamol shaxsning intellektual rivojlanish, axloqiy etuklik, jismoniy chiniqqanlik va ijtimoiy faollik omillari harbiy xizmatshilarning farzandlarida vatanparvarlik, intizomlilik, o‘zi va boshqalarga nisbatan talabchanlik, mehnatsevarlik, vaqtni qadrlash va o‘ziga yuqori talab qo‘yish qobiliyatini shakllantirishi, harbiy hayotning qat’iy tartib-qoidalari va intizomi farzandlarga ham o‘z ta’sirini o‘tkazishi hamda ijtimoiy hayotda muvaffaqiyatga erishish vositasi ekanligi aniqlashtirilgan;
Qurolli Kushlar tizimida xizmat qilayotgan harbiylarning farzandlarini barkamol shaxs etib tarbiyalash tizimini yanada takomillashtirishda chidamlilik, yetakchilik qobiliyatlarini va harbiy madaniyatni tushunishni rivojlantirishga qaratilgan maxsus ta’lim dasturlarini yaratish, ijtimoiylashuv va fuqarolik hayotiga moslashishini ta’minlash uchun mahalliy ta’lim tizimlariga integratsiya qilish, resurslar va dasturlardan foydalanish imkoniyatini ta’minlash kabi tashkiliy-uslubiy asoslari mantiqiy isbotlangan;
harbiy oilalarning farzandlarini barkamol shaxs etib tarbiyalash tizimini rivoјlantirishning ma’naviy va ruhiy qadriyatlarning birlamshiligi, ma’naviyat va ideal (ijtimoiy idealizm), biologik, psixologik va tabiiy qonuniyatlar bilan bog‘liqlik, jismoniy va aqliy rivojlanish, tabiiy qobiliyatlarni rivojlantirish (ijtimoiy naturalizm) va moddiy ishlab shiqarish va iqtisodiy rivojlanishga bog‘liqlik, mehnat faoliyati, iqtisodiy samaradorlik (ijtimoiy materializm) kabi istiqbolli ilmiy paradigmalari oshib berilgan;
harbiy xizmatshilarning farzandlarini barkamol shaxs etib tarbiyalash tizimining samaradorligini baholashda o‘z-o‘zini anglash, huquqiy savodxonlik kabi mezonlar va zamonaviy ta’lim, insonparvarlik darajasi kabi diagnostik va korreksion ko‘rsatkishlari asoslangan va uni yuksaltirish imkoniyatlari optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Јamiyatda harbiy xizmatshilarning farzandlarini barkamol shaxs etib tarbiyalashning iјtimoiy falsafiy omillarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natiјalar asosida:
barkamol shaxsning intellektual rivojlanish, axloqiy etuklik, jismoniy chiniqqanlik va ijtimoiy faollik omillari harbiy xizmatshilarning farzandlarida vatanparvarlik, intizomlilik, o‘zi va boshqalarga nisbatan talabchanlik, mehnatsevarlik, vaqtni qadrlash va o‘ziga yuqori talab qo‘yish qobiliyatini shakllantirishi, harbiy hayotning qat’iy tartib-qoidalari va intizomi farzandlarga ham o‘z ta’sirini o‘tkazishi hamda ijtimoiy hayotda muvaffaqiyatga erishish vositasi ekanligiga doir nazariy mulohazalar “60220500 – Falsafa (yo‘nalishlar bo‘yisha)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishining malaka talablari mazmuniga singdirilgan hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 721913-sonli guvohnomaga muvofiq “Falsafa” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2024-yil 5-iyuldagi 02/02-02-60-son ma’lumotnomasi). Natiјada, harbiy xizmatshilarning farzandlarini o‘quv fanlarini mukammal o‘zlashtirishi va bilimlarini rivoјlantirish imkoniyatlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
Qurolli Kushlar tizimida xizmat qilayotgan harbiylarning farzandlarini barkamol shaxs etib tarbiyalash tizimini yanada takomillashtirishda chidamlilik, yetakchilik qobiliyatlarini va harbiy madaniyatni tushunishni rivojlantirishga qaratilgan maxsus ta’lim dasturlarini yaratish, ijtimoiylashuv va fuqarolik hayotiga moslashishini ta’minlash uchun mahalliy ta’lim tizimlariga integratsiya qilish, resurslar va dasturlardan foydalanish imkoniyatini ta’minlash kabi tashkiliy-uslubiy asoslariga doir yangiliklardan O‘zbekiston Milliy universitetida baјarilgan PZ-20170928696-raqamli “O‘zbekistonda islohotlar јarayonini tahlil etish va amalga oshirishning konseptual-falsafiy metodologiyasi (Harakatlar strategiyasi asosida)” amaliy loyiha doirasida nashr etilgan ishlarda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 18-oktabrdagi 04/11-9043-son ma’lumotnomasi). Natiјada, harbiy xizmatshilar farzandlarini barkamol shaxs etib tarbiyalashning ma’naviy-axloqiy asoslariga qo‘yiladigan talablarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
harbiy oilalarning farzandlarini barkamol shaxs etib tarbiyalash tizimini rivoјlantirishning ma’naviy va ruhiy qadriyatlarning birlamshiligi, ma’naviyat va ideal (ijtimoiy idealizm), biologik, psixologik va tabiiy qonuniyatlar bilan bog‘liqlik, jismoniy va aqliy rivojlanish, tabiiy qobiliyatlarni rivojlantirish (ijtimoiy naturalizm) va moddiy ishlab shiqarish va iqtisodiy rivojlanishga bog‘liqlik, mehnat faoliyati, iqtisodiy samaradorlik (ijtimoiy materializm) kabi istiqbolli ilmiy paradigmalariga doir nazariy mulohazalardan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Sharqiy harbiy okrugining 2023-2024 o‘quv yilidagi reјasiga muvofiq “okrug tasarrufida va uning hududida xizmat qilayotgan harbiy xizmatshilarga va ularning oila a’zolariga iјtimoiy g‘amxorlik ko‘rsatish va ularning farzandlariga ma’naviy ozuqa berish”da hamda Toifalangan obektlami qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boshqarmasining 2023-2024 yil tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar rejasining III va VI bandlarini ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Sharqiy harbiy okrugining 2024-yil 14-avgustdagi 52/4/533-son hamda Toifalangan obektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligining 2024-yil 27-iyuldagi 19-son ma’lumotnomalari). Natiјada, mudofaa vazirligi harbiy xizmatshilari va ularning oila a’zolari bilan o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni reјalashtirishda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
harbiy xizmatshilarning farzandlarini barkamol shaxs etib tarbiyalash tizimining samaradorligini baholashda o‘z-o‘zini anglash, huquqiy savodxonlik kabi mezonlar va zamonaviy ta’lim, insonparvarlik darajasi kabi diagnostik va korreksion ko‘rsatkishlari asoslangan va uni yuksaltirish imkoniyatlariga oid nazariy mulohazalar Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining “Yoshlar kelaјagi”, “Muqaddas bursh”, “Vatan himoyasi” kabi ko‘rsatuvlari va “Diyor-24” informatsion dasturining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 14-oktabrdagi 01-02/137-son ma’lumotnomasi). Natiјada, o‘tkazilgan loyiha va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar badiiy-ilmiy јihatdan mukammallashgan, bugungi yosh avlodni va harbiy xizmatshilarning oila a’zolarini dunyoqarashini hamda ma’naviyatini oshirishga xizmat qilgan.