Toshboltaev Faxriddin O‘rinboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak pedagoglarning pedagogik va axborot texnologiyalari integratsiyasi asosida metodik tayyorgarligini rivojlantirish texnologiyasi (pedagogika fanlarini o‘qitish misolida)”,
13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped3650
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: O‘rinova Nilufar Muhammadovna, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07.
Rasmiy opponentlar: Kadirova Munira Rasulovna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; To‘xtasinov Dadaxon Farxodovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogika fanlarini o‘qitishda bo‘lajak pedagoglarning pedagogik va axborot texnologiyalari integratsiyasi asosida metodik tayyorgarligini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak pedagoglarning metodik tayyorgarligini rivojlantirish tuzilmasi komponentlari, tayanch kompetensiyalari va mezonlari (ijtimoiy, ma’naviy, pedagogik-psixologik) mazmuni o‘zaro bog‘liqlik darajasini belgilovchi kasbiy pedagogik refleksiya ko‘rsatkichlari (motivatsion-qadriyatli, kognitiv-faoliyatli, shaxsiy-refleksiv) asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak pedagoglarning metodik tayyorgarligini rivojlantirish modeli formal va noformal ta’lim vaziyatlarida ijodiylikni hamda etuk pedagog traektoriyasi barqarorligini ta’minlashga qaratilgan ijodiy-didaktik muhitni bosqichma-bosqich yaratish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak pedagoglarning metodik tayyorgarligini rivojlantirish metodikasi pedagogika fanlarini o‘qitishda pedagogik va axborot texnologiyalarni integratsiyalash asosida ijodiy faollik, bazaviy, pedagogik va raqamli kompetensiyalarni axborot almashish kommunikativligi, kasbiy-shaxsiy fazilatlar hamda kasbiy bilimlarni raqamli ta’limga transformatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak pedagoglarning metodik tayyorgarligini rivojlantirish texnologiyasining metodik shartlari o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar jarayonida an’anaviy-raqamli texnologiyalarni uyg‘unlashtirish, shaxsiy-kasbiy fazilatlarni ta’lim olish motivatsiyasi dinamikasiga adekvat hamda sinxron moslashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak pedagoglarning pedagogik va axborot texnologiyalari integratsiyasi asosida metodik tayyorgarligini rivojlantirish texnologiyasi bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak pedagoglarning metodik tayyorgarligini rivojlantirish tuzilmasi komponentlari, tayanch kompetensiyalari va mezonlari (ijtimoiy, ma’naviy, pedagogik-psixologik) mazmuni o‘zaro bog‘liqlik darajasini belgilovchi kasbiy pedagogik refleksiya ko‘rsatkichlari (motivatsion-qadriyatli, kognitiv-faoliyatli, shaxsiy-refleksiv) asosida takomillashtirilganligiga doir amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170913120-sonli “Oliy ta’lim tizimida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari” mavzusidagi amaliy loyiha belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan va yuqoridagi tavsiyalar ushbu loyiha doirasida nashr etilgan ishlarda o‘z aksini topgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 29-iyuldagi 11-05-3872/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak pedagoglarning metodik tayyorgarligining rivojlantirish mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak pedagoglarning metodik tayyorgarligini rivojlantirish modeli formal va noformal ta’lim vaziyatlarida ijodiylikni hamda etuk pedagog traektoriyasi barqarorligini ta’minlashga qaratilgan ijodiy-didaktik muhitni bosqichma-bosqich yaratish asosida takomillashtirilganligiga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 60110100 – pedagogika ta’lim yoʻnalishi uchun “Pedagogik texnologiya” darslikni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 25-avgustdagi 391-son buyrugʻi, 391132-raqamli guvohnomasi). Natijada darajasini bo‘lajak pedagoglarning metodik tayyorgarligining rivojlantirishni belgilovchi mezon, daraja va ko’rsatkichlarini aniqlashtirishga erishilgan;
bo‘lajak pedagoglarning metodik tayyorgarligini rivojlantirish metodikasi pedagogika fanlarini o‘qitishda pedagogik va axborot texnologiyalarni integratsiyalash asosida ijodiy faollik, bazaviy, pedagogik va raqamli kompetensiyalarni axborot almashish kommunikativligi, kasbiy-shaxsiy fazilatlar hamda kasbiy bilimlarni raqamli ta’limga transformatsiyalash asosida takomillashtirilganligiga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 60110100 – pedagogika ta’lim yoʻnalishi uchun “Pedagogik texnologiya” darslikni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 25-avgustdagi 391-son buyrugʻi, 391132-raqamli guvohnomasi) ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-sonli buyrug‘i). Natijada, pedagogik va axborot texnologiyalari integratsiyasi asosida bo‘lajak pedagoglarning metodik tayyorgarligini rivojlantirishning amaliy-metodik jihatini takomillashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak pedagoglarning metodik tayyorgarligini rivojlantirish texnologiyasining metodik shartlari o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar jarayonida an’anaviy-raqamli texnologiyalarni uyg‘unlashtirish, shaxsiy-kasbiy fazilatlarni ta’lim olish motivatsiyasi dinamikasiga adekvat hamda sinxron moslashtirish asosida takomillashtirilganligiga doir amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170929789 raqamli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan va yuqoridagi tavsiyalar ushbu loyiha doirasida nashr etilgan ishlarda o‘z aksini topgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 29-iyuldagi 11-05-3872/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak pedagoglarning metodik tayyorgarligini rivojlantirishning amaliy-texnologik tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan.