Axmedov Samandar Sayfullo o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasihimoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklari barqarorligini ta’minlashning moliyaviy strategiyalari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy rahbar: Eshov Mansur Pulatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Ismailov Alisher A’zamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Norov Akmal Ro‘zimamatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Turonbank aksiyadorlik tijorat banki.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tijorat banklari barqarorligini ta`minlashning moliyaviy strategiyalarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklarida moliyaviy faoliyatni boshqarish sifatini baholash reyting uslubining “past” (0 - 50), “o‘rtacha” (50 - 74), “yuqori” (75-100) shkalasidan foydalanish orqali tijorat banklari barqarorligini ta’minlashning moliyaviy strategiyalarini takomillashtirish taklifi asoslangan;
tijorat bankida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, tijorat banklarining biznes jarayonlarini avtomatlashtirish va masofaviy bank xizmatlari turlarini kengaytirish orqali tijorat banklari barqarorligini ta’minlashning moliyaviy strategiyalarini takomillashtirish taklifi ishlab chiqilgan;
tijorat banklari barqarorligini ta’minlash talablari asosida O‘zbekiston tijorat banklaridagi depozitlar hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga ajratilgan kreditlar qoldig‘ining 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
O‘zbekistonda tijorat banklari barqarorligini ta’minlashning moliyaviy strategiyalarining ustun yo‘nalishlarini hisobga olgan holda ular rivojlanishining 2030 yilgacha prognoz ssenariylari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tijorat banklari barqarorligini ta`minlashning moliyaviy strategiyalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklarida moliyaviy faoliyatni boshqarish sifatini baholashning reyting uslubi “past” (0 - 50), “o‘rtacha” (50 - 74), “yuqori” (75-100) shkalasidan foydalanish taklifidan “O‘zmilliybank” AJ iqtisodiy barqarorligini oshirish hamda rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zmilliybank” AJning 2024 yil 25 oktyabrdagi №02/2-6567/07-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “O‘zmilliybank” AJning mijozlarga ajratilgan kreditlar hajmi 99,4 trln. so‘mni tashkil etib, o‘tgan 2022 yilga nisbatan 21 foizga oshgan, depozitlar hajmi esa 32,9 trln. so‘mni tashkil etib, o‘tgan 2022 yilga nisbatan 13 foizga oshgan;
tijorat bankida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, tijorat banklarining biznes jarayonlarini avtomatlashtirish va masofaviy bank xizmatlari turlarini kengaytirish bo‘yicha takliflar “O‘zmilliybank” AJ faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zmilliybank” AJning 2024 yil 25 oktyabrdagi №02/2-6567/07-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “O‘zmilliybank” AJda 2023 yil yakuni bilan aktivlar rentabelligi (ROA) 1,4 foiz, o‘z kapitali rentabelligi 10,0 foizga yetishiga imkon yaratilgan;
tijorat banklari barqarorligini ta’minlash talablari asosida O‘zbekiston tijorat banklaridagi depozitlar hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga ajratilgan kreditlar
qoldig‘ining 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari 2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasida foydalanilgan (“O‘zmilliybank” AJning 2024 yil 25 oktyabrdagi №02/2-6567/07-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “O‘zmilliybank” AJni rivojlantirishning 2030 yilgacha bo‘lgan davrdagi rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda asosiy ko‘rsatkich va parametrlarni o‘zaro muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan;
O‘zbekistonda tijorat banklari barqarorligini ta’minlashning moliyaviy strategiyalarining ustun yo‘nalishlarini hisobga olgan holda ular rivojlanishining 2030 yilgacha ishlab chiqilgan prognoz ssenariylari “O‘zmilliybank” AJni 2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasida foydalanilgan (“O‘zmilliybank” AJning 2024 yil 25 oktyabrdagi №02/2-6567/07-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “O‘zmilliybank” AJni rivojlantirishning 2030 yilgacha bo‘lgan davrdagi rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda asosiy ko‘rsatkich va parametrlarni o‘zaro muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan.