Yakubov Yusufdjon Kenjaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Biliopankreatoduodenal soha xavfli o‘smalarini jarrohlik usulida davolash» 14.00.14 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Tib564.
Ilmiy rahbar: Tillyashayxov Mirzagaleb Nigmatovich, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.04/30.12.2019Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Muxammedaminov Shuxrat Karimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Alidjanov Fotix Boqievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xakimov Murod Shavkatovich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jarrohlik usulida davolashning yangi usullari va texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish orqali biliopankreatoduodenal soha xavfli o‘smalari bemorlarini jarrohlik davolash natijalari va hayot sifatini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pankreatoduodenal rezeksiyaning rekonstruktiv bosqichida asosiy pankreatik kanalni uzun pankreatiko-eyunal ichki drenajlar bilan drenajlanishi me’da osti bezi shirasining olib ketuvchi ingichka ichakka adekvat tushishi tufayli og‘ir me’da osti bezi fistulasi rivojlanishini oldini olishi isbotlangan;
gepatopankreatoduodenal rezeksiyada ingichka ichak ko‘tariluvchi halqasini yopish uslubi pankreatiko- va biliodigestiv anastomoz sohasiga me’da saqlamasini kirib kelishini oldini olish orqali pankreatik fistula va olib keluvchi halqa sindromi rivojlanishining oldini olishga imkon berishi isbotlangan;
arroziv qon ketish va ingichka ichak olib ketuvchi halqasini qon laxtalari bilan tiqilib qolishida pankreatik shira dimlanishini oldini olishi tufayli virsung kanalining drenajlanishi operatsiyadan keyingi og‘ir pankreanekroz rivojlanish ehtimolini kamaytirishi isbotlangan;
operatsiyadan keyingi davrda pankreatik oqma bilan asoratlangan bemorlarda, o‘t yo‘llarini ichaklar aro Braun anastomozi orqali qo‘shimcha ichki drenajlash, olib ketuvchi ichakda safroning evokuatsiyasini yaxshilashi va pankretik oqma fonida bosim gradientining pasayishi tufayli oqma bitishini tezlashtirishi isbotlangan;
kiset choklar bilan qo‘shimcha germetizatsiya qilish bilan “uchini-yonga” pankreatikoeyunostomiyada, chokning kapsula va me’da osti bezi parenximasiga bir tekis bosimini ta’minlashi tufayli pankreatikodigestiv anastomoz etishmovchiligi havfini pasaytirishi isbotlangan;
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yil 27 apreldagi xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: pankreatoduodenal rezeksiya (PDR) ning rekonstruktiv bosqichida asosiy pankreatik kanalni uzun pankreatiko-eyunal ichki drenajlar bilan drenajlanishi me’da osti bezi shirasining olib ketuvchi ingichka ichakka adekvat tushishi tufayli og‘ir me’da osti bezi fistulasi rivojlanishini oldini olishi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona filiali umumiy xirurgiya bo‘limida 2024 yilning 15 aprelidagi 74-I§3 sonli buyruq bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan viloyati filiali abdominal xirurgiya bo‘limida 2024 yilning 13 aprelidagi 77-a-f-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: tavsiya etilgan PDRning rekonstruktiv bosqichida asosiy pankreatik kanalni uzun pankreatiko-eyunal ichki drenajlar bilan drenajlanishi me’da osti bezi shirasining olib ketuvchi ingichka ichakka adekvat tushishi tufayli og‘ir me’da osti bezi fistulasi rivojlanishini oldini olishi, shuningdek, bemorlar hayot davomiyligini yaxshilangan. Iqtisodiy samaradorligi: birinchi marta PDRning rekonstruktiv bosqichida asosiy pankreatik kanalni uzun pankreatiko-eyunal ichki drenajlar bilan drenajlanishi me’da osti bezi shirasining olib ketuvchi ingichka ichakka adekvat tushishi tufayli og‘ir me’da osti bezi fistulasi rivojlanishini oldini olishi sababli davlat byudjetidan sarf xarajatlarni 9,5%ga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: PDRning rekonstruktiv bosqichida asosiy pankreatik kanalni uzun pankreatiko-eyunal ichki drenajlar bilan drenajlanishi me’da osti bezi shirasining olib ketuvchi ingichka ichakka adekvat tushishi tufayli og‘ir me’da osti bezi fistulasi rivojlanishini oldini olishi natijasida 1 nafar bemor hisobiga 9,5%ga iqtisod qilish va shifoxonada bo‘lish vaqtini 2-3 kunga qisqartirish natijasida bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: gastropankreatoduodenal rezeksiya (GPDR) da ingichka ichak ko‘tariluvchi halqasini yopish uslubi pankreatiko- va biliodigestiv anastomoz sohasiga me’da saqlamasini kirib kelishini oldini olish orqali pankreatik fistula va olib keluvchi halqa sindromi rivojlanishining oldini olishga imkon berishining isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona filiali umumiy xirurgiya bo‘limida 2024 yilning 15 aprelidagi 74-I§3 sonli buyruq bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan viloyati filiali abdominal xirurgiya bo‘limida 2024 yilning 13 aprelidagi 77-a-f-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: GPDRda ingichka ichak ko‘tariluvchi halqasini yopish uslubi pankreatiko- va biliodigestiv anastomoz sohasiga me’da saqlamasini kirib kelishini oldini olish orqali pankreatik fistula va olib keluvchi halqa sindromi rivojlanishining oldini olishga imkon berishiga va bemorlar hayot sifati va hayot davomiyligini oshirishga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: pankreatiko- va biliodigestiv anastomoz sohasiga me’da saqlamasini kirib kelishini oldini olish orqali pankreatik fistula va olib keluvchi halqa sindromi rivojlanishining oldini olishga imkon berishi orqali GPDRda ingichka ichak ko‘tariluvchi halqasini yopish uslubi davolash natijalarini ijobiy o‘zgartirishi natijasida bdjetidan sarf xarajatlarni 15,0%ga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: GPDRda ingichka ichak ko‘tariluvchi halqasini yopish uslubi pankreatiko- va biliodigestiv anastomoz sohasiga me’da saqlamasini kirib kelishini oldini olish orqali pankreatik fistula va olib keluvchi halqa sindromi rivojlanishining oldini olishga imkon berganligi uchun 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini bir kurs uchun 15,0%ga iqtisod qilish, shifoxonada bo‘lish vaqtini 2-3 kunga qisqartirish orqali bemorlarning hayot sifatini oshirish, mablag‘larni iqtisod qilishga erishilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: arroziv qon ketish va ingichka ichak olib ketuvchi halqasini qon laxtalari bilan tiqilib qolishida pankreatik shira dimlanishini oldini olishi tufayli, Virsung kanalining drenajlanishi operatsiyadan keyingi og‘ir pankreanekroz rivojlanish ehtimolini kamaytirishi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona filiali umumiy xirurgiya bo‘limida 2024 yilning 15 aprelidagi 74-I§3 sonli buyruq bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan viloyati filiali abdominal xirurgiya bo‘limida 2024 yilning 13 aprelidagi 77-a-f-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: arroziv qon ketish va ingichka ichak olib ketuvchi halqasini qon laxtalari bilan tiqilib qolishida pankreatik shira dimlanishini oldini olishi tufayli, Virsung kanalining drenajlanishi operatsiyadan keyingi og‘ir pankreanekroz rivojlanish ehtimolini kamaytirishi natijasida bemorlarni erta faollishtirishni yahshilash, bemorlarni o‘rinda bo‘lishini qisqartirish va hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: arroziv qon ketish va ingichka ichak olib ketuvchi halqasini qon laxtalari bilan tiqilib qolishida pankreatik shira dimlanishini oldini olishi tufayli, Virsung kanalining drenajlanishi operatsiyadan keyingi og‘ir pankreanekroz rivojlanish ehtimolini kamaytirishi natijasida bemorlarni erta faollishtirishni yahshilash, bemorlarni o‘rinda bo‘lishini qisqartirish va hayot sifatini yaxshilanishi natijasida byudjetidan sarf xarajatlarni 6,0%ga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: arroziv qon ketish va ingichka ichak olib ketuvchi halqasini qon laxtalari bilan tiqilib qolishida pankreatik shira dimlanishini oldini olishi tufayli, Virsung kanalining drenajlanishi operatsiyadan keyingi og‘ir pankreanekroz rivojlanish ehtimolini kamaytirishi natijasida erta faollashuvni yaxshilash va yotoq kunlarini qisqartirish uchun 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini bir kurs uchun 6,0 %ga iqtisod qilish, shifoxonada bo‘lish vaqtini 2-3 kunga qisqartirish orqali bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini bergan va mablag‘larni iqtisod qilishga erishilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: Operatsiyadan keyingi davrda pankreatik oqma bilan asoratlangan bemorlarda, o‘t yo‘llarini ichaklar aro Braun anastomozi orqali qo‘shimcha ichki drenajlash, olib ketuvchi ichakda safroning evokuatsiyasini yaxshilashi va pankretik oqma fonida bosim gradientining pasayishi tufayli oqma bitishini tezlashtirishi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona filiali umumiy xirurgiya bo‘limida 2024 yilning 15 aprelidagi 74-I§3 sonli buyruq bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan viloyati filiali abdominal xirurgiya bo‘limida 2024 yilning 13 aprelidagi 77-a-f-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: operatsiyadan keyingi davrda pankreatik oqma bilan asoratlangan bemorlarda, o‘t yo‘llarini ichaklar aro Braun anastomozi orqali qo‘shimcha ichki drenajlash, olib ketuvchi ichakda safroning evokuatsiyasini yaxshilashi va pankretik oqma fonida bosim gradientining pasayishi tufayli oqma bitishini tezlashtirishi sababli bemorlar hayot sifatini va hayot davomiyligini yaxshilash ko‘rsatib o‘tilgan. Iqtisodiy samaradorligi: operatsiyadan keyingi davrda pankreatik oqma bilan asoratlangan bemorlarda, o‘t yo‘llarini ichaklar aro Braun anastomozi orqali qo‘shimcha ichki drenajlash, olib ketuvchi ichakda safroning evokuatsiyasini yaxshilashi va pankretik oqma fonida bosim gradientining pasayishi tufayli oqma bitishini tezlashtirishi orqali byudjetdan sarf xarajatlarni 7,5%ga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: operatsiyadan keyingi davrda pankreatik oqma bilan asoratlangan bemorlarda, o‘t yo‘llarini ichaklar aro Braun anastomozi orqali qo‘shimcha ichki drenajlash, olib ketuvchi ichakda safroning evokuatsiyasini yaxshilashi va pankretik oqma fonida bosim gradientining pasayishi tufayli oqma bitishini tezlashtirishi orqali 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini bir kurs uchun 7,5% iqtisod qilish, shifoxonada bo‘lish vaqtini 1-2 kunga qisqartirish orqali bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini bergan.
beshinchi ilmiy yangilik: kiset choklar bilan qo‘shimcha germetizatsiya qilish bilan “uchini-yonga” pankreatikoeyunostomiyada, chokning kapsula va me’da osti bezi parenximasiga bir tekis bosimini ta’minlashi tufayli pankreatikodigestiv anastomoz etishmovchiligi havfini pasaytirishi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona filiali umumiy xirurgiya bo‘limida 2024 yilning 15 aprelidagi 74-I§3 sonli buyruq bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan viloyati filiali abdominal xirurgiya bo‘limida 2024 yilning 13 aprelidagi 77-a-f-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: kiset choklar bilan qo‘shimcha germetizatsiya qilish bilan “uchini-yonga” pankreatikoeyunostomiyada, chokning kapsula va me’da osti bezi parenximasiga bir tekis bosimini ta’minlashi tufayli pankreatikodigestiv anastomoz etishmovchiligi havfini pasaytirishi orqali bemorlar hayot sifatining yaxshilanishi, nogironlikning pasayishi, doimiy ravishda doriga muxtojlik, o‘zgalar parvarishiga muhtojlikni kamaytirgan va umr davomiyligining uzaytirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: kiset choklar bilan qo‘shimcha germetizatsiya qilish bilan “uchini-yonga” pankreatikoeyunostomiyada, chokning kapsula va me’da osti bezi parenximasiga bir tekis bosimini ta’minlashi tufayli pankreatikodigestiv anastomoz etishmovchiligi havfini pasaytirishi orqali byudjetidan sarf xarajatlarni 6,0%ga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: kiset choklar bilan qo‘shimcha germetizatsiya qilish bilan “uchini-yonga” pankreatikoeyunostomiyada, chokning kapsula va me’da osti bezi parenximasiga bir tekis bosimini ta’minlashi tufayli pankreatikodigestiv anastomoz etishmovchiligi havfini pasaytirishi uchun 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 6,0%ga iqtisod qilish, shifoxonada bo‘lish vaqtini 1-2 kunga qisqartirish orqali bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini bergan va mablag‘lar iqtisod qilishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish