Djalolova Feruza Maxamatjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ayollarda sut yo‘llari neoplaziyalarini erta tashxislashda innovatsion usullar» 14.00.14 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib487.
Ilmiy rahbar: Mamadalieva Yashnar Mamasolievna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.04/30.12.2019Tib.77.01
Rasmiy opponentlar: Alimxodjaeva Lola Tel`manovna, tibbiyot fanlari doktori; Karimov Axmad Xoshimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand Davlat tibbiyot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sut yo‘llari neoplaziyalarini erta tashxislash usullarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ayollarda sut yo‘llari neoplaziyalarini erta tashxislashda klinik, sitologik, duktografiya va elastografiya usullari kombinatsiyalashgan holda ROC-egri chizig‘i orqali diagnostik samaradorlik ko‘rsatkichlari asoslangan;
sut yo‘llari xavfli o‘smalarida mul`tiparametrik UT tekshiruvi Sukuba tizimi bo‘yicha xavfli turdagi xosilalarning 4-5-tipdagi bo‘lishi va sut kanallardagi kal`sinatlar, qon tomir arxitektonikasi deformatsiyalari va xosilaning gipervaskulyarizatsiyasi xisobiga invaziv xavfli o‘smalarida uchrashi aniqlangan;
sut yo‘llari xavfli o‘sma kasalliklarida HER2+ fenotipli xosilalarda invaziv xarakterdagi o‘smaning tarqalishi xisobiga rentgenoduktografik belgilari asosida prognostik omillar ishlab chiqilgan;
sut yo‘llari xavfli o‘smalari diagnostikasida so‘rg‘ichdan patologik ajralma kelishi kabi klinik belgining mul`tiparametrik UT tekshiruvi va duktografiya yordamida xosilaning parchalanishi hisobiga aniqlanishi salbiy bashoratli mezon ekanligi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ayollar orasida sut yo‘llari o‘sma kasalliklarini barvaqt tashxislash natijalarini yaxshilash hamda samararadorligini oshirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ayollarda sut yo‘llari neoplaziyalarini erta tashxislashda klinik, sitologik, duktografiya va elastografiya usullari kombinatsiyalashgan holda ROC-egri chizig‘i orqali diagnostik samaradorlik ko‘rsatkichlari asoslanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filiali 2022 yil 10 dekabrdagi №85/1 buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali 2023yil 19 yanvar` №31 buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni Saqlash Vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limining 2022 yil 24 noyabrdagi 8 n-r/1333 – son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ayollarda sut yo‘llari neoplaziyalari tashxisida mul`tiparametrik UTTni qo‘llash metodologiyasi klinik jihatdan asoslangan. Bu elastografiya usulini kompleks davolash-profilaktika muassasalarida sut yo‘llari o‘sma kasalliklari birinchi bosqichida optimal qo‘llash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: yuqoridagi innovatsion usullarni qo‘llash orqali sut yo‘llari o‘sma kasalliklarini erta bosqichlarda (0,1,2) aniqlanishi saraton kasalligini spesefik davolashga ketadigan umumiy harajat xajmining tejalishiga olib keldi. Bu usulning iqtisodiy samaradorligi natijasida davlat byudjetidan sarf xarajatlarni 75%ga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: ayollarda sut yo‘llari o‘sma kasalliklarini barvaqt tashxislashning tibbiy - iqtisodiy tejamli monitoring tizimini ishlab chiqish orqali diagnostik texnologiyalarni keng joriy qilishga muhim va sezilarli hissa qo‘shilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: sut yo‘llari xavfli o‘smalarida mul`tiparametrik UT tekshiruvi Sukuba tizimi bo‘yicha xavfli turdagi xosilalarning 4-5-tipdagi bo‘lishi va sut kanallardagi kal`sinatlar, qon tomir arxitektonikasi deformatsiyalari va xosilaning gipervaskulyarizatsiyasi xisobiga invaziv xavfli o‘smalarida uchrashi aniqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filiali 2022 yil 10 dekabrdagi №85/1 buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali 2023yil 19 yanvar` №31 buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan(Sog‘liqni Saqlash Vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limining 2022 yil 24 noyabrdagi 8 n-r/1333 – son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: sut yo‘llari o‘sma kasalliklari xavflilik xususiyatlarini baholashda o‘ziga xos alohida mezonlar-chiziqli kal`sinatlar, invaziyaning duktografik belgilariga nisbatan, 4-5-elastografik tiplarning aniqlanishi kabi mezonlarni o‘z ichiga olgan mul`tiparametrik UT tekshiruvlarni o‘tkazilishi sut yo‘llari o‘sma kasalliklarining solishtirma tashxisotida samaradorligining isbotlanganligi sababli bemorlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish va bemorlar hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: duktografiya va mul`tiparametrik UT solishtirma tashxisoti tekshiruvlarni o‘tkazilishida tadqiqotlar qiymatining farqini hisoblash natijasida aniqlanadiki, mul`tiparametrik UTT usulini al`ternativ sifatida tanlashda bir bemor ayol uchun davlat byudjetidan sarf xarajatlarni 25%ga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: mul`tiparametrik UTTni qo‘llanilishi ayollarda sut yo‘llari neoplaziyalarini aniq va barvaqt tashxislash ehtimolini oshiradi, adekvat diagnostika yo‘nalishini tanlash vaqtini qisqartirib, tanlangan tekshiruv usulini iqtisodiy jihatdan samaraliroq monitoring qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: sut yo‘llari xavfli o‘sma kasalliklarida HER2+ fenotipli xosilalarda invaziv xarakterdagi o‘smaning tarqalishi xisobiga rentgenoduktografik belgilari asosida prognostik omillar ishlab chiqilganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filiali 2022 yil 10 dekabrdagi №85/1 buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali 2023yil 19 yanvar` №31 buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni Saqlash Vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limining 2022 yil 24 noyabrdagi 8 n-r/1333 – son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: sut yo‘llari o‘sma kasalliklarining noxush kechishini belgilovchi mezonlarning aniqlanishi tufayli sut yo‘llari xavfsiz o‘sma kasalliklari maliginizatsiyalanishi, residivlanishi, xavfli o‘sma kasalliklarining esa residivlanishi va metastazlanishi kabi asoratlar sezilarli darajada kamayishiga erishildi. Iqtisodiy samaradorligi: sut yo‘llari o‘sma kasalliklari kechishida noxush prognostik mezonlarning aniqlanishi tufayli xavf guruhidagi bemorlar guruhi nazoratga olinib, kasallikning qaytalanishi, metastazlanishini davolashga ketadigan mablag‘larni tejalishiga olib keldi. Bu o‘z navbatida, diagnostika va davolashga ketadigan iqtisodiy xarajatlarni 3 martaga kamaytirish imkonini berdi. Xulosa: sut yo‘llari o‘sma kasalliklari kechishida noxush prognostik mezonlarning aniqlanishi tufayli kasallikni asoratlari oldi olinishi natijasida bemorlarning hayot sifati yuqori bo‘lishi, hamda kasallikni asoratlarini diagnostikasi va davolashga ketadigan sarf xarajatlarini 3 marataga kamaytirish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: sut yo‘llari xavfli o‘smalari diagnostikasida so‘rg‘ichdan patologik ajralma kelishi kabi klinik belgining mul`tiparametrik UT tekshiruvi va duktografiya yordamida xosilaning parchalanishi hisobiga aniqlanishi salbiy bashoratli mezon ekanligi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filiali 2022 yil 10 dekabrdagi №85/1 buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali 2023yil 19 yanvar` №31 buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni Saqlash Vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limining 2022 yil 24 noyabrdagi 8 n-r/1333 – son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ushbu salbiy bashoratli mezonning aniqlanishi orqali SBS yuqori xavfi bilan kasallanishi va noxush yakuniy oqibatlar rivojlanishi ehtimolini oldini olish va ayollar hayot sifatini yaxshilanishiga imkon berdi. Iqtisodiy samaradorligi: salbiy bashoratli mezonlar asosida ishlab chiqilgan tekshiruv algoritmi sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inlari amaliyotiga tadbiq etilishi nafaqat onkologik kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichini kamaytirishga, balki SBS uzoq vaqtgacha avj oluvchi shakllarini davolash, hamda yo‘qotiladigan mehnat qobiliyati bilan bog‘liq bo‘lgan vaqtni iqtisodiy jihatdan tejalishiga olib keldi. Bu, o‘z navbatida, davolashga ketadigan iqtisodiy xarajatlarni 4 martaga kamaytirishga erishish imkonini berdi. Xulosa: takomillashtirilgan tekshiruv dasturining qo‘llanilishi ayollarda sut yo‘llari o‘sma kasalliklarini erta tashxislash imkoniyatini oshiradi, adekvat davolash yo‘nalishini tanlash vaqtini qisqartirib, tanlangan davolashni iqtisodiy jihatdan samaraliroq monitoring qilish imkonini berdi.