Ikramov Muxammad-Ayubxon Xakimjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mahalliy xomashyolar asosida avtomobil yo‘llari qurilishi uchun polimer-bitum kompozisiyalarini olish texnologiyalarini ishlab chiqish», 02.00.07 - Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallar kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T5006.
Ilmiy rahbar: Ibadullaev Axmadjon Sobirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Soliev Rustamjon Xakimjonovich, texnika fanlari doktori, professor; Maxkamov Dilshod Ismatillaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyolar asosida avtomobil` yo‘llari uchun modifikatsiyalangan polimer-bitum kompozisiyalar tarkibi va olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
neft` va gazni qayta ishlash, metallarni boyitish va rezina sanoati chiqindilari asosida bitum kompozisiyalarini xossalarini yaxshilash uchun modifikatorlar va ingredientlar yaratilgan;
yaratilgan neft` va gazni qayta ishlash, metallarni boyitish va rezina sanoati chiqindilari bilan BND 40/60, BND 50/70, BND 60/90, BND 90/130 markali yo‘l bitumlarini modifikasiya qilish texnologiyasi yaratigan;
modifikator va ingredientlarning bitum kompozisiyalarini tashqi muxitga chidamliligiga, texnologik, reologik, fizik-mexanik, dinamik xossalariga ta’siri asoslangan;
yaratilgan modifikatsiyalangan bitum va ingredintlar asosida avtomobil yo‘llari qoplamalari uchun polimer-bitum kompozisiyalari tarkibini ishlab chiqilgan;
modifikator va ingredientlar asosida respublikamiz tez o‘zgaruvchan ob-havo sharoitiga mos, modifikatsiyalangan polimer-bitum kompozisiyalari tarkibi va olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Mahalliy xomashyolar asosida avtomobil yo‘llari qurilishi uchun polimer-bitum kompozisiyalarini olish texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy xomashyolar asosida yo‘l bitumlari xossalarini roslash uchun modifikatorlar olish tarkib va texnologiyasi Farg‘ona davlat muassasasi tarmoqlar ekspluatatsiyasi korxonasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil` yo‘llari Qo‘mitasining 2024 yil 26 iyundagi 02-3111-son ma’lumotnomasi). Natijada, yo‘l bitumlarining ekspluatatsion xossalarini 37% ga yaxshilash imkonini bergan;
modifikasiyalangan yo‘l bitumi va mahalliy organomineral xomashyolar asosida yo‘l qoplamalari olish tarkibi Farg‘ona davlat muassasasi tarmoqlar ekspluatatsiyasi korxonasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil` yo‘llari Qo‘mitasining 2024 yil 26 iyundagi 02-3111-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi xudulari tez o‘zgaruvchan ob-havo sharoitiga mos avtomobil` yo‘llari uchun polimer-bitum kompozisiyalari olish imkonini bergan;
modifikasiyalangan yo‘l bitumi va mahalliy organomineral xomashyolar asosida tez o‘zgaruvchan ob-havo sharoitiga mos yo‘l qoplamalari uchun polimer-bitum kompozisiyasi olish texnologiyasi Farg‘ona davlat muassasasi tarmoqlar ekspluatatsiyasi korxonasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil` yo‘llari Qo‘mitasining 2024 yil 26 iyundagi 02-3111-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublikamiz tez o‘zgaruvchan ob-havo sharoitiga mos maxalliy organomineral xomashyolar asosida yo‘l polimer-bitum kompozisiyasiyalarini olish imkonini bergan.