Mo‘minov Ulug‘bek Odiljonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Noan’anaviy xomashyolardan konservalar tayyorlash texnologiyasi», 02.00.17 – Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T5005.
Ilmiy rahbar: Ataxanov Shuxratjon Nuriddinovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Isaboev Ismoil Bobojanovich, texnika fanlari doktori, professor; Suvanova Fayoza Usmonovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: semizo‘t, arman bodringi (tarra), g‘o‘ra yong‘oq kabi noan’anaviy xomashyolardan konserva mahsulotlari tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
semizo‘t, tarra, g‘o‘ra yong‘oq xomashyolaridan tayyorlanadigan konserva reseptiga kiradigan miqdorlarining ratsional nisbati aniqlanib, mahsulot resepti asoslangan;
semizo‘t, tarra, g‘o‘ra yong‘oq xomashyolarini konservalash uchun tayyorlash, birlamchi ishlov berish va ishlab chiqarish texnologiyalari asoslangan;
yaratilgan yangi mahsulotni oziqaviy, biologik va energetik qiymatlari isbotlangan;
semizo‘t, tarra, g‘o‘ra yong‘oq xomashyolarini qayta ishlashdagi kesish va aralashtirish jarayonlarining matematik modeli ishlab chiqilgan va maqbul parametrlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Semizo‘t, arman bodringi (tarra), g‘o‘ra yong‘oq kabi noan’anaviy xomashyolardan konserva mahsulotlari tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
noan’anaviy xomashyolardan konserva mahsuloti tayyorlash texnologiyasi «Namangan sharbati» MChJ, Uchqo‘rg‘on tumanidagi «Muhammadali Hamkor Biznes» OAJ va «Shokirjon Shavkatjon hamkor» Fermer xo‘jaliklarida ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi» XKning 2024 yil 1 apreldagi 01-26/04-24-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ozuqaviy va biologik qiymati yuqori bo‘lgan, noan’anaviy xomashyodan tayyorlangan konservadan fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari qolishmaydigan konserva mahsulotlari assortimentini kengaytirish imkonini bergan;
semizo‘t, arman bodringi (tarra), g‘o‘ra yong‘oq asosidan konserva mahsuloti tayyorlash texnologiyasi «Namangan sharbati» MChJ, Uchqo‘rg‘on tumanidagi «Muhammadali Hamkor Biznes» OAJ va «Shokirjon Shavkatjon hamkor» Fermer xo‘jaliklarida ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi» XKning 2024 yil 1 apreldagi 01-26/04-24-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, aholini sifatli, biologik va ozuqaviy qiymati yuqori hamda tannarxi arzon konserva mahsulotlari bilan ta’minlash imkonini bergan.