Kurbanova Niginabonu Pardaevna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Ingliz tili mashg‘ulotlarida bo‘lajak iqtisodchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped79.
Ilmiy rahbar: Riskulova Kamola Djumaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.  
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Guli Ismoil qizi, filologiya fanlari doktori, professor; Himmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ingliz tili darslarida innovasion texnologiyalardan foydalanish orqali bo‘lajak iqtisodchilarning kasbiy kompetentligini takomillashtirishdan iborat.       
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak iqtisodchilarning kasbiy kompitentligini oshirish tizimi natijadorligini rivojlantirishda maxsus ingliz tili komponentlari jamlanmasidan iborat bo‘lgan korpusdan foydalanish monitoringini yuritish tizimini modellashtirishning texnologik xususiyatlari aniqlangan;
bo‘lajak iqtisodchilarning kasbiy kompitentligini rivojlantirishda ingliz tili darslarida kasbiy tajribaga ega bo‘lgan talabalar "o‘quvchi-markazda" yondashuvi asosida kasb tajribasiga ega bo‘lmagan talabalar bilan przentatsiyalar orqali “student-klass” amaliy mashg‘ulotlar mexanizmi takomillashtirilgan;
bo‘lajak iqtisodchilarning kasbiy kompitentligini rivojlantirishning amaliy-pedagogik sharoitda ingliz tili o‘qituvchilarining iqtisodiyot fanlari bo‘yicha tegishli bilimlarini oshirishning tizimli  mexanizmi takomillashtirilgan;
bo‘lajak iqtisodchilar kasbiy kompitentligini rivojlantirish modeli talabalarning iqtisodiy bilim darajasini diagnostik aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak iqtisodchilarning ingliz tili mashg‘ulotlarida kasbiy kompitentligini takomillashtirish texnologiyalari bo‘ycha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak iqtisodchilarning kasbiy kompitentligini oshirish tizimi natijadorligini takomillashtirish maqsadida maxsus ingliz tili komponentlari jamlanmasidan iborat bo‘lgan korpusdan foydalanish monitoringini yuritish tizimini modellashtirishning texnologik xususiyatlari bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “The Economist’s World” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 28-noyabrdagi 272-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 02/01-01-169 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada ingliz tili mashg‘ulotlarida bo‘lajak iqtisodchilarning kasbiy kompitentligini oshirish shart sharoitlari, bo‘lajak iqtisodchilarni tayyorlashda iqtisodiy kompitensiyalarni rivojlantirish, kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish metodikasidan foydalanish asosida o‘quv faoliyatini sifat jihatidan takomillashtirish imkoniyati yaratilgan;
bo‘lajak iqtisodchilarning kasbiy kompitentligini rivojlantirishning amaliy-pedagogik sharoitda ingliz tili o‘qituvchilarining iqtisodiyot fanlari bo‘yicha tegishli bilimlarini oshirishning tizimli  mexanizmini shakllantirishga oid takliflar “Business English” nomli o‘quv qo‘llanmasiga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiya vazirligining 2021-yil 18-avgustdagi 356-sonli buyrug‘iga asosan 356/7-257-raqamli guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak iqtisodchilarning kasbiy kompitentligini ingliz tili mashg‘ultlarida takomillashtirishning izchilligi, uzviyligi va tizimliligi ta’minlangan;                               
bo‘lajak iqtisodchilar kasbiy kompitentligini rivojlantirish modeli talabalarning iqtisodiy bilim darajasini diagnostik aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan bo‘lib, bo‘lajak iqtisodchilarning ingliz tili mashg‘ulotlarida kasbiy kompitentligini takomillashtirish metodikasini shakllantirishga oid takliflar “Business English” nomli o‘quv qo‘llanmasiga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiya vazirligining 2021-yil 18-avgustdagi 356-sonli buyrug‘iga asosan 356/7-257-raqamli guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak iqtisodchilarning ingliz tili mashg‘ulotlarida ingliz tilida iqtisodiy atamalar va me’yoriy iqtisodiy xujjatlarning formatini o‘zlashtirish ko‘nikmasini rivojlantirish samaradorligi oshishiga erishilgan;
bo‘lajak iqtisodchilarning kasbiy kompitentligini rivojlantirishda ingliz tili darslarida kasbiy tajribaga ega bo‘lgan talabalar "o‘quvchi- markazda" yondashuvi asosida kasb tajribasiga ega bo‘lmagan talabalar bilan przentatsiyalar orqali “student-klass” amaliy mashg‘ulotlar mexanizmi takomillashtirilganligiga oid takliflar “The Economist’s World” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 28-noyabrdagi 272-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 02/01-01-169 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada malakaga ega bo‘lgan talabalarda iqtisodiy kasbiy kompitentlik, bilim va ko‘nikmalar oshgan va ularning kursdoshlari yangi ma’lumotlarga “talaba tili” dan soddalashtirilgan holda ma’lumot etkazish orqali ega bo‘lishgan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish