Safaeva Iroda Abdumuratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi): «Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlarida shaxsiy sifatlarni rivojlantirishning psixologik xususiyatlari», 19.00.06 - Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/P954.
Ilmiy rahbar: Yakubova Guzal Asatullaevna, psixologiya fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Shonazarov Asror Maxmaisoivich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlarida shaxsiy sifatlarni rivojlantirishning psixologik xususiyatlarini ochib berish va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlarida shaxsiy sifatlarni psixologik xususiyatlari shaxslararo munosabatlardagi emosional intellekt, shaxsning o‘zigga bo‘lgan munosabati, o‘zini emosional qabul qilishiga asoslanib mehnat tajribasiga bog‘liq dinamik rivojlanishga ega ekanligi isbotlangan;
maktabgacha ta’lim muassasasi direktorlarining shaxsiy sifatlari pedagogik jarayondagi axloqiy-estetik vaziyatlardagi refleksiya, intuisiya, altruistik tuyg‘ular ijtimoiy-persepsiya, kommunikativlik, o‘ziga bo‘lgan ishonchni rivojlanishiga olib kelganligi tufayli kasbiy faoliyatda shaxsning axloqiy-etik mas’uliyatiga bog‘liq ifodalanishi dalillangan;
maktabgacha ta’lim muassasasi direktorlarining shaxsiy sifatlari “inson-inson” munosabatlari tizimida ijtimoiy persepsiyani samimiylik, o‘zini idora qilish, kommunikativlikning o‘zini qabul qilishga integrativ ifodalanishi tufayli shaxsning o‘ziga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq namoyon bo‘lishi dalillangan;
maktabgacha ta’lim muassasasi direktorlarining shaxsiy sifatlarini rivojlantirishda shaxslararo emosional intnllekt, kommunikativ kompetentlikni namoyon bo‘lishiga ustuvorlik berish muhimligi tufayli shaxsning o‘zini boshqarish ko‘nikmalariga integrativ ta’sir etish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlarida shaxsiy sifatlarni rivojlantirishning psixologik xususiytlariga oid muammoni tadqiq etish natijasida:
maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlarida shaxsiy sifatlarni psixologik xususiyatlari shaxslararo munosabatlardagi emosional intellekt, shaxsning o‘zigga bo‘lgan munosabati, o‘zini emosional qabul qilishiga asoslanib mehnat tajribasiga bog‘liq dinamik rivojlanishga ega ekanligi isbotlangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-noyabrdagi PM-PM-254 son buyrug‘i bilan  “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 13-noyabrdagi PM-PM-254  a-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlarida shaxsiy sifatlarni rivojlantirishning psixologik imkoniyatlarini tahlil qilish imkoniyati yaratilgan;
maktabgacha ta’lim muassasasi direktorlarining shaxsiy sifatlari pedagogik jarayondagi axloqiy-estetik vaziyatlardagi refleksiya, intuisiya, altruistik tuyg‘ular ijtimoiy-persepsiya, kommunikativlik, o‘ziga bo‘lgan ishonchni rivojlanishiga olib kelganligi tufayli kasbiy faoliyatda shaxsning axloqiy-etik mas’uliyatiga bog‘liq ifodalanishi dalillangan ma’lumotlar ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-noyabrdagi PM-PM-254 son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 13-noyabrdagi PM-PM-254  a-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlarida shaxsiy sifatlarni rivojlantirishning o‘ziga xos mexanizmlari ochib berilgan;
maktabgacha ta’lim muassasasi direktorlarining shaxsiy sifatlari “inson-inson” munosabatlari tizimida ijtimoiy persepsiyani samimiylik, o‘zini idora qilish, kommunikativlikning o‘zini qabul qilishga integrativ ifodalanishi tufayli shaxsning o‘ziga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq namoyon bo‘lishi dalillangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-noyabrdagi PM-PM-254 son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 13-noyabrdagi PM-PM-254  a-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim muassasasi direktorlarining shaxsiy sifatlarini rivojlanishiga shaxsning o‘ziga bo‘lgan munosabatini ta’siri ochib berilgan;
maktabgacha ta’lim muassasasi direktorlarining shaxsiy sifatlarini rivojlantirishda shaxslararo emosional intnllekt, kommunikativ kompetentlikni namoyon bo‘lishiga ustuvorlik berish muhimligi tufayli shaxsning o‘zini boshqarish ko‘nikmalariga integrativ ta’sir etish zarurati asoslangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-noyabrdagi PM-PM-254 son buyrug‘i bilan “Psixokorreksiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 13-noyabrdagi PM-PM-254 a-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim muassasasi direktorlarining shaxsiy sifatlarini rivojlantirishning psixokorreksion modeli ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish