Ubaydova Dilafruz Saddikovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nospesifik yarali kolitning og‘irlik darajasini baholash va uni davolashni optimallashtirishda sitokinlarning klinik va diagnostik ahamiyati”, 14.00.05 – Ichki kasalliklar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib3509.
Ilmiy rahbar: Ismatova Mexriniso Nasridinovna, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali, PhD.04/30.09.2020.Tib.123.01.
Rasmiy opponentlar: Jabbarov Ozimbay Otaxanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Zoxidova Mashhura Ziyamatovna tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Boshkirdiston davlat tibbiyot universiteti (Rossiya).
Dissertasiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: Yarali kolit bilan og‘rigan bemorlarning qon zardobidagi yallig‘lanish chaqiruvchi sitokinlar darajasini baholash va bu ko‘rsatkichlarning yo‘g‘on ichakdagi yallig‘lanish jarayonining og‘irligi bilan bog‘liqligini o‘rganishda diagnostika usullarini takomillashtirish va amaliyotga bog‘lashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nospesifik yarali kolitning turli klinik kechish darajalarini baholashda IL-6, IL-17A, alfa-FNO va fekal kalprotektinning tashxisiy ahamiyati asoslangan;
IL-6, IL-17A, alfa-FNO va fekal kalprotektin orasidagi korrelyasion bog‘liqlik nospesifik yarali kolit bilan kasallangan bemorlarda kasallik klinik kechish darajasining prognostik markyori ekanligi isbotlangan;
nospesifik yarali kolit klinik darajalari va asoratlarini bashoratlashga mo‘ljallangan sitokinetik-laborator markyorlar (IL-6, IL-17A, alfa-FNO va fekal kalprotektin) asosida modifikatsiyalangan baholash mezoni ishlab chiqilgan;
nospesifik yarali kolit klinik kechish darajalariga mos holda standart davoga asoslangan 2 va 3 pog‘onali davolash algoritmi ishlab chiqilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Nospesifik yarali kolitning og‘irlik darajasini baholash va uni davolashni optimallashtirishda sitokinlarning klinik va diagnostik ahamiyati» mavzusidagi ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha sog‘liqni saqlash vazirligining 2024 yil 26 avgustdagi 05/30-son xulosasi olingan.
birinchi ilmiy yangilik: nospesifik yarali kolitning turli klinik kechish darajalarini baholashda IL-6, IL-17A, alfa-FNO va fekal kalprotektinning tashxisiy ahamiyati asoslangan; Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkazilgan tadqiqotlarda nospesifik yarali kolit bilan og‘rigan bemorlarda kasallik og‘irlik darajasini baholashda yallig‘lanish chaqiruvchi sitokinlarning ahamiyati o‘rganilgan bo‘lib, bu NYaKni tashxislashda kolonoskopiya usulini amalga oshirish imkoni bo‘lmaganda noinvaziv usulda tashxislash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: NYaK bilan og‘rigan bemorlar qonidagi sitokinlar miqdori ko‘rsatkichlaridan foydalanish orqali bemorlarning statsionar murojaati 3 martaga kamayadi, mutaxassis ko‘rigi va standart bo‘yicha bajariladigan boshqa laborator va instrumental tekshiruvlar soni 2 martaga qisqarishi hisobidan har 1 nafar bemorga bir yilda budjet hisobidan 70300 so‘m, budjetdan tashqari 160200 so‘m miqdordagi xarajat iqtisod qilingan. Xulosa:NYaK bilan og‘rigan bemorlarda kasallik og‘irlik darajasini baholashda sitokinlar miqdori aniqlash asosida ishlab chiqilgan noinvaziv diagnostik usuldan foydalanib erta tashxislash hisobidan har 1 nafar bemordan 230500 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: IL-6, IL-17A, alfa-FNO va fekal kalprotektin orasidagi korrelyasion bog‘liqlik tahlili NYaK bilan kasallangan bemorlarda kasallik klinik kechish darajasining prognostik markyori ekanligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkazilgan tadqiqotlarda nospesifik yarali kolit bilan og‘rigan bemorlarda kasallik og‘irlik darajasini baholovchi sitokinlar IL-6, IL-17A,alfa FNO va fekalkalprotektin orasida musbat korrelyasion bog‘liqlik borligi isbotlangan. O‘tkazilgan laborator mezonlar asosida tashxislash orqali 75-80% hollarda NYaKni dastlabki darajalarda davolash, kasallik asoratlanishini oldini olish, nogironlikni oldini olishga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: nospesifik yarali kolit og‘irlik darajasini aniqlashda yallig‘lanish chaqiruvchi sitokinlar ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqliklarga asoslanib, kasallik erta davrlarda aniqlanganda bemorlarning ambulator murojaati 3 martaga kamayadi, mutaxassis ko‘rigi va standart bo‘yicha bajariladigan takroriy laborator tahlillar soni 2 martaga qisqarishi hisobidan har bir nafar bemorga bir yilda budjet hisobidan 65800 so‘m, budjetdan tashqari 158200 so‘m miqdordagi xarajat iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: Nospesifik yarali kolit og‘irlik darajasini baholashda bemorlar qonidagi yallig‘lanish chaqiruvchi sitokinlari o‘rtasidagi isbotlangan korrelyasion bog‘liqliklar asosida prognostik markyor sifatida foydalanib, erta tashxislash hisobidan har bir nafar bemordan 224600 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: NYaK klinik darajalari va asoratlarini bashoratlashga mo‘ljallangan sitokinetik laborator markyorlar asosida modifikatsiyalangan baholash tizimi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: sitokin ko‘rsatkichlariga asoslangan NYaK og‘irlik darajasini baholovchi mezon bemorlarga noinvaziv usulda tashxis qo‘yish, takroriy kolonoskopiyaga bo‘lgan talabni kamaytirish, davolash dinamikasini baholash, kasallik og‘irlik darajasiga mos davo usulini tanlash orqali bemorlarning hayot sifati darajasi oshishiga olib kelgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: NYaK bilan og‘rigan bemorlarga yaratilgan noinvaziv usul orqali tashxis qo‘yish, kasallikning erta bosqichlarida tashxislash, davolash samaradorligini baholash natijasida bemorlarning ambulator sharoitda davolanish imkoni bo‘lishi va statsionar davolanish ehtiyojining kamayishi hisobidan har bir nafar bemor uchun sarflanadigan xarajatlar 750 800 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: NYaK og‘irlik darajasini erta noinvaziv usulda aniqlash, davolash samaradorligini baholashda yallig‘lanish markyorlari ko‘rsatkichlaridan foydalanish kasallikni erta bosqichlarida tashxislash va asoratlar oldini olish orqali bemor uchun sarflanadigan ambulator va statsionar xarajatlardan har bir nafar bemor uchun budjet hisobidan 78200 so‘m, budjetdan tashqari mablag‘lardan esa 820000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: NYaK klinik kechish darajalariga mos holda standart davoga asoslangan 2 va 3 pog‘onali davolash algoritmi tuzilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Yaratilgan davolash algoritmi NYaK bilan og‘rigan bemorlarga kasallik kechish darajasiga mos davo usulini tanlash, dori vositalarining berilish shakli, davomiyligini to‘g‘ri tanlash imkonini beradi. Bu esa remissiyaning uzayishi va kasallik asoratlanishini oldini olish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: NYaK bilan bemorlarni davolashda ishlab chiqilgan davolash algoritmidan foydalanish orqali poliprogmaziyaning oldini olish va dori vositalar uchun sarflanadigan xarajatlarni, kasallik asoratlanishi va nogironlikni kamayishiga erishilgan. Xulosa:NYaK bilan og‘rigan bemorlarni davolashda ishlab chiqilgan davo algoritmidan foydalanish bemorlarning ambulator va/yoki statsionar sharoitda davolanishda ortiqcha dori vositalar uchun sarflanadigan xarajatlardan har bir nafar bemor uchun budjet hisobidan 70200 so‘m, budjetdan tashqari mablag‘lardan esa 320000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.