Achilova Matlyuba Mirxamzaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «OIV infeksiyasining lyamblioz va blastotsistoz bilan kechganda klinik-laborator xususiyatlari», 14.00.10 – Yuqumli kasalliklar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1688.
Ilmiy rahbar: Bayjanov Allabergan Kadirovich, tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar nomi), IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01.
Rasmiy opponentlar: Kozlov Sergey Sergeevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Axmedova Xalida Yuldashevna, tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: S.D. Asfendiyarov nomidagi Qozoq milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: OIV infeksiyasi lyamblioz va blastotsistoz bilan kechganda antiretrovirus hamda antiprotozoy terapiya tamoyillarini hisobga olgan holda kasallikning klinik-laborator xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor OIV infeksiyali bemorlarda lyamblioz va blastotsistozning tarqalganlik darajasi va chuqur immunotanqislik sababli rivojlanadigan blastotsistalar zoonoz subtiplarining dominantlik qilishi isbotlangan;
OIV infeksiyali bemorlarda ichak parazitozlari (lyamblioz, blastotsistoz) ning klinik manzarasi astenovegetativ, intoksikasiya va dispepsik sindromlarning organizmda kuchli sensibilizatsiya rivojlanishi bois allergik komponentlar bilan namoyon bo‘lishi asoslangan;
OIV infeksiyali bemorlarda IgE va eozinofillar ko‘rsatkichlarining yuqori darajada oshganligi bois lyamblioz va blastotsistozni erta tashxislashda markerlar sifatida qo‘llanilishi mumkinligi isbotlangan;
OIV infeksiyasi lyamblioz va blastotsistoz bilan kechganda CD4+limfotsitlarning ko‘p emirilishi bois dinamikada keskin kamayib borishi va antiretrovirus hamda antiprotozoy terapiya ta’sirida hujayraviy immunitetning faollashuvi natijasida bu ko‘rsatkichning oshishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 8 iyuldagi 2-sonli yig‘ilish bayonnomasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilmiy yangilikning mohiyati: ilk bor OIV infeksiyali bemorlarda lyamblioz va blastotsistozning tarqalganlik darajasi va blastotsistalar zoonoz subtiplarining dominantlik qilishi isbotlangan; ilmiy yangilikning ahamiyati: OIV infeksiyali shaxslarda ichak parazitlarining aniqlanish chastotasi 25,9% holatni tashkil qildi. Tadqiqot guruhlarida Giardia lamblia 14,0% bemorda, Blastocystis spp. 11,9% bemorda aniqlandi. OIV infeksiyali bemorlarda blastotsistalarning aksariyat (62,8%) zoonoz subtiplari dominantlik qiladi: Blastocystis srp.ST-5 30,8% va Blastocystis srp.ST-6 32,0% bemorda qayd qilindi. Blastocystis srp.ST-3 19,2% bemorda aniqlandi. Blastocystis sp.ST-1 esa jami 10,3% bemordagina qayd qilindi. OIV infeksiyali bemorlarda blastotsistalarning Blastocystis spp.ST-2, Blastocystis spp.ST-4 va Blastocystis spp.ST-7 subtiplari umuman qayd qilinmadi. Antroponoz tip – Blastocystis spp.ST-3 ushbu bemorlarda 19,2% holatdagina uchrasada, OIV infeksiyasiz bemorlarda dominantlik (66,7%) qiladi. Ichak parazitozlarini erta aniqlash bemorda o‘z vaqtida samarali davolash va kasallik asoratlarining oldini olishga imkon beradi; ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: tadqiqot natijalari OIV infeksiyali bemorlarda lyamblioz va blastotsistozni erta tashxislashga qaratilgan bo‘lib, tadqiqot Jizzax viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi va Surxondaryo viloyat OITSga qarshi kurash markazida amalga oshirildi; ijtimoiy samaradorligi: lyamblioz va blastotsistoz OIV infeksiyali bemorlarda immunotanqislik holatini yanada chuqurlashtiruvchi omillardan bo‘lib, turli asoratlar bilan namoyon bo‘lgan holda bemorlarning yashash sifatini yomonlashtiradigan invaziyalardan hisoblanadi. Shu munosabat bilan OIV infeksiyali bemorlarda ushbu ichak parazitozlarini erta aniqlash antiretrovirus terapiya samaradorligini oshirishga imkon yaratgan; iqtisodiy samaradorligi: OIV infeksiyali bemorlarda lyamblioz va blastotsistozni erta tashxislash bu kasalliklarni davolashdan kelib chiqadigan iqtisodiy yo‘qotishlarni sezilarli darajada kamaytiradi: bir bemorda ushbu invaziyalarni tashxislashga 403000 so‘m talab qilinsa, bu kasalliklarni davolash uchun esa 2183000 so‘m sarflanadi; xulosa: OIV infeksiyasi ichak parazitozlari bilan kechganda lyamblioz va blastotsistozni erta tashxislash va davolash choralarini tadbiq etish bo‘yicha uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan (Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Ekspert kengashining 2023 yil 20 noyabrdagi 99-son xulosasi) Natijalar OIV infeksiyali bemorlarda lyamblioz va blastotsistozni erta aniqlash va samarali davolash mexanizmini tadbiq qilishga imkon beradi;
ikkinchi ilmiy yangilik: OIV infeksiyali bemorlarda ichak parazitozlari (lyamblioz, blastotsistoz) ning klinik manzarasi astenovegetativ, intoksikasiya va dispepsik sindromlarning allergik komponentlar bilan namoyon bo‘lishi asoslangan; ichak parazitozlari OIV infeksiyali bemorlarda keng tarqalgan (25,9%) parazitar invaziyalardir. Lyamblioz va blastotsistoz uchun astenovegetativ, intoksikasiya va dispepsik ko‘rinishlarning allergik komponentlar – toshmalar, teri qichishishi, allergik rinit va boshqa belgilar bilan kechishi xosdir. Allergik ko‘rinish kuzatilgan 53,5% OIV infeksiyali bemorda lyamblioz va blastotsistoz laborator tekshiruvlarda tasdiqlandi. Ushbu ichak parazitozlarini OIV infeksiyali bemorlarda erta aniqlash va davolash mikst-kasallikning prognozini yaxshilaydi; ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Jizzax viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi va Surxondaryo viloyat OITSga qarshi kurash markazida OIV infeksiyali bemorlarda lyamblioz va blastotsistoz tashxisi laborator tasdiqlangan va ularning klinik kechishi o‘rganilgan; ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqotimiz natijalari shuni ko‘rsatadiki, lyamblioz va blastotsistoz aniqlangan antiretrovirus va antiprotozoy terapiya olmagan OIV infeksiyali bemorlarda organizmda immunitet tanqisligi chuqurlashgan tarzda qonda CD4+limfotsitlar miqdorining doimiy ravishda pasayib borishi kuzatildi. Ushbu ichak parazitozlarini o‘z vaqtida tashxislash va davolash OIV infeksiyasining zo‘rayishini oldini olishga imkon beradi; ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ichak parazitozlariga xos klinik alomatlar kuzatilgan OIV infeksiyali bemorlarda lyamblioz va blastotsistozni erta aniqlash va ularni ambulator davolash statsionar davolashdan kelib chiqadigan iqtisodiy xarajatlarni ancha kamaytiradi. OIV infeksiyali bemorlarda lyamblioz va blastotsistozni klinik tashxislash mablag‘ talab qilmaydi, ushbu invaziyalar yuqtirgan bemorni statsionarda davolash qiymati 2183000 so‘mni tashkil etadi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 8 iyuldagi 2-son xulosasi);
uchinchi ilmiy yangilik: OIV infeksiyali bemorlarda giperimmunoglobulinemiya – IgE va eozinofiliya ko‘rsatkichlarining lyamblioz va blastotsistozni erta tashxislashda markerlar sifatida qo‘llanilishi mumkinligi isbotlangan; IgE va eozinofiliya ko‘rsatkichlarini aniqlash usullari oson va ko‘p mablag‘ talab qilinmaydigan usullar bo‘lib, immunologik tekshiruv imkoni mavjud bo‘lgan barcha davolash-profilaktika muassasalarida amaliyotda tadbiq qilish mumkin. OIV infeksiyali bemorlar har yarim yilda dispanser ko‘rikdan o‘tganda qo‘llaniladigan tekshiruv usullari bilan birga mazkur ko‘rsatkichlarni tahlil qilish bemorlarda lyamblioz va blastotsistozni erta tashxislash imkonini beradi va antiprotozoy davolashni o‘z vaqtida o‘tkazilishini ta’minlaydi; ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ichak parazitozlari aniqlangan OIV infeksiyali bemorlarda 53,0% holatda eozinofiliya aniqlandi. IgE ko‘rsatkichining o‘rtacha qiymati me’yoriy ko‘rsatkichga nisbatan baland bo‘lib, 489,0±22,2 XB/ml gacha oshadi. Eozinofiliya va IgE ko‘rsatkichlarini aniqlash jarayoni Jizzax viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi va Surxondaryo viloyat OITSga qarshi kurash markazida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 8 iyuldagi 2-son xulosasi); ijtimoiy samaradorligi: OIV infeksiyali bemorlarda immunotanqislik darajasining chuqurlashishiga olib keladigan sabablardan biri ichak parazitozlarining birga uchrashidir, bu o‘z navbatida OIV infeksiyali bemorlar orasida 53,3% holatda allergik reaksiyalar kuzatilishiga sabab bo‘ladi. Eozinofiliya va IgE ko‘rsatkichlari asosida allergik ko‘rinishlar mavjudligini aniqlash va zo‘rayishini oldini olish bemorlar hayot sifatini yaxshilaydi; iqtisodiy samaradorligi: OIV infeksiyali bemorlarda lyamblioz va blastotsistozni IgE va eozinofiliya ko‘rsatkichlari asosida tashxislash va davolash uchun bir bemorga 763000 so‘m sarflansa, ushbu invaziyalarni statsionar sharoitda asoratlangan turlarini tashxislash va davolash uchun 2183000 so‘m sarflanadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: OIV infeksiyasi lyamblioz va blastotsistoz bilan kechganda CD4+limfotsitlarning kasallik dinamikasida keskin kamayib borishi va antiretrovirus terapiya fonida antiprotozoy davolash qo‘llanilganda bu ko‘rsatkichning oshishi – hujayraviy immunitetning faollashuvi isbotlangan; lyamblioz va blastotsistoz aniqlangan antiretrovirus va antiprotozoy terapiya olmagan OIV infeksiyali bemorlarda kuzatuvda 12 oydan keyin CD4+limfotsitlarning 624,6±22,8 hujayra/mkl dan 454,0±18,5 hujayra/mkl gacha pasayib borishi kuzatildi. Lyamblioz va blastotsistoz aniqlangan antiretrovirus va antiprotozoy terapiya olayotgan OIV infeksiyali bemorlarda davolashdan 12 oy o‘tgach CD4+limfotsitlar miqdori boshlang‘ich ko‘rsatkichga nisbatan 2,4 baravar (330,6 huj/mkl dan 812,2 huj/mkl gacha) oshdi. Antiretrovirus terapiya fonida antiprotozoy terapiyani qo‘llash samarali bo‘lib, immunitet hujayralarining oshishi hisobiga OIV infeksiyasi zo‘rayishining oldini olish imkonini beradi; antiretrovirus terapiya fonida antiprotozoy terapiyani qo‘llash Jizzax viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi va Surxondaryo viloyat OITSga qarshi kurash markazida OIV infeksiyali bemorlarda OIV infeksiyasining zo‘rayib borishini oldini olish maqsadida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 8 iyuldagi 2-son xulosasi); ijtimoiy samaradorligi: OIV infeksiyali bemorlarda lyamblioz va blastotsistoz invaziyalari ta’sirida immunitet hujayralari CD4+limfotsitlarning kamayib borishi tufayli OIV infeksiyasining zo‘rayib borish xavfi oshadi. Antiretrovirus terapiya fonida antiprotozoy terapiyani qo‘llash orqali immun hujayralar miqdorini ko‘tarish va OIV yuklamasini kamaytirish orqali keyingi asoratlar rivojlanishining oldini olish imkoni yaratildi, bu esa pirovard natijada OIV infeksiyali bemorlarning yashash sifatini yaxshilaydi; ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: lyamblioz va blastotsistoz aniqlangan OIV infeksiyali bemorlarda antiprotozoy terapiyani qo‘llash orqali antiretrovirus terapiyaning samaradorligi oshadi va sarf-xarajatlar tejab qolinadi. Ushbu samarali davolash mexanizmini amaliyotga tadbiq etish orqali respublika miqyosida 12 oy mobaynida iqtisodiy samaradorlik 63588750 so‘mni tashkil qiladi.