Shamsutdinova Nigina Karimovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Abu Ali ibn Sinoning tasavvufiy qarashlari”, 09.00.03 - Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Fal197
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.02.2020.F.72.08
Ilmiy maslahatchi: Madaeva Shahnoza Amonullaevna, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Boltaev Abdurahim Amonovich, falsafa fanlari doktori, dotsent; To‘raev Baxtiyor Omanovich, falsafa fanlari doktori, professor; Fayzixodjaeva Dilbar Irgashevna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II Tadqiqotning maqsadi Ibn Sino tasavvufiy qarashlarining inson aqliy va ma’naviy salohiyatini yuksaltirishdagi ahamiyatini ochib berishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Abu Ali Ibn Sino tasavvufiy qarashli shakllanishining metodologik asoslari va g‘oyaviy manbalari “Solmon va Ibsol”, “Hay ibn Yaqzon”, “al Ishorat va-t-tanbehat”, “Risola fi-l-ishq”, “Risolat at tayr” kabi tasavvufiy asarlaridagi ruh, ma’naviy olamning manguligi, insonning ilohiy Mutlaq (fano fillah) bilan birlashishi, vojib-ul-vujud kabi tasavvufiy konsepsiyalar bilan gnoseologik aloqadorligi aniqlangan;
Ibn Sino tasavvufiy qarashlari yunon ilm fani va musulmon olami madaniy an’analiriga xos rasional mohiyatga asosanlanganligi hamda mutafakkirning koinot (makrokosm), inson (mikrokosm ) orasidagi ruhiy uygunlik, oliy aqlning namoyon bo‘lishi, inson ma’naviy-ruhiy olamining yuksalishi kabi tasavvufiy tushunchalar bilan o‘zaro dialektik aloqadorlikda ekanligi asoslab berilgan;
Abu Ali Ibn Sinoning tasavvuf rivojiga qo‘shgan hissasi “Mabda’ va Ma’ad”, “Me’rojnoma” asarlaridagi Yaratuvchi bilan yuzlashish, emonasiya ko‘tarilish chizig‘i, komil inson, fazoviy harakat, fazoviy ruhlarning ilohiy mutlaqqa (al-vujud al-mutlaq) va sof yaxshilikka (al-xayr al-mahz) intilishi kabi irfon kontekstidagi g‘oyalari asosida isbotlangan;
Ibn Sino tasavvufiy qarashlaridagi muhabbat kategoriyasi asosida mahbubga (Haq) oshiqning ichki botiniy muhabbati hamda komillikka erishishda egallangan bilim orqali axloqiy sifatlarni shakllantirishi G‘arbga (moddiy olamga), Sharqga (ruhiy) olamga sayohat, barcha jonli va jonsiz mavjudotlarning Yaratguvchi bilan birlashish xususiyatlari ochib berilgan;
Ibn Sino tasavvufiy ta’limotida insonning aqliy va ma’naviy salohiyatini yuksaltirishga ta’sir ko‘rsatuvchi o‘ziga xos intellektual mohiyat kasb etuvchi nazariy g‘oyalari hamda  faol ong, komil insonni shakllantirishda axloqiy va ruhiy kamolotning dialektik uyg‘unligi kabi metodologik va ijtimoiy ahamiyat kasb etuvchi pragmatik qarashlarining tasavvufiy-falsafiy mohiyati aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ibn Sinoning tasavvufiy qarashlarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Abu Ali Ibn Sino tasavvufiy qarashli shakllanishining metodologik asoslari va g‘oyaviy manbalari “Solmon va Ibsol”, “Hay ibn Yaqzon”, “al Ishorat va-t-tanbehat”, “Risola fi-l-ishq”, “Risolat at tayr” kabi tasavvufiy asarlaridagi ruh, ma’naviy olamning manguligi, insonning ilohiy Mutlaq (fano fillah) bilan birlashishi, vojib-ul-vujud kabi tasavvufiy konsepsiyalar bilan gnoseologik aloqadorligiga oid ilmiy yangilik, xulosa va taklif-tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyatining 2023-2024 yillarda efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O'zbekiston yoshlari” dasturlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2024-yil 30-apreldagi 04-36-570-son ma’lumotnomasi). Natijada, Uchinchi Renessans poydevorini yaratishda Ibn Sino axloqiy-falsafiy merosidagi tasavvufiy qarashlarining gumanistik mohiyati, shuningdek, uning hozirgi kundagi yoshlar tarbiyasidagi zaruriy ilmiy asoslangan hamda ayni paytda ommaviy axborot vositalari tizimidagi islohotlar jarayonida ko‘rsatuvlarning sifati va ssenariylarning mazmunini boyitishga va ko‘rsatuvlarning samaradorligini oshishiga xizmat qilgan;
Ibn Sino tasavvufiy qarashlari yunon ilm fani va musulmon olami madaniy an’analiriga xos rasional mohiyatga asosanlanganligi hamda mutafakkirning koinot (makrokosm), inson (mikrokosm ) orasidagi ruhiy uygunlik, oliy aqlning namoyon bo‘lishi, inson ma’naviy-ruhiy olamining yuksalishi kabi tasavvufiy tushunchalar bilan o‘zaro dialektik aloqadorlikda ekanligiga oid ilmiy-nazariy tahlillar, falsafiy xulosalar va taklif-tavsiyalaridan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi faoliyatida, 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturida keltirilgan “VI. Ma’naviy- ma’rifiy sohadagi ustuvor yocnalishlar” 6.3. Milliy, tarixiy-ilmiy madaniyat va manbalarni o‘rganish va targ‘ib etish “Buyuk ajdodlarimizning ilmiy, falsafiy, ma’naviy-axloqiy, ma’rifiy-tarbiyaviy asarlari va qo‘lyozmalarini tadqiq qilish”da foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2024-yil 29-apreldagi 02/02-25-son ma’lumotnomasi). Natijada, partiya faoliyatida tizimdagi xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda mafkuraviy targ‘ibot ishlari samarasining oshishiga xizmat qilgan;
Abu Ali Ibn Sinoning tasavvuf rivojiga qo‘shgan hissasi “Mabda’ va Ma’ad”, “Me’rojnoma” asarlaridagi Yaratuvchi bilan yuzlashish, emonasiya ko‘tarilish chizig‘i, komil inson, fazoviy harakat, fazoviy ruhlarning ilohiy mutlaqqa (al-vujud al-mutlaq) va sof yaxshilikka (al-xayr al-mahz) intilishi kabi irfon kontekstidagi g‘oyalarga doir yangilik va ilmiy tahlillardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-2023-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida, jumladan, 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining VIII yo‘nalishida belgilangan “Milliy qadriyatlar, ma’naviy fazilatlar va ijtimoiy odoblar targ‘iboti” 41-bandi “Milliy davlatchiligimiz tarixi, buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish orqali aholi o‘rtasida milliy birdamlik, vatanga sadoqat, milliy o‘zligidan faxrlanish tuyg‘ularini kuchaytirish” targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 14-oktyabrdagi 10/114-son ma’lumotnomasi). Natijada, buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish orqali aholi o‘rtasida milliy birdamlik, vatanga sadoqatni shakillantirishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini samarali tashkil etish va Abu Ali Ibn Sinoning tasavvufiy qarashlarini ijtimoiy-falsafiy jihatlarini tahlil etishga xizmat qilgan;
Ibn Sino tasavvufiy qarashlaridagi muhabbat kategoriyasi asosida mahbubga (Haq) oshiqning ichki botiniy muhabbati hamda komillikka erishishda egallangan bilim orqali axloqiy sifatlarni shakllantirishi G‘arbga (moddiy olamga), Sharqga (ruhiy) olamga sayohat, barcha jonli va jonsiz mavjudotlarning Yaratguvchi bilan birlashish xususiyatlariga oid ilmiy xulosalar va tavsiyalardan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatida, jumladan, Ibn Sino haqidagi 10 fakt risolalarini tayyorlash hamda buyuk allomalarimizning ibratli hayoti va ilmiy merosi asosida tayyorlangan xalqchil risolalar tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2024-yil 4-oktyabrdagi 02/424-son ma’lumotnomasi). Natijada, allomalar haqida 10 ta fakt loyihasi doirasida Abu Ali ibn Sino haqidagi 10 ta faktni tayyorlashda hamda buyuk allomalarimizning ibratli hayoti va ilmiy merosi asosida tayyorlangan xalqchil risolalar yaratishga, ommalashtirishga xizmat qilgan;
Ibn Sino tasavvufiy ta’limotida insonning aqliy va ma’naviy salohiyatini yuksaltirishga ta’sir ko‘rsatuvchi o‘ziga xos intellektual mohiyat kasb etuvchi nazariy g‘oyalari hamda  faol ong, komil insonni shakllantirishda axloqiy va ruhiy kamolotning dialektik uyg‘unligi kabi metodologik va ijtimoiy ahamiyat kasb etuvchi pragmatik qarashlarining tasavvufiy-falsafiy mohiyati aniqlangan yangilik va nazariy xulosalardan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti QoraqaIpog‘iston filialida bajarilgan A1-XT-0-92997-raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbivalashning muammolari” amaliv loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2024-yil 26-iyundagi 263-son ma’lumotnomasi). Natijada, Uchinchi Renessans poydevorini yaratishda Ibn Sino falsafiy merosidagi tasavvufiy qarashlarning ijtimoiy mohiyati, shuningdek, mazkur jarayondagi potensial imkoniyatlari ilmiy asoslangan hamda hozirgi davrdagi milliy ta’lim-tarbiya tizimidagi islohotlar jarayonida muhim nazariy va amaliy ahamiyat kasb etishi isbotlab berilganligi asos bo‘lib xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish