Rahimov Sanjar Muxammadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mustaqil ta’lim topshiriqlarini avtomatik tekshirish axborot tizimini yaratish va foydalanish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7515.
Ilmiy rahbar: Babaxodjaeva Lobar Gafurdjanovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Seitnazarov Kuanishbay Kenesbaevich, texnika fanlari doktori, professor; Muradova Firuza Rashidovna pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi mustaqil ta’lim topshiriqlarini avtomatik tekshirish tizimini yaratish va foydalanish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mustaqil ta’lim topshiriqlarini avtomatik tekshirish axborot tizimidan foydalanishning tashkiliy-pedagogik hamda ergonomik jihatlari talabalarda axborotni mustaqil izlash, tanqidiy fikrlash, tahlil qilish kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan axborotli kontentni produktivlik darajalarda ko‘p tanlovlilik imkoniyatlariga ko‘ra qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
mustaqil ta’lim topshiriqlarini avtomatik tekshirish axborot tizimini yaratish va foydalanishning metodik modeli talabalarda ta’limiy resusrlarni filtrlash va qo‘llash kompetensiyalarini intensiv rivojlantirishga qaratilgan algoritmik mashqlarni modullar integratsiyasiga asoslangan o‘quv muhitida grafikli moslashuvchanlik darajalarda adaptivlashtirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
mustaqil ta’lim topshiriqlarini avtomatik tekshirishning pedagogik instrumentlari qayta aloqani qulaylashtiruvchi modulli bazani minimal akademik chegaraning vizuallashtirilgan individual dizaynida modifikatsiyalash orqali kommunikativ hamda kognitiv jihatlarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
mustaqil ta’lim topshiriqlarini avtomatik tekshirish va foydalanishning didaktik ta’minoti matnli, grafikli ma’lumotlarga ishlov berishni talabalarga o‘rgatuvchi elektron keyslarni o‘quv-stimulli jarayonda yacheykalarning strukturali bog‘liqligiga ko‘ra qo‘llash orqali inklyuzivlik va metakognitivlikka ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mustaqil ta’lim topshiriqlarini avtomatik tekshirish axborot tizimini yaratish va foydalanish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mustaqil ta’lim topshiriqlarini avtomatik tekshirish axborot tizimidan foydalanishning tashkiliy-pedagogik hamda ergonomik jihatlari talabalarda axborotni mustaqil izlash, tanqidiy fikrlash, tahlil qilish kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan axborotli kontentni produktivlik darajalarda ko‘p tanlovlilik imkoniyatlariga ko‘ra qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar “Boshlang‘ich ta’limda axborot kommunikatsion texnologiyalari (Axborot texnologiyalari savodxonligini rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlar)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta ma’xsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 302-0877 raqamli guvohnoma). Natijada, pedagogik oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari bo‘lajak informatika fani mutaxassislarining maktab o‘quvchilariga aniq qilib yetkazishida pedagogik, psixologik jihatlarini tahlil qilish imkoni kengaytirilgan;
mustaqil ta’lim topshiriqlarini avtomatik tekshirish axborot tizimini yaratish va foydalanishning metodik modeli talabalarda ta’limiy resusrlarni filtrlash va qo‘llash kompetensiyalarini intensiv rivojlantirishga qaratilgan algoritmik mashqlarni modullar integratsiyasiga asoslangan o‘quv muhitida grafikli moslashuvchanlik darajalarda adaptivlashtirishga oid tavsiyalari PPI/APM/2019/1/00004 - raqamli “3D Digital Silk road” mavzudagi Polsha Respublikasining Akademik almashinuvlar agentligi (NAWA) fondi tomonidan moliyalashtirilgan loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 6-iyundagi 11-05-3206/04-son dalolatnomasi). Natijada, topshiriqlarni avtomatik tekshirish axborot tizimini loyihalashtirishda topshiriqlarni mezonlar asosida tekshirish imokni yaratilgan;
mustaqil ta’lim topshiriqlarini avtomatik tekshirish va foydalanishning didaktik ta’minoti matnli, grafikli ma’lumotlarga ishlov berishni talabalarga o‘rgatuvchi elektron keyslarni o‘quv-stimulli jarayonda yacheykalarning strukturali bog‘liqligiga ko‘ra qo‘llashga oid tavsiyalar “Boshlang‘ich ta’limda axborot kommunikatsion texnologiyalari (Axborot texnologiyalari savodxonligini rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlar)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta ma’xsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 302-0877 raqamli guvohnoma). Natijada topshiriqlarni avtomatik tekshirish axborot tizimini loyihalashtirish yondashuvlari asosida mustaqil ta’lim va amaliy mashg‘ulotlarga mo‘ljallangan topshiriqlarni bajarish va avtomatik tekshirishning metodik modelini takomillashtirish samaradorligi oshgan.