Samadov Sardor Sabirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Yuqori fizik-mexanik xossalariga ega bo‘lgan fizik-kimyoviy modifikatsiyalangan kompozision epoksidli polimer materiallarni yaratish va ularni olish texnologiyasi», 02.00.07 - Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallar kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T4568.
Ilmiy rahbar: Muxiddinov Baxodir Faxriddinovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Abed Nodira Sayibjanovna, texnika fanlari doktori, professor; Ixtiyarova Gulnora Akmalovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yuqori fizik-mexanik xossalariga ega bo‘lgan fizik-kimyoviy modifikatsiyalangan kompozision epoksidli polimer materiallarni yaratish va ularni olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bloklangan diizotsianatlar tomonidan epoksidli polimerlarning modifikatsiyasini kompleks taxlil qilish orqali epoksidli polimerlarni modifikatsiya qilish mexanizmi, shuningdek, bloklangan diizotsianatlarni blokdan chiqarish va polimerlarning shakllanishiga turli funksional guruhlarning ta’siri aniqlangan;
bloklangan diizotsianatlar bilan epoksidli polimerlarni modifikatsiyalash vaqtidagi mikrotuzilishidagi o‘zgarishlar asoslangan;
mikrotuzilish parametrlari va modifikatsiyalangan epoksidli polimerlarning fizik-mexanik xususiyatlari o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik va modifikatorlarning optimal konsentratsiyasi aniqlangan;
polimer modifikatsiyasining samaradorligi, almashinuv va parchalanishning haroratga, bloklangan diizotsianat va blokirovka qiluvchi agentning tabiatiga bog‘liqligi isbotlangan;
epoksidli oligomerlarni modifikatori sifatida furfurilidenaminoetanol tomonidan bloklangan toluilendiizotsianat asosidagi qo‘shimchalardan foydalanish tavsiya etilgan;
bloklangan diizotsianatlar va ular asosida kompozisionlar bilan modifikatsiyalangan epoksidli polimerlarni olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Yuqori fizik-mexanik xossalariga ega bo‘lgan fizik-kimyoviy modifikatsiyalangan kompozision epoksidli polimer materiallarni yaratish va ularni olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
modifikatsiyalangan epoksidli polimer kompozisiyalarini korroziyaga chidamli materiallar sifatida olishning texnik sharti “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJda amaliyotga joriy etilgan (TSh 64-15086836-03:2024) (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJning 2024 yil 6 avgustdagi 23/01-01-07/437-son ma’lumotnomasi). Natijada, epoksiuretan polimerlari asosida emirilishga va korroziyaga chidamli, yuqori mustahkamlikka ega modifikatsiyalangan epoksidli polimer kompozisiyalarini olish imkonini bergan;
modifikatsiyalangan epoksidli polimer kompozisiyalari qoplama materiallari sifatida Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJda amaliyotga joriy etilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJ ning 2024 yil 6 avgustdagi 23/01-01-07/437-son ma’lumotnomasi). Natijada, agressiv muhitda ishlaydigan texnologik mashinalar va qurilmalarni qoplama materiallari uchun modifikatsiyalangan epoksidli polimer kompozisiyalarining adgezion mustahkamligini 25%gacha oshirish imkonini bergan;
modifikatsiyalangan epoksidli polimer kompozisiyalarini ishlab chiqarishning optimal texnologik parametrlari Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJda amaliyotga joriy etilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJning 2024 yil 6 avgustdagi 23/01-01-07/437-son ma’lumotnomasi). Natijada, gidrometallurgiya va gidrotexnologiya tarmoqlarida kislotali muxitga ishlaydigan nasoslarning xizmat qilish muddatini uzaytirish imkonini bergan.