Azimov Yusuf Xidirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mahalliy soya urug‘idan olingan moyni gidratatsiya qilish texnologiyasini takomillashtirish», 02.00.17 – Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/T1408.
Ilmiy rahbarlar: Axmedov Azimjon Normo‘minovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Serkaev Qamar Pardaevich, texnika fanlari doktori, dotsent; Raximov Dilshod Po‘latovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy soya urug‘idan olingan rafinasiyalanmagan moyni ul`tratovush yordamida gidratasiya qilish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy va xorijda etishtirilgan soya urug‘idan olingan rafinasiyalanmagan moylarning asosiy fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari va gidratasiya jarayonida olingan fosfolipidlarning fraksion tarkibi aniqlangan;
rafinatsiyalanmagan soya moyini dastlab ul`tratovush yordamida gidratatsiyalanganda moy chiqishini oshirishi, tarkibidagi fosfolipidlar miqdorining kamayishi isbotlangan;
ul`tratovush yordamida rafinasiyalanmagan soya moyini gidratasiyalash orqali olingan fosfolipid cho‘kmasining miqdori an’anaviy usuldagiga nisbatan kamayishi, neytral yog‘ miqdorining 25 % gacha kamayishi va fosfolipidlarning miqdori 25 % gacha oshishi asoslangan;
ul`tratovush yordamida rafinasiyalanmagan soya moyi tarkibidan ajratilgan fosfolipid cho‘kmasi asosida olingan lesitin standart talablariga mosligi isbotlangan;
mahalliy soya moyi lesitinining emul`siyalash qobiliyati import lesitinga nisbatan 15 - 20 % yuqoriligi asoslangan;
rafinasiyalanmagan soya moyini ul`tratovush yordamida gidratasiyalash texnologiyasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mahalliy soya urug‘idan olingan moyni gidratasiyalash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ul`tratovush yordamida soya moyini gidratasiyalash va fosfolipid cho‘kmasini olish texnologiyasi “Asian Golden Oil” MChJning «2024-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati» ga kiritilgan («O‘zyog‘moysanoat» uyushmasining 2023 yil 13 oktyabrdagi OZ/Z-470-son ma’lumotnomasi). Natijada, gidratasion cho‘kma tarkibidagi neytral yog‘ miqdorini kamaytirish va fosfolipid miqdorini oshirish imkonini beradi;
60%li margarin mahsulotini ishlab chiqarishda mahalliy soya moyi lesitinini qo‘llash texnologiyasi “Asian Golden Oil” MChJning «2024-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati» ga kiritilgan («O‘zyog‘moysanoat» uyushmasining 2023 yil 13 oktyabrdagi OZ/Z-470-son ma’lumotnomasi). Natijada, import qilinadigan lesitin asosli emul`gator o‘rniga mahalliy soya moyi lesitinini qo‘llash imkonini beradi.