Tursunova Dilnavoz To‘lqin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Pedagogik fanlarni integrativ o‘qitish asosida talabalarning ijtimoiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7921.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Egamberdieva Turg‘unoy Ahmadjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07.
Rasmiy opponentlar: Temirov Nabijon Solievich pedagogika fanlari doktori, professor; Artikova Muhayyo Botiralievna pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogik fanlarni integrativ o‘qitish asosida talabalarning ijtimoiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagogik fanlarni integrativ o‘qitish asosida talabalarning ijtimoiy kompetentligini rivojlantirish omillari (shart-sharoit, integrativ ta’lim, doimiy ijtimoiy muloqot va munosabatlar, hamkorlikdagi ijtimoiy faoliyat, o‘z-o‘zini shaxsiy rivojlantirish va baholash) ijtimoiy va kasbiy-pedagogik mezonlarning o‘zaro bog‘liqligini ochib berish asosida aniqlashtirilgan;
pedagogik fanlarni integrativ o‘qitish asosida talabalarning ijtimoiy kompetentligini rivojlanishini ko‘rsatib beruvchi ijtimoiy hamkorlik, mas’uliyatlilik, muloqotchanlik, faollik, tashabbuskorlik, kreativlik mezonlarini amaliy-kasbiy faoliyat tuzilmasi bilan internal (ichki) darajalash asosida aniqlashtirilgan;
ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirish metodikasi talabalarning ijtimoiy-kognitiv faoliyatini samarali tashkil etishda “Ijtimoiy pedagogika”, “Oila pedagogikasi”, “Etnopedagogika” va “Milliy tarbiya asoslari” fanlarini o‘qitishni rivojlantirishga qaratilgan “integrativ” yondashuvni intensiv qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
pedagogik fanlarni integrativ o‘qitish asosida talabalarning ijtimoiy kompetentligini rivojlantirish modeli ijtimoiy buyurtma va maqsad aniqlashtirish orqali mazmunli-jarayonli hamda tashkiliy-baholash bloklarni kognitiv, faoliyatga doir, aksiologik usullarda integratsiyalash asosida natijaga erishining texnologik algoritmi aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogik fanlarni integrativ o‘qitish asosida talabalarning ijtimoiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish mavzusi bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
pedagogik fanlarni integrativ o‘qitish asosida talabalarning ijtimoiy kompetentligini rivojlantirish omillari (shart-sharoit, integrativ ta’lim, doimiy ijtimoiy muloqot va munosabatlar, hamkorlikdagi ijtimoiy faoliyat, o‘z-o‘zini shaxsiy rivojlantirish va baholash) ijtimoiy va kasbiy-pedagogik mezonlarning o‘zaro bog‘liqligini ochib berish asosida aniqlashtirilganligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 314-582-raqamli nashr ruxsatnomasi bilan chop etilgan  “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishidagi talabalar uchun mo‘ljallangan “Bolalarning ijtimoiy moslashuvi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi  Toshkent  davlat  pedagogika  universitetining 2024-yil 13-avgustdagi 11-05-4164/04-son dalolatnomasi). Natijada talabalarning ijtimoiy kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan integrativ ta’limning nazariy asoslari tizimlashtirilgan;
pedagogik fanlarni integrativ o‘qitish asosida talabalarning ijtimoiy kompetentligini rivojlanishini ko‘rsatib beruvchi ijtimoiy hamkorlik, mas’uliyatlilik, muloqotchanlik, faollik, tashabbuskorlik, kreativlik mezonlarini amaliy-kasbiy faoliyat tuzilmasi bilan internal (ichki) darajalash asosida aniqlashtirishga doir tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170913120-raqamli “Oliy ta’lim tizimida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari” mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi  Toshkent  davlat  pedagogika  universitetining 2024-yil 13-avgustdagi 11-05-4164/04-son dalolatnomasi). Natijada pedagogik fanlarni integrativ o‘qitish asosida talabalarning ijtimoiy kompetentligini rivojlantirish samaradorligini baholashning diagnostik apparatini takomillashtirishga  xizmat qilgan;
ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirish metodikasi talabalarning ijtimoiy-kognitiv faoliyatini samarali tashkil etishda “Ijtimoiy pedagogika”, “Oila pedagogikasi”, “Etnopedagogika” va “Milliy tarbiya asoslari” fanlarini o‘qitishni rivojlantirishga qaratilgan «integrativ» yondashuvni intensiv qo‘llash asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 233-0343-sonli nashr ruxsatnomasi bilan chop etilgan “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishidagi talabalar uchun mo‘ljallangan “Metodika fanlarini o‘qitish texnologiyasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi  Toshkent  davlat  pedagogika  universitetining 2024-yil 13-avgustdagi 11-05-4164/04-son dalolatnomasi). Natijada talabalarning ijtimoiy kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik fanlarni integrativ o‘qitishning samaradorlik darajasini ta’minlovchi shakl, metod va vositalar takomillashtirilgan;
pedagogik fanlarni integrativ o‘qitish asosida talabalarning ijtimoiy kompetentligini rivojlantirish modeli ijtimoiy buyurtma, maqsad va vazifalarni muvofiqlashtirish orqali nazariy-metodologik komponentlar bilan mazmunli-jarayonli hamda tashkiliy-metodik bloklarni kognitiv, faoliyatga doir aksiologik usullarda integratsiyalash asosida natijaga erishining texnologik algoritmi aniqlashtirilganligiga doir tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan FZ-2020010829-raqamli  “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari” mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalar ijrosni ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi  Toshkent  davlat  pedagogika  universitetining 2024-yil 13-avgustdagi 11-05-4164/04-son dalolatnomasi). Natijada pedagogik fanlarni integrativ o‘qitish asosida talabalarning ijtimoiy kompetentligini rivojlantirishning o‘quv-metodik ta’minoti takomillashtirilgan

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish