Atamuratov Murat Utepbergenovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda rahbar va boshqaruv kadrlar tizimining modernizatsiyalashish jarayoni”, 23.00.02–Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Siyos14.

Ilmiy maslahatchi: Ergashev Ibodulla, siyosiy fanlar doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc29.08.2017.S.01.08.

Rasmiy opponentlar: Alimardonov To‘lqin Turdievich, siyosiy fanlar doktori, dotsent; Umarov Xayrulla Payzillaevich, siyosiy fanlar nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot:Samarqand davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda rahbar va boshqaruv kadrlar tizimining modernizatsiyalashish jarayonlarini siyosiy fanlar maqsad va vazifalari nuqtai nazardan yoritishdan iborat.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

rahbar va boshqaruv kadrlari tizimining samaradorligiga erishishda kadrlarning faoliyatga moslashuvchanligi, kompetentligi, boshqaruv qadriyatlariga sadoqatliligi, liderlik salohiyati, kommunikativ qobiliyatining zarurligi asoslangan;

rahbar va boshqaruv kadrlarini tayyorlash tizimini modernizatsiyalash, zamonga mos yangicha tafakkur yurita olish, hamkorlik va kommunikativlik xususiyatlarini aniqlash mezonlari asoslangan;

rahbar kadrlarni tanlashda muqobillik tamoyili, jamoatchilik fikri va avvalgi faoliyatida natijalarini mutanosib hisobga olishning samaradorligi asoslab berilgan;

rahbar va boshqaruv kadrlarini davlat hokimiyati va jamiyat boshqaruvi sohalaridagi vakolatlari kengayishining demokratik prinsiplariga muvofiqligi, xizmat vazifalarida o‘sish pog‘onalarini tizimli belgilash, faoliyat samaradorligining baholash mezonlari, tarkibiy funksional bog‘liqligiga doir amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘zbekistonda rahbar va boshqaruv kadrlar tizimining modernizatsiyalashish jarayoni bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy taklif va tadqiqot natijalari asosida:

rahbar va boshqaruv kadrlari tizimining samaradorligiga erishish mexanizmlari, mezonlari (faoliyatga moslashuvchanligi, kadrlarning kompetentligi, boshqaruv qadriyatlariga sadoqatliligi, liderlik salohiyati, kommunikativ qobiliyati) va tamoyillariga doir takliflari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish Bosh ilmiy-metodik markazi o‘quv jarayonida oliy ta’lim muassasalari rahbar kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 8 sentyabrdagi 89-03-3221-son ma’lumotnomasi). Natijada malaka oshirish kurslarida o‘qigan OTM muassasalari rahbar va zaxira kadrlarida zamonga mos yangicha tafakkur yurita olish, hamkorlik hamda kommunikativlik ko‘nikmalari shakllantirilgan;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasida tadqiqot ishi mamlaktimizda ijtimoiy-siyosiy institutlarning modernizatsiyalashish jarayonida rahbar va boshqaruv kadrlar tizimining shakllanish bosqichlariga doir xulosalar o‘tilayotgan o‘quv kurslari dasturlarida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasining 2017 yil 27 dekabrdagi 2142-son ma’lumotnomasi). Natijada Akademiyaning boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish (magistratura, to‘rt oylik va qisqa muddatli) kurslarga tinglovchilikka nomzodlarning qobiliyatini baholash uslublarini ishlab chiqishga tatbiq etilgan;

rahbar va boshqaruv kadrlarini tayyorlash, tanlash va joy-joyiga qo‘yish tizimini modernizatsiyalash, zamonga mos yangicha tafakkur yurita olish, hamkorlik va kommunikativlik xususiyatlarini aniqlashda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha takliflari Toshkent shahar Yoshlik shaharchasi hokimiyati faoliyatida Harakatlar strategiyasining maqsadlariga erishishda foydalanilgan (Yoshlik shaharchasi hokimiyati ijroiya mahkamasining 2017 yil 20 dekabr` 01/305-son ma’lumotnomasi). Natijada rahbar va boshqaruv kadrlar zaxirasini shakllantirishda, baholashda hamda “O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy islohotlar konsepsiyasi”da belgilangan vazifalar bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishga, NNTlar bilan samarali hamkorlikni ta’minlashga qaratilgan faoliyatni tashkil etishga erishilgan;

rahbar va boshqaruv kadrlar zaxirasini shakllantirish, tanlash va joy-joyiga qo‘yish, baholash (attestatsiya) tizimini takomillashtirish, boshqaruv mahoratini shakllantirish bilan bog‘liq g‘oyalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumani hokimiyatida amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumani hokimiyatining 2018 yil 6 yanvardagi 7-01-son ma’lumotnomasi). Natijada kadrlar zaxirasini shakllantirish, tanlash va joy-joyiga qo‘yish, baholash va kompetentli kadrlarni boshqaruv lavozimlarga jalb etishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish