Esanov Nazar Amanturdievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Termiz shahrini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish masalalari», 11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geoGrafiya (geoGrafiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Gr200.
Ilmiy rahbar: Abdunazarov Xusan Menglievich, geoGrafiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Komilova Nilufar Karshibaevna, geoGrafiya fanlari doktori, professor; Mavlonov Ahmadjon Muhamadovich, geoGrafiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Termiz shahrini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish masalalarini tahlil qilish asosida muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish, shaharni rivojlantirishning istiqbolli yo’nalishlari bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Termiz shahri iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishining bugungi kundagi holati tahlil qilinishi asosida shaharning zamonaviy rivojlanishini belgilab beruvchi iqtisodiy-geoGrafik omillar (shaharning iqtisodiy-geoGrafik o’rni, aholisi va uning tarkibi, transport salohiyati, ishlab chiqarish va aholiga xizmat ko’rsatish infratuzilmasi, turizm salohiyati) asoslangan;
Termiz shahri iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi kompleks-hududiy o’rganilib, kichik hududlar-mahallalar kesimida tahlil qilingan, iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish ko’rsatkichlari va taraqqiyot drayveri bo’yicha shahar mahallalari guruhlarga ajratilgan;
shaharning geodemoGrafik holati ma’lumotlar bazasi va GAT texnologiyalari asosida yirik masshtabli, turli mavzudagi 8 ta xarita (Termiz shahar aholi zichligi xaritasi, Termiz shahar mahalalarining taraqqiyot drayveri va o’sish nuqtalari xaritasi, Termiz shahar er maydonlaridan foydalanish xaritasi, Termiz shahar umum ta’lim va oliy ta’lim muassasalari xaritasi, Termiz shahar sog‘liqni saqlash xaritasi, Termiz shahar turistik xaritasi, Termiz shahar hududiy rivojlanishi xaritasi, Termiz shahar atmosfera havosining monitoringi xaritasi) tarkibidan joy olgan “Termiz shahri atlasi” ilk bora yaratilgan;
Termiz shahrining chegaralik va arid hududda joylashganligidan kelib chiqqan holda barqaror iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishning strategik yo’nalishlari (aholini ish bilan ta’minlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sektorini rivojlantirishda davom etish, ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishda chet el investisiyasiga keng yo’l ochib berishda shaharning chegaralik imkoniyatidan foydalanish, transport tarmog‘ini va ekologik vaziyatni yaxshilash va shu kabilar) belgilangan hamda ularga oid ilmiy-tashkliy, iqtisodiy-ijtimoiy chora tadbirlar Termiz shahrining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Termiz shahrini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish bo’yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Termiz shahri iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishining bugungi kundagi holati tahlil qilinishi asosida shaharning zamonaviy rivojlanishini belgilab beruvchi iqtisodiy-geoGrafik omillarni (shaharning iqtisodiy-geoGrafik o’rni, aholisi va uning tarkibi, transport salohiyati, ishlab chiqarish va aholiga xizmat ko’rsatish infratuzilmasi) aniqlash metodikasi “Surxondaryo viloyati geoGrafiyasi (iqtisodiy va ijtimoiy geoGrafiya 2-qism)” nomli o’quv qo’llanmasining mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2024 yil 13 martdagi 02/01-01-26-sonli ma’lumotnomasi; guvohnoma, №509-PO‘-022). Natijada, talabalarning Surxondaryo viloyati geoGrafiyasi xususan, Termiz shahri iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish haqidagi kompetensiyasini takomillashtirish imkonini bergan;
Termiz shahri iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi kompleks-hududiy o’rganilib, kichik hududlar-mahallalar kesimida tahlil qilingan, iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish ko’rsatkichlari va taraqqiyot drayveri bo’yicha shahar mahallalarini guruhlarga ajratish metodikasi “Surxondaryo viloyati geoGrafiyasi (iqtisodiy va ijtimoiy geoGrafiya 2-qism)” nomli o’quv qo’llanmasining mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2024 yil 13 martdagi 02/01-01-26-sonli ma’lumotnomasi; guvohnoma, №509-PO‘-022). Natijada, talabalarning Termiz shahrini kichik hududlar-mahallalar darajasida o’rganish kompetensiyasini takomillashtirish imkonini bergan;
tarkibiga “Termiz shahar aholi zichligi”, “Termiz shahar mahalalarining taraqqiyot drayveri va o’sish nuqtalari”, “Termiz shahar er maydonlaridan foydalanish”, “Termiz shahar umum ta’lim va oliy ta’lim muassasalari”, “Termiz shahar sog‘liqni saqlash”, “Termiz shahar turistik xaritasi”, “Termiz shahar hududiy rivojlanishi”, “Termiz shahar atmosfera havosining monitoringi” xaritalari kiritilgan “Termiz shahri atlasi” ilk bor yaratilgan va “Termiz shahri atlasi” Iqdisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan foydalanish uchun qabul qilingan (Iqdisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2024 yil 26 iyuldagi 03/08-7181-sonli ma’lumotnoma). Natijada, Termiz shahar mahallalar joylashishi, shahar aholisi zichligi, shahar mahalalarining taraqqiyot drayveri va o’sish nuqtalari, shahar er maydonlaridan foydalanish holati, shahar umum ta’lim, oliy ta’lim, sog‘liqni saqlash muassasalari joylashuvi, shaharning diqqatga sazovor turistik obektlari va shaharining kelgusida hududiy rivojlanish yo’nalishlari, shuningdek, shahar atmosfera havosining monitoringi xususiyatlarini geoGrafik xaritalar yordamida o’rganish imkonini bergan;
Termiz shahrining chegaralik va arid hududda joylashganligidan kelib chiqqan holda barqaror iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishning strategik yo’nalishlarini (aholini ish bilan ta’minlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sektorini rivojlantirishda davom etish, ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishda chet el investisiyasiga keng yo’l ochib berishda shaharning chegaralik imkoniyatidan foydalanish, transport tarmog‘ini va ekologik vaziyatni yaxshilash va shu kabilar) aniqlash hamda ularga oid ilmiy-tashkiliy, iqtisodiy-ijtimoiy chora-tadbirlar haqidagi takliflari “Surxondaryo viloyati geoGrafiyasi (iqtisodiy va ijtimoiy geoGrafiya 2-qism)” nomli o’quv qo’llanmasining mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2024 yil 13 martdagi 02/01-01-26-sonli ma’lumotnomasi; guvohnoma, №509-PO‘-022). Natijada talabalarning Termiz shahrini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishning strategik yo’nalishlari haqidagi kompetensiyasini takomillashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish