Hamraev Komiljon O‘lmasovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Hozirgi o‘zbek hikoyasida kompozisiya poetikasi», 10.00.07–Adabiyot nazariyasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Fil282.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Ilmiy rahbar: Karimov Bahodir Nurmetovich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti, DSc.27.06.2017.Fil.46.
Rasmiy opponentlar: Normatov Umarali, filologiya fanlari doktori, professor; Meliev Suvon, filologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:badiiy kompozisiyaning tarixiy va nazariy xususiyatlarini belgilash, badiiy obraz, detal` va peyzaj kabilarni hamda poetik tasvir sathidagi vazifalarini aniqlash, sarlavha, ilk va so‘nggi jumlani hikoya kompozisiyasining tarkibiy qismi sifatida o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
badiiy kompozisiya poetikasi ilk bor hozirgi o‘zbek hikoyalari misolida tadqiq qilingan va kompozisiya poetikasiga doir ilmiy-nazariy xulosalar umumlashtirilgan;
hozirgi o‘zbek hikoyalarining badiiy jihatdan yuksak namunalari semantik-struktur tahlili asosida badiiy kompozisiya tiplari, ularning nazariy xususiyatlari belgilangan;
hikoya kompozisiyasida epik tasvir, poetik obraz, peyzaj va badiiy detalning bajaradigan funksional xossalari tizimli yoritilgan;
hozirgi o‘zbek hikoyachiligida sarlavha, ilk va so‘nggi jumlaning kompozisiya poetikasini tashkil etishdagi o‘rni hamda vazifasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Zamonaviy o‘zbek hikoyachiligida kompozisiya poetikasi mavzusidagi tadqiqotlar asosida olingan natijalar quyidagi ishlarda joriy etilgan:
hozirgi o‘zbek hikoyalarida kompozisiya poetikasiga oid tahlil natijalari O‘zR Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori institutida 2012–2016 yillarda olib borilgan FA – F1-G040 raqamli “O‘zbek adabiyoti qiyosiy adabiyotshunoslik aspektida: tipologiya va adabiy ta’sir” fundamental ilmiy tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Fanlar akademiyasining 2018 yil 13 iyuldagi 3/1255-1733-son ma’lumotnomasi). Natijada hozirgi o‘zbek hikoyalarininig kompozision yangilanishlari, sarlavha, ilk va so‘nggi jumlaning kompozisiya poetikasini tashkil etishdagi o‘rni hamda vazifasi haqida nazariy xulosalar chiqarilgan;
zamonaviy o‘zbek hikoyalarining kompozision xususiyatlarini O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Tanqid va adabiyotshunoslik kengashi faoliyatida yoritishda foydalanilgan (Yozuvchilar uyushmasining 2018 yil 16 iyuldagi 01-03/932-son ma’lumotnomasi). Natijada hozirgi o‘zbek hikoyalarining semantik-struktur xususiyatlari, kompozision tiplar, ularning nazariy jihatlariga doir umumlashma xulosalarga kelingan;
hozirgi o‘zbek hikoyalarining kompozision xususiyatlariga oid ilmiy-nazariy xulosalardan “O‘zbekiston” radiosining“ Adabiy jarayon” va “Bedorlik” kabi adabiy-badiiy, ma’naviy-ma’rifiy eshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston” radiosining 2018 yil 13 iyuldagi 05/R-1-133-son ma’lumotnomasi). Natijada hozirgi o‘zbek hikoyachiligida epik tasvir poetik obraz, peyzaj va badiiy detal` muammolari oydinlashtirilgan.