Abdurasulov Shavkat Abdurasul o‘g‘lining
fan doktori (DSc)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tabiiy va kultural shtammlarning morfo-biologik xususiyatlari”, 03.00.06 –Zoologiya (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/V27
Ilmiy rahbar: Yunusov Xudaynazar Beknazarovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, DSc.06/30.12.2019.V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Rasulov O‘tkir Ilashovich, veterinariya fanlari doktori, dotsent; Shabunin Sergey Viktorovich, veterinariya fanlari doktori, professor, akademik, Jumanov Muratbay Arepbaevich biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi L.M.Isaev nomidagi mikrobiologiya, virusologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qoramollarda piroplazmidozlar qo‘zg‘atuvchilarining tarqalishi va biotoplarini aniqlash hamda qoramol piroplazmidozlariga qarshi vaksinani yaratish biotexnologiyasi va usullarining nazariy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Respublikamizning 5 ta (Janubiy, Shimoliy, Sharqiy, G‘arbiy va Markaziy) hududi bo‘yicha qoramollar piroplazmidoz qo‘zg‘atuvchilarini iqlimiy, hayvonlar migratsiyasi va saqlash sharoitlariga bog‘liq holda tarqalish dinamikasi baholangan;
qoramollar qon parazitar kasalliklariga qarshi antiteylerioz vaksinasining virulentligi 73-81 passajlarda pasayib, 117-passajda umuman bo‘lmasligi aniqlangan;
Babesia bigemina izolyati in vivo sharoitida beshta passajdan so‘ng zaiflashib borishi tadqiqotlarda aniqlangan;
teyleriya shizontlarini o‘stirishda RPMI1640 oziqa muhiti eng qulay variant ekanligi ochib berilgan;
Theileria annulatani chuqur muzlatishda gliserin va DMSO krioprotektorlarining samaradorligi eng yuqori ekanligi ilmiy isbotlangan;
qoramollarning teyleriozini oldini olish uchun kultural vaksina va uni olish usuli (№ IAP (№ IAP 05768 Toshkent 15.02.2019y.) ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tabiiy va kultural shtammlarning morfo-biologik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy-tadqiqotlar ilmiy natijalari asosida:
“Qoramollarning teyleriozini oldini olish uchun kultural vaksina va uni olish usuli” ishlab chiqilib, veterinariya amaliyotiga joriy etilgan (№ IAP 05768 Toshkent 15.02.2019y.) (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 14 avgustdagi №02/23-452-son ma’lumotnomasi). Natijada teyleriozdan kelib chiqadigan iqtisodiy zararning 95-99% gacha oldini olishga erishilgan;
“Qoramollarda piroplazmoz kasalligiga qarshi kurashish bo‘yicha uslubiy tavsiyanoma” tasdiqlangan va Toshkent, Jizzax va Qashqadaryo viloyatining qoramolchilik fermer xo‘jaliklariga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 14 avgustdagi №02/23-452-son ma’lumotnomasi). Natijada qoramollarda piroplazmidozlarni oldini olish orqali chorvachilik xo‘jaliklarini ushbu kasalliklardan 80-90% gacha sog‘lomlashtirish imkoniyati yaratilgan;
“Qoramollarning piroplazmidozlariga qarshi kurashish bo‘yicha yo‘riqnoma” ishlab chiqilgan va veterinariya amaliyotiga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 14 avgustdagi №02/23-452-son ma’lumotnomasi). Ushbu qo‘llanma qoramollarda qon parazitar kasalliklarining oldini olish chora-tadbirlarini belgilashda asos bo‘lib xizmat qilgan;
Qoramollarda TAU-219 antiteylerioz vaksinaning tajriba varianti ishlab chiqilgan (qayd. Guvohnoma №001410 03.08.2009.) va qoramolchilik xo‘jaliklariga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 14 avgustdagi №02/23-452-son ma’lumotnomasi). Qoramollar piroplazmidozlarini oldini olish uchun TAU-219 antiteylerioz vaksinaning tajriba variantini qo‘llashning samarasi yuqori bo‘lib, sarflangan 1 so‘m xarajatlar hisobiga 6,5 so‘m foyda olishga erishilgan.