Xolmonova Sadoqat Abdubannoevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek tili retronimlarining lingvostilistik xususiyatlari”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2419.
Ilmiy rahbar: Yuldashev Ma’rufjon Muhammadjonovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/25.08.2021.Fil.01.16.
Rasmiy opponentlar: Abdurahmonova Nilufar Zaynobiddin qizi, filologiya fanlari doktori, professor; Saparniyazova Muyassar, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilidagi, xususan, publisistik, ilmiy hamda badiiy uslubdagi retronimlarni aniqlash va ularning lingvostilistik hamda lingvopoetik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tilida faol qo‘llaniladigan retronimlar aniqlanib, ularning yondosh hodisalardan: metonimiya, perefraza, evfemizm va tabulardan leksik va stilistik farqi ko‘rsatib berilgan hamda retronimik munosabat qatorini tashkil qiluvchi protonim, neonim birliklar tizimi ((protonim) nashr – (neonim) elektron nashr – (retronim) bosma nashr) asoslangan;
retronimlarning morfologik tuzilishi va struktur-semantik xususiyatlariga ko‘ra ot+ot retronimlar, sifat+ot retronimlar, ot+son retronimlar kabi o‘ziga xos jihatlari ochib berilib, leksik tomondan retronimlarning hosil bo‘lishida ishtirok etadigan birliklar ma’nosiga ko‘ra izohlangan hamda retronimlarning arxaik so‘zlardan farqi izohlanib, antonim so‘zlarning bu jarayondagi ishtiroki ochib berilgan;
retronimlarning lug‘atlarda berilish tarzi baholanib, ularning leksikografik xususiyatlari izohlangan hamda tanlangan lug‘atlarda protonim tarkibida, retronim shaklida, retronimning aniqlovchisi bo‘lgan so‘z tarkibida tarzida uchratish mumkinligi aniqlangan;
retronimlarning ilmiy va publisistik uslubdagi qo‘llanish imkoniyatlari ochib berilib, ularning dastlab publisistik uslubda paydo bo‘lib, keyin tilshunoslik atamasi sifatida baholangani, ilmiy uslubning, ayniqsa, axborot-texnologiyalari hamda texnika sohalarining retronimlarning paydo bo‘lishidagi faol ishtiroki dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilidagi retronimlarning lingvostilistik xususiyatlari tadqiqi yuzasidan olingan natijalar asosida:
o‘zbek tilidagi retronimlarning til tizimida tutgan o‘rni, ularni tadqiq etish natijasida chiqarilgan xulosalar turli stildagi manbalarning, xususan, ilmiy, badiiy va publisistik matnlarning lingvokulturologik, kognitiv hamda sotsiolingvistik xususiyatlarini ochib berishga xizmat qilishi, turli stillardagi matnlarda nutqning o‘ziga xosligini ko‘rsatishda retronimlarning ahamiyatining belgilanishi, retronimlarning badiiy matnda voqelikni aniq, tugal ifodalash, emotsional-ekspressiv ta’sirchanlikni kuchaytirish hamda poetik aktuallashuvni ta’minlashdagi roli bilan bog‘liq ilmiy yangiliklardan O‘zFA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2020–2023-yillarda amalga oshirilgan FA-F1-G003 – “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti 2023-yil 27-dekabrdagi 519/1-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyihada nazarda tutilgan vazifalarni yoritishda tadqiqot ishi zarur material vazifasini o‘tagan;
tildagi birliklarni, xususan, retronimlarni organishda turli uslubdagi manbalarga murojaat qilish orqali ularning tildagi yashash shaklini tadqiq qilish mumkinligidan kelib chiqib, badiiy va ilmiy matnlardagi retronimlarni aniqlash orqali ularning ishlatilish imkoniyati, darajasi va nutqdagi ahamiyatini o‘rganish, retronimlarning turli stillardagi manbalarning lingvokulturologik, kognitiv hamda sotsiolingvistik xususiyatini ochib berish tadqiqidan olingan natijalardan O‘zFA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2020–2023-yillarda amalga oshirilgan FA-A1-G007–“Qoraqalpoq naql va maqollari lingvistik tadqiqot obekti sifatida” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihani bajarishda foydanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti 2023-yil 27-dekabrdagi 522/1-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek badiiy asarlari tilidagi retronimlarning milliy-ma’naviy, ijtimoiy-tarixiy ildizlari tilning milliy tabiati bilan uzviy aloqada ekanligi haqidagi ilmiy qarashlar to‘ldirilib, qayta nomlashning badiiyatda tutgan o‘rni masalasi yangi fikrlar bilan boyitilgan;
badiiy matnda retronimlarning sotsiolingvistik va lingvokulturologik belgilar asosida aks ettirilishi aniqlanib, bu lisoniy jarayonlarda voqelikni anglash, milliy ong va tafakkurni rivojlantirish, muallif maqsadini ochib berishdagi ahamiyatini aniqlash haqidagi xulosalardan O‘zbekiston teleradiokompaniyasining “Madaniyat va ma’rifat” telekanali tomonidan suratga olingan “Birgalikda o‘qiymiz” ko‘rsatuvining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanali 2024-yil 21-maydagi 01-16/107-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvning ssenariysi mazmunan boyitilgan, ilmiy asoslanganligi hamda ommabopligi ta’minlangan.