Axmadaliev Rustamjon Umaralievichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Shisha ishlab chiqarishdagi mavjud gigienik muammolarni bartaraf etish tizimini takomillashtirish», 14.00.07–Gigiena (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib269.

Ilmiy rahbar: Baxridinov Shaxob Samarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06. 2017.Tib.30.03.

Rasmiy opponentlar: Xudoyberganov Anatoliy Sagatbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; To‘xtarov Baxrom Eshnazarovich, tibbiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: shisha mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarining atrof-muhitni himoya qilishga va ishlab chiqarish sharoitlarini sog‘lomlashtirishga qaratilgan gigienik tavsiyalarni takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

shisha mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxona atrofidagi aholining yashash sharoiti va atrof-muhit ishlab chiqarish omillari orasidagi bog‘liqlik asoslangan;

shisha ishlab chiqarish korxonalarida ishlovchilarning ish sharoitini optimallashtirishda doimiy monitoringini olib borishni tashkil etish bo‘yicha sanitar-gigienik tadbirlar tizimi ishlab chiqilgan;

ishlab chiqarishdagi ishchilar ish sharoitlarining hududiy xususiyatlari va gigienik tavsifi va iqlim, yosh va jinsga nisbatan korxona ishchilari ovqatlanish tartibi asoslangan;

ishlovchilarning ish sharoitini gigienik talablarga moslashish borasida profilaktik kuzatuvni tashkil etish bo‘yicha sanitar-gigienik tadbirlar tizimi takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Shisha ishlab chiqarishdagi mavjud gigienik muammolarni bartaraf etish tizimini takomillashtirishni ilmiy asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«Shisha ishlab chiqarish korxonalari mehnat sharoitlarni optimllashtirish bo‘yicha gigienik chora-tadbirlar» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 23 maydagi 8n-d/119-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma mehnat sharoiti omillarini identifikatsiyalash tartibi va o‘tkazish usulini, sinov laboratoriyasiga talablarni hamda identifikatsiyani amalga oshiruvchi mutaxassislarga qo‘yiladigan talablarni kamaytirish imkonini bergan;

«Shisha ishlab chiqarishdagi mavjud gigienik muammolarni bartaraf etish tizimini takomillashtirish» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 23 maydagi 8n-d/119-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma  shisha ishlab chiqarish  korxonalardagi mavjud gigienik muammolarni bartaraf etish tizimini takomillashtirish imkonini bergan;

Shisha ishlab chiqarishdagi mavjud gigienik muammolarni bartaraf etish tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi, Farg‘ona viloyati va Farg‘ona shahri Davlat saniatriya nazorat markazlari hamda OAO Kvars shisha karxonasi  ishlab chiqarish amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 27 iyundagi 8n-z/141-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga tatbiq etilishi mehnat sharoiti xavfsizligining gigienik talablari bo‘yicha me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish, laborator o‘lchovlar o‘tkazish ustidan nazoratni yaxshilash, kasb kasalligi va ishlab chiqarishga bog‘liq kasalliklar rivojlanish xavfini pasaytirish, mehnat gigienasi masalalari bo‘yicha gigienik bilimlar darajasini oshirish uchun imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish