Xudayberganova Noila Xamitovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bolalardagi surunkali gatroduodenitda xelikobakteriozning me’dadan tashqari ko‘rinishining shakllanishi xususiyatlari” 14.00.09 - Pediatriya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib897.
Ilmiy rahbar: Axmedova Inobat Muxamedjanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12 2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Shamansurova Elmira Amanullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xojimetov Abdugafur Axatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi: bolalardagi surunkali gatroduodenitda xelikobakteriozning me’dadan tashqari ko‘rinishining shakllanishi xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalardagi surunkali gastroduodenitda xelikobakteriozni me’dadan tashqari ko‘rinishining shakllanishi, shifoxona sharoitida davolangan bolalarning 15,7%da og‘ir, 34,2%da o‘rta og‘ir, 26,2% engil kechishi, me’da-ichak tizimidan tashqari (kamqonlik, oziq-ovqat allergiyasi, oqsil energetik etishmovchiligi - 50% bemorlarda) va me’da-ichak tizimi ichidagi (gastroezofagial reflyuks, me’da yarasi, o‘t qopi kasalligi - 44% bemorlarda) kasalliklar bilan bog‘liqligi kuzatilgan, yondosh (56,5%) kasalliklarning aniqlanishi, hamda 43,4% bemorlarda me’da-ichak tizimining zararlanishi bilan isbotlangan;
komorbidlik indeksining yuqori (KI>4) darajada baholanishi bolalardagi xelikobakterioz bilan assotsirlangan surunkali gastroduodenitning kechishini og‘irlashtiruvchi ko‘plab komorbidlik holatlarining aniqlanishi, kasalxonaga yotqizilgandan keyin 1 yil davomida kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni bashorat qiluvchi (me’da yarasidan qon ketish, o‘t tosh kasalligi, atopik dermatit) kasalliklarning oldini olishda prognostik ahamiyatga egaligi isbotlangan;
bolalardagi surunkali gastroduodenitning xelikobakterioz bilan bog‘lik xolda kechishida qondagi gemoglabinning (1,3 barobar), eritrotsitlar tarkibidagi gemoglobinning o‘rtacha miqdori (1,8 barobar), ferritin (2,3 barobar) miqdorlarining pasayishi va transferrin, IgEning (1,3 barobar), ingichka ichak shilliq-epitelial to‘siq o‘tkazuvchanligining optik zichligining (1,3 barobar) ortishida gematologik ko‘rsatkichlar disbalansiga olib keluvchi Helicobacter pylorining qondagi temir almashinuviga ta’sir etishi va qon zardobidagi transferrin bilan yuqori korrelyasion bog‘liqlik (r=0,855, R<0,001) mavjudligi xisobiga, bolalarda kasallikdan tuzalish davrida ham me’da-ichak zararlanishining saqlanib qolishi isbotlangan;
xelikobakterioz bilan zararlangan bolalarning tiklanish davrida olib borish uchun “Bemorlarni nazorat qilish mezoni” va “Helicobacter pylori infeksiyasini erta tashxislash algoritmi” ni qo‘llash xelikobakteriozning me’dadan tashqari ko‘rinishlarida, asoratlar rivojlanishining oldini olish hamda bemorlarni statsionar yoki ambulator tizimda davolashni prognozlash samaradorligini 15,8% oshirishi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda surunkali gastroduodenitda xelikobakteriozning me’dadan tashqari ko‘rinishining shakllanishi xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: bolalardagi surunkali gastroduodenitda xelikobakteriozni me’dadan tashqari ko‘rinishining shakllanishi, shifoxona sharoitida davolangan bolalarning 15,7%da og‘ir, 34,2%da o‘rta og‘ir, 26,2% engil kechishi, me’da-ichak tizimidan tashqari (kamqonlik, oziq-ovqat allergiyasi, oqsil energetik etishmovchiligi - 50% bemorlarda) va me’da-ichak tizimi ichidagi (gastroezofagial reflyuks, me’da yarasi, o‘t qopi kasalligi - 44% bemorlarda) kasalliklar bilan bog‘liqligi kuzatilgan, yondosh (56,5%) kasalliklarning aniqlanishi, hamda 43,4% bemorlarda me’da-ichak tizimining zararlanishi bilan isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2021 yil 24 fevrada №-8 bilan tasdiqlangan “Surunkali gastroduodenit bilan kasallangan bolalarda Helicobacter pylori ning me’dadan tashqari ta’sirlarini davolash - tashxislash algoritmi”, “Surunkali gastroduodenit bilan kasallangan bolalarda Helicobacter pylori me’dadan tashqari ko‘rinishlari kechishining klinik tavsifi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Namangan viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2023 yil 9 oktyabrda №-01/644, №-01/645 sonli buyrug‘i hamda Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 2023 yil 21 oktyabrda №-119, №-120 sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi № 05/96-son xulosasi). Ilmiy yangiligining ijtimoiy samaradorligi: bolalardagi surunkali gastroduodenitda xelikobakteriozning me’dadan tashqari ko‘rinishlari shakllanishi klinik xususiyatlarini erta tashxislash, muhim xavf omillarini aniqlash natijada kasallikning noxush oqibatlarini oldini olish imkonini beradi. Ilmiy yangiligining iqtisodiy samaradorligi: bolalardagi surunkali gastroduodenitda xelikobakteriozning me’dadan tashqari ko‘rinishi shakllanishining klinik namoyon bo‘lishini aniqlashda shifoxonaga yotqizishdan voz kechish va xar bir bemorning 10 kunlik shifoxonaga yotqizilishi uchun o‘rtacha 392528 so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini berdi, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 76 bemor uchun esa 29832128 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: bolalardagi surunkali gastroduodenitda xelikobakteriozning me’dadan tashqari ko‘rinishlarini erta aniqlashda biokimyo taxlillariga sarflanayotgan xarajatlarning kamayganligi, shuningdek, 1 nafar bolaga 10 kunlik shifoxonada davolanish vakti uchun 392528 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: komorbidlik indeksining yuqori (KI>4) darajada baholanishi bolalardagi xelikobakterioz bilan assotsirlangan surunkali gastroduodenitning kechishini og‘irlashtiruvchi ko‘plab komorbidlik holatlarining aniqlanishi, kasalxonaga yotqizilgandan keyin 1 yil davomida kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni bashorat qiluvchi (me’da yarasidan qon ketish, o‘t tosh kasalligi, atopik dermatit) kasalliklarning oldini olishda prognostik ahamiyatga egaligi isbotlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2021 yil 24 fevrada №-8 bilan tasdiqlangan “Surunkali gastroduodenit bilan kasallangan bolalarda Helicobacter pylori ning me’dadan tashqari ta’sirlarini davolash - tashxislash algoritmi”, “Surunkali gastroduodenit bilan kasallangan bolalarda Helicobacter pylori me’dadan tashqari ko‘rinishlari kechishining klinik tavsifi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Namangan viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2023 yil 9 oktyabrda №-01/644, №-01/645 sonli buyrug‘i hamda Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 2023 yil 21 oktyabrda №-119, №-120 sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi № 05/96-son xulosasi). Ilmiy yangiligining ijtimoiy samaradorligi: bolalardagi surunkali gastroduodenitda xelikobakteriozning me’dadan tashqari ko‘rinishlarini aniqlashda komorbidlik indeksini baholash natijasida kasallikning og‘ir kechishi, noxush oqibatlarini oldini olishning samaradorligi xisobiga bemor xarajatlarini kamaytirishga imkon beradi. Ilmiy yangiligining iqtisodiy samaradorligi: bolalardagi xelikobakteriozning me’dadan tashqari ko‘rinishini baxolashda komorbidlik indeksini qo‘llash natijasida surunkali gastroduodenitning og‘ir kechishini, yondosh kasalliklar xamda asoratlar epizodlarini kamayishiga erishish, shifoxonaga yotqizishdan voz kechish va xar bir bemorning 10 kunlik shifoxonaga yotqizilishi uchun o‘rtacha 392528 so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini berdi, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 76 bemor uchun esa 29832128 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: bolalardagi surunkali gastroduodenitda xelikobakteriozning me’dadan tashqari ko‘rinishlarini aniqlashda komorbidlik indeksini baholash yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yondosh kasalliklarni va asoratlarni oldi olingan, shuningdek, 1 nafar bolaga 10 kunlik shifoxonada davolanish vakti uchun 392528 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik bolalardagi surunkali gastroduodenitning xelikobakterioz bilan bog‘lik xolda kechishida qondagi gemoglabinning (1,3 barobar), eritrotsitlar tarkibidagi gemoglobinning o‘rtacha miqdori (1,8 barobar), ferritin (2,3 barobar) miqdorlarining pasayishi va transferrin, IgEning (1,3 barobar), ingichka ichak shilliq-epitelial to‘siq o‘tkazuvchanligining optik zichligining (1,3 barobar) ortishida gematologik ko‘rsatkichlar disbalansiga olib keluvchi Helicobacter pylorining qondagi temir almashinuviga ta’sir etishi va qon zardobidagi transferrin bilan yuqori korrelyasion bog‘liqlik (r=0,855, R<0,001) mavjudligi xisobiga, bolalarda kasallikdan tuzalish davrida ham me’da-ichak zararlanishining saqlanib qolishi isbotlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2021 yil 24 fevrada №-8 bilan tasdiqlangan “Surunkali gastroduodenit bilan kasallangan bolalarda Helicobacter pylori ning me’dadan tashqari ta’sirlarini davolash - tashxislash algoritmi”, “Surunkali gastroduodenit bilan kasallangan bolalarda Helicobacter pylori me’dadan tashqari ko‘rinishlari kechishining klinik tavsifi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Namangan viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2023 yil 9 oktyabrda №-01/644, №-01/645 sonli buyrug‘i hamda Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 2023 yil 21 oktyabrda №-119, №-120 sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi № 05/96-son xulosasi). Ilmiy yangiligining ijtimoiy samaradorligi: bolalardagi surunkali gastroduodenit xelikobakterioz bilan assotsirlangan xolatida gematologik ko‘rsatkichlarning disbalansi, IgE darajasi va ingichka ichakdagi shilliq-epitelial to‘sig‘ining o‘tkazuvchanligi oshganligi o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik isbotlanganligi, komorbid kasalliklarni yuzaga kelishini oldini olishga va bemor xarajatlarini kamaytirishni imkonini beradi. Ilmiy yangiligining iqtisodiy samaradorligi: bolalardagi surunkali gastroduodenit xelikobakterioz bilan assotsirlangan xolatida gematologik ko‘rsatkichlarning disbalansi, IgE darajasi va ingichka ichakdagi shilliq-epitelial to‘sig‘ining o‘tkazuvchanligini aniqlash orqali komorbid kasalliklarining epizodlarini uchrashini kamayishiga erishishda shifoxonaga yotqizishdan voz kechish va xar bir bemorning 10 kunlik shifoxonaga yotqizilishi uchun o‘rtacha 392528 so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini berdi, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 27 bemor uchun esa 10598256 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: bolalardagi surunkali gastroduodenitda xelikobakteriozning me’dadan tashqari ko‘rinishlarini aniqlashda gematologik ko‘rsatkichlarning disbalansi, IgE darajasi va ingichka ichakdagi shilliq-epitelial to‘sig‘ining o‘tkazuvchanligini baxolash komorbid kasalliklarni rivojlanish xavfi mavjudligi aniqlangan, shuningdek, 1 nafar bolaga 10 kunlik shifoxonada davolanish vaqti uchun 392528 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: xelikobakterioz bilan zararlangan bolalarning tiklanish davrida olib borish uchun “Bemorlarni nazorat qilish mezoni” va “Helicobacter pylori infeksiyasini erta tashxislash algoritmi” ni qo‘llash xelikobakteriozning me’dadan tashqari ko‘rinishlarida, asoratlar rivojlanishining oldini olish hamda bemorlarni statsionar yoki ambulator tizimda davolashni prognozlash samaradorligini (15,8%) oshirishi isbotlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2021 yil 24 fevrada №-8 bilan tasdiqlangan “Surunkali gastroduodenit bilan kasallangan bolalarda Helicobacter pylori ning me’dadan tashqari ta’sirlarini davolash - tashxislash algoritmi”, “Surunkali gastroduodenit bilan kasallangan bolalarda Helicobacter pylori me’dadan tashqari ko‘rinishlari kechishining klinik tavsifi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Namangan viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2023 yil 9 oktyabrda №-01/644, №-01/645 sonli buyrug‘i hamda Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 2023 yil 21 oktyabrda №-119, №-120 sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi № 05/96-son xulosasi). Ilmiy yangiligining ijtimoiy samaradorligi: bolalardagi surunkali gastroduodenitda xelikobakteriozning me’dadan tashqari ko‘rinishlarni erta tashxislash algoritmini qo‘llash ushbu patologiyada komorbid holatlarning kamayishiga va asosiy kasallikning noxush oqibatlarini oldini olish imkonini beradi. Ilmiy yangiligining iqtisodiy samaradorligi: bolalarning shifoxonaga yotqizishdan voz kechish va xar bir bemorning 10 kunlik shifoxonaga yotqizilishi uchun o‘rtacha 392528 so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini berdi, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 76 nafar bemor uchun esa 29832128 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: bolalardagi surunkali gastroduodenitda xelikobakteriozning me’dadan tashqari ko‘rinishlarini erta tashxislash uchun taklif etilgan algoritm, kasallikni erta aniqlash va oqibatlarini bashorat qilish sifatini yaxshilagan, shuningdek, 1 nafar bemorning 10 kunlik shifoxonada davolanish vaqti uchun 392528 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish