Djamalxodjaeva Gulxumor Taxirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Muhammad Yusuf dostonlarining lingvopoetik tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fil2331.
Ilmiy rahbar: Yuldashev Ma’rufjon Muhammadjonovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.  
Rasmiy opponentlar: Sobirov Abdulhay Shukurovich, filologiya fanlari doktori, professor; Hakimova Muhayyo Karimovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Muhammad Yusuf dostonlaridagi til birliklarini lingvopoetik tamoyillar asosida aniqlash hamda ularning poetik aktuallashuvini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Muhammad Yusuf dostonlaridagi alohida ahamiyatga ega bo‘lgan, muallifning badiiy niyati va matn butunligiga xizmat qilgan paremiologik birliklar lingvopoetik aspektda dalillangan;
shoir dostonlaridagi metafora, metonimiya, kinoya hamda perifrazalarning qo‘llanishi natijasida matnda namoyon bo‘lgan poetik aktuallashuv jarayonlari aniqlangan;
Muhammad Yusuf dostonlaridagi agnonimik birliklar davrning ijtimoiy-siyosiy voqeligi asosida yoritilgan hamda parallelizm, ritorik so‘roq gap, inversiya, gradatsiya, oksyumoron, antiteza va o‘xshatish kabi sintaktik tasviriy vositalarning lingvopoetik imkoniyatlari ochib berilgan;
Muhammad Yusuf dostonlaridagi emotsional-ekspressiv imkoniyatlari va aniq sezilib turadigan poetonimlar aniqlangan hamda ularning poetik faollashuv darajasiga ko‘ra tasnif qilish mexanizmlari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Muhammad Yusuf dostonlarining lingvopoetik tadqiqi yuzasidan olingan natijalar asosida:
Muhammad Yusuf dostonlaridagi alohida ahamiyatga ega bo‘lgan, muallifning badiiy niyati va matn butunligiga xizmat qilgan paremiologik birliklar lingvopoetik aspektda ilmiy dalillangani, shoir dostonlaridagi metafora, metonimiya, kinoya hamda perifrazalarning qo‘llanishi natijasida matnda namoyon bo‘lgan poetik aktuallashuv jarayonlarini aniqlashda, ularni lug‘atlarga jamlash tamoyillari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston xoreografiya akademiyasida 2020-2021-yillarda amalga oshirilgan FZ-2019081663 “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va multimedia mahsulotlari to‘plamini (elektron lug‘atlar) yaratish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston xoreografiya akademiyasining 2023-yil 25-yanvardagi 1/04-37-son ma’lumotnomasi). Natijada Muhammad Yusuf dostonlarining lingvopoetik tadqiqi orqali o‘zbek milliy raqs san’atini zamonaviy kontekstda rivojlantirish va folklor an’analarini saqlashga qaratilgan elektron lug‘at va multimedia materiallarini tayyorlashga xizmat qilgan;   
Muhammad Yusuf dostonlaridagi agnonimik birliklar davrning ijtimoiy-siyosiy voqeligi asosida yoritilganligiga, shoir asarlaridagi parallelizm, ritorik so‘roq gap, inversiya, gradatsiya, oksyumoron, antiteza va o‘xshatish kabi sintaktik tasviriy vositalarning lingvopoetik imkoniyatlari ochib berilganligiga doir ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi “Atoqli adiblar va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini yoshlar o‘rtasida targ‘ib qilish hamda adiblar xiyobonidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 502-son Qarori bilan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning hayoti va ijodini o‘rganish mazmunidagi yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2024-yil 4-yanvardagi 03-11-17-11-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 502-son Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga xizmat qilgan;   
Muhammad Yusuf dostonlaridagi emotsional-ekspressiv imkoniyatlari va aniq sezilib turadigan poetonimlar aniqlangan va ularning poetik faollashuv darajasiga ko‘ra tasnif qilish mexanizmlari isbotlangan ilmiy ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tomonidan “O‘zbekiston tarixi” teleradiokanalida “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 8-fevraldagi 06-31-210-son ma’lumotnomasi) Natijada ko‘rsatuv mazmuni Muhammad Yusuf dostonlarining lingvopoetik tadqiqi bo‘yicha nazariy ma’lumotlar bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish