Mirzakarimova Maxliyoxon Madaminjonovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “SLIL texnologiyalari vositasida ingliz tili darslarida o‘quvchilarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Ped449.
Ilmiy maslahatchi: Artikova Muhayyoxon Botiralievna, pedagogika fanlari doktori, rrofessor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti huzuridagi PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01. raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Hamroev G‘ofir Hasanovich, pedagogika fanlari doktori, rrofessor; Iminaxunova Irodaxon Xuseynovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Jafarov Botirjon Sattarovich, filologiya fanlari doktori, rrofessor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi SLIL texnologiyalari vositasida ingliz tili darslarida o‘quvchilarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarida tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning mazmuni va ahamiyati tadbirkorlik ta’limi va madaniyatini shakllantirishning globallashuv jarayonidagi pedagogik zaruratini xorijiy til o‘zlashtirish va tadbirkorlik tushunchalarini rivojlantirishni milliy-tarixiy kontekstual baholash hamda tendensial rivojlanishdagi xususiyatlarini adaptiv qo‘llash asosida aniqlashtirilgan;
SLIL texnologiyasi vositasida o‘quvchilarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari va metodologik xususiyatlari chet tillarini o‘qitishning milliy konseptual (5Ss) maqsadlarini ko‘p maqsadlilik, rang-barang o‘quv muhiti, real hayotiylik, faollikni namoyish etish, hamkorlikda ishlash kabi metodologik xususiyatlarini ichki integratsiyalash vositasida asoslangan;
SLIL texnologiyasi vositasida ingliz tili darslarida o‘quvchilarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish metodik ta’minoti o‘quvchilarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning kreativlik va innovativlik, kommunikativlik va kolloborativlik usullarini SLIL metodlari, dars shakllari hamda vositalarini o‘zaro ta’siri produktivligini hisobga olishga qaratilgan “Quintuple” konsepsiyasi ta’lim texnologiyasini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
ingliz tili darslarida o‘quvchilarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning SLIL texnologiyalari umumta’lim fanlari mazmunini selektiv tahlil, didaktik soddalashtirish va ustuvorlikni belgilash orqali o‘quvchilarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish metodi va vositalarini funksional didaktika qoidalariga ko‘ra implemintatsiya qilish asosida takomillashtirilgan;
SLIL texnologiyalari vositasida ingliz tili darslarida o‘quvchilarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivoshlantirish modeli o‘quvchilarning fanga doir lingivistik, sotsiolingivistik, pragmatik, kommunikativ kompetensiyalarini raqamli texnologiyalarni qo‘llay olish, tanqidiy, tizimli va kreativ fiklash, informatsion va media savodxonlik, shaxslararo va o‘z o‘zini boshqarish, hisobdor, mas’uliyatli va moslashuvchan bo‘lish kabi kompetensiyaviy talablariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. SLIL texnologiyalari vositasida ingliz tili darslarida o‘quvchilarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodik asoslarini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
tadbirkorlik ta’limi va madaniyatini shakllantirishning globallashuv jarayonidagi pedagogik zaruratini xorijiy til o‘rganish va tadbirkorlik tushunchalarini rivojlantirishning milliy-tarixiy kontekstual tahlili hamda tendensial rivojlanishdagi xususiyatlarini adaptiv qo‘llash asosida aniqlashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarida tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning mazmuni va ahamiyatiga doir amaliy taklif va tavsiyalaridan Germaniyaning A&A Ausbildung und Arbeit Rlus GmbH tashkiloti faoliyatida redagogika ta’lim sohasining integratsion indikatorlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (A&A Ausbildung und Arbeit Rlus GmbH tashkilotining 2024-yil 30-yanvardagi ma’lumotnomasi). Natijada, xorijiy til o‘rganishda SLIL texnologiyalari vositasida o‘quvchilarning biznesga qiziqishlarini oshirish, o‘quvchilarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodik xususiyatlari tahlili asosida “Ingliz tili” fanini o‘qitish jarayonida samarali natijalariga erishilgan;
ingliz tili o‘qitishning milliy konseptual (5Ss) maqsadlarini o‘quv muhitini real hayotiylik, faollikni namoyish etish, scaffolding, hamkorlikda ishlash kabi metodologik xususiyatlarni ichki integratsiyalash vositasida asoslangan SLIL texnologiyasi vositasida o‘quvchilarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari va metodologik xususiyatlariga doir takliflardan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Resrublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Resrublika Ta’lim markazining 2023-yil 14-fevraldagi 01/11-02/2-86-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz tili darslarida o‘quvchilarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishda o‘quvchilarning tadbirkorlik komretensiyasini rivojlantirish samaradorligini oshishiga xizmat qilgan;
o‘quvchilarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning kreativlik va innovativlik, kommunikativlik va kolloborativlik usullarini SLIL texnologiyalari, metodlari, dars shakllari hamda vositalarini o‘zaro ta’siri produktivligini hisobga olish orqali takomillashtirilgan SLIL texnologiyasi vositasida ingliz tili darslarida o‘quvchilarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodik ta’minoti asosida xorijiy til va adabiyoti sohasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun ishlab chiqilgan “Umumiy redagogika” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Resrublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-sonli buyrug‘i, 414095524567424641-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, SLIL texnologiyalari asosida o‘quvchilarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish tajribasini integratsiyalash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
umumta’lim fanlari mazmunini selektiv tahlil, didaktik soddalashtirish va ustuvorlik belgilash orqali o‘quvchilarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish metodi va vositalarini funksional didaktika qoidalariga ko‘ra implemintatsiya qilish asosida SLIL texnologiyalarini takomillashtirish vositasida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ingliz tilini o‘qitishda ma’naviy-ma’rifiy ishlar mazmunini boyitishga oid materiallaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar va biz nomli dasturlar senariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 24-iyundagi 04-36-775-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarni ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarga, hayotiy faoliyatga tayyorlash jarayonida ularda tadbirkorlik sifatlarini rivojlantirish imkoniyatlari yuzaga kelgan.