Xakimova Baxor Baxtiyarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Portluaca oleracea va Alcea rosea dorivor o‘simliklaridan pektin saqlovchi polisaxaridlar olish texnologiyasi», 02.00.17 – Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4616.
Ilmiy rahbarlar: Atxamova Saida Qudusovna, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Dodaev Qo‘chqor Odilovich, texnika fanlari doktori, professor; Malikova Mavjuda Xafizovna, kimyo fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Portulaca oleracea (semizo‘t) va Álcea rósea (gulxayri) o‘simliklaridan pektin polisaxaridlarini olish texnologiyasini yaratish va funksional oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
semizo‘t va gulxayri gulbarglaridan ilk bora pektin polisaxaridlari kukun va konsentrat holida ajratib olingan;
semizo‘t va gulxayri gulbarglaridan olinuvchi polisaxaridlarining sifatga kislota turi, konsentratsiyasi, rN-, harorat va ekstraksiya jarayoni davomiyligi ta’siri isbotlangan;
semizo‘tdan ekstraksiyalash bilan rN 2,7, 40 - 45 ℃ harorat, 1,0 - 1,5 soat davomiyligi va 1:5 gidromodulda 64 % uron kislotalar ajralishi isbotlangan;
gulxayri gulbarglaridan, rN muhiti 3,0, harorati 70 ℃, davomiyligi 2,5 soat va gidromodul 1:10 pektin olinib, uron kislotalar 68,0 %-ni tashkil etuvchi, 19,1 % unum bilan pektin polisaxaridlari ajralishi asoslangan;
Portulaca oleracea (semizo‘t) va Álcea rósea (gulxayri) o‘simliklaridan olingan pektin polisaxaridlarining oziq - ovqat mahsulotlari tarkibida fiziologik faol boyituvchi qo‘shimchaligi isbotlangan;
Portulaca oleracea (semizo‘t) va Álcea rósea (gulxayri) o‘simliklaridan pektin polisaxaridlari kukuni va konsentrati ishlab chiqarish texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Portulaca oleracea (semizo‘t) va Álcea rósea (gulxayri) gulbarglaridan pektin polisaxaridlari olish texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Portulaca oleracea (semizo‘t) va Álcea rósea (gulxayri) gulbargidan pektin kukuni ishlab chiqarish texnologiyasi O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining «2024-2029 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yixati»ga kiritilgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2024 yilning 24 maydagi 24-51/05-24-son ma’lumotnomasi). Natijada, 19,1 %-gacha unum bilan tarkibida 68,0 % uron kislotalar bo‘lgan pektin polisaxaridlari ishlab chiqarish imkonini beradi;
Portulaca oleracea (semizo‘t) va Álcea rósea (gulxayri) o‘simlialaridan olingan pektin saqlovchi konsentratni funksional ovqatlanish uchun non mahsulotlari ishlab chiqarishda qo‘llash texnologiyasi O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining «2024-2029 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yixati»ga kiritilgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2024 yilning 24 maydagi 24-51/05-24-son ma’lumotnomasi). Natijada, funksional ovqatlanish uchun pektin bilan boyitilgan qolipli non mahsulotlari ishlab chiqarish imkonini beradi.