Rasulova Shaxnoza Rasuljanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Vertikal yo‘nalishda o‘sish moilligin xisobga olgan xolda distal tishlovni tashxislash va davolashni takomillashtirish», 14.00.21 – Stomatologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD//Tib2286.
Ilmiy raxbar: Nasimov El`bek El`xonovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Amanullaev Rustam Azimjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abbas R. Zaxer, tibbiyot fanlari doktori, professor (Misr);
Yetakchi tashkilot: Yonsey universitet (Janubiy Koreya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jag‘lar vertikal yo‘nalishda o‘sish moilligini inobatga olgan holda tish qatorlarining distal nisbatini tashhislash va ortodontik davolash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tish-jag‘ tizimining vertikal, neytral yoki gorizontal yo‘nalishda o‘sish moilligini inobatga olish (FMA, APDI va ODI bo‘yicha) distal tishlovni tashhislashda prognostik ahamiyatga ega bo‘lib, bemorlarning 59% saggital ko‘rsatkich bo‘yicha o‘rtacha distal nisbati aniqlangan;
distal tishlovli shaxslarda yuzning vertikal skelet parametri bilan ishonchli korrelyasiyaga ega bo‘lgan tish-jag‘ tizimi gnatik qismining “haqiqiy” balandligini (61,77mm) tavsiflovchi sefalometrik parametr (True Neight) aniqlangan;
sagittal muammoni vertikal yo‘nalish bo‘yicha okklyuzion tekislikni nazorati orqali tashxislash distal okklyuziyani ortodontik davolash natijalarini o‘z-o‘zini boshqarishi yoki uning zo‘riqishiga olib kelishini bashoratlash imkonini berishi ilmiy jihatdan asoslangan;
distal okklyuziyani o‘sish moilligini inobatga olgan ortodontik davolash bo‘yicha taklif etilgan differensirlashgan muolajalar taktikasi vertikal parametrlarni giperdivergent o‘sishda 2,4°, gipodivergent o‘sishda esa 4,03° ga me’yorlashuviga olib kelishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha 2024 yil 25 iyundagi 01/01-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: tish-jag‘ tizimining vertikal, neytral yoki gorizontal yo‘nalishda o‘sish moilligini inobatga olish distal tishlovni tashhislashda prognostik ahamiyatga ega bo‘lib, bemorlarning 59% saggital ko‘rsatkich bo‘yicha o‘rtacha distal nisbati aniqlanganligi buyicha takliflar Toshkent davlat stomatologiya instituti Ekspert Kengashi tomonidan 2023 yil 9 avgustdagi 04-r/54-son bilan tasdiqlangan“ Sovershenstvovanie diagnostiki distal`nogo prikusa s uchetom vertikal`nogo komponenta rosta kompyuternim programmnim produktom ” xamda 2023 yil 9 avgustdagi 04-r/55-son bilan tasdiqlangan “Sovershenstvovanie lecheniya distal`nogo prikusa s uchyotom vertikal`nogo komponenta rosta” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shaxar Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi ortodontiya va tishlarni protezlash poliklinikasi 2023 yil 7 oktyabr 59-son, xamda Toshkent shaxar OOO «Nasimov stomatologiyasi” klinikasi amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan 2023 yil 4 oktyabr 01-son buyrugi bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: to‘liq tashxis asosida jag‘ suyaklarining vertikal o‘sishi komponentini hisobga olgan holda distal okklyuziyani ortodontik davolashning oqilona protokolini tuzish mumkin bo‘ldi. Bu ortodont ishining ergonomikasini oshirdi, tashriflar sonini va ortodontiya qabuliga sarflanadigan vaqtni 2-3 barobarga kamayganligi xamda kerakli ko‘rsatkich bo‘yicha tahlil o‘tkazishning an’anaviy usuli bilan hisob-kitoblarga sarflangan vaqt 8,6±0,08 daqiqani tashkil etganligi, ishlab chiqilgan dastur yordamida hisob-kitoblar 3,1±0,03 daqiqani tashkil etganligi izohlangan. Iqtisodiy samaradorligi: taklif qilingan tavsiyalarning qo‘llanilishi bitta tekshirilgan bemorning ma’lumotlarini hisoblash uchun 47368 so‘m tejash imkonini beradi. Xulosa: jag‘ tizimining vertikal o‘sish moilligini inobatga olish distal tishlovni tashhislashda, oqilona bashoratlashda va muammoni samarali davolash taktikasi orqali okklyuzion munosabatlarni tiklash imkonini, yuz parametrlarini monitoringi va davolashga sarflanadigan mablag‘larni sezilarli kamaytirish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: distal tishlovli shaxslarda yuzning vertikal skelet parametri bilan ishonchli korrelyasiyaga ega bo‘lgan tish-jag‘ tizimi gnatik qismining “haqiqiy” balandligini tavsiflovchi sefalometrik parametr (True Neight) aniqlanganligi Toshkent davlat stomatologiya instituti Ekspert Kengashi tomonidan 2023 yil 9 avgustdagi 04-r/54-son bilan tasdiqlangan “Sovershenstvovanie diagnostiki distal`nogo prikusa s uchetom vertikal`nogo komponenta rosta kompyuternim programmnim produktom ” xamda 2023 yil 9 avgustdagi 04-r/55-son bilan tasdiqlangan “Sovershenstvovanie lecheniya distal`nogo prikusa s uchyotom vertikal`nogo komponenta rosta” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shaxar Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi ortodontiya va tishlarni protezlash poliklinikasi 2023 yil 7 oktyabr 59-son, xamda Toshkent shaxar OOO «Nasimov stomatologiyasi” klinikasi amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan 2023 yil 4 oktyabr 01-son buyrugi bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samadorligi to‘liq tashxis asosida jag‘ suyaklarining vertikal o‘sishi komponentini va jag‘ning joylashishini hisobga olgan holda distal okklyuzionni ortodontik davolashning oqilona protokolini tuzish mumkin bo‘lganligi bilan izohlangan. Iqtisodiy samadorligi: ishonchli tashxislashga asoslangan vertikal o‘sish komponentini hisobga olgan holda taktika shakllantishga va okklyuziyani davolash sxemasi ishlab chiqilganligi muammoni rivojlanishini va asoratlanishini kamayishiga olib kelgan. O‘z vaqtida olib borilgan tashxislash va davolash ishlari xar bir bemor hisobiga 500000 so‘m tejash imkonini bergan. Xulosa: tadkiqot natijalariga ko‘ra, to‘liq tashxis asosida jag‘ suyaklarining vertikal o‘sishi komponentini va jag‘ning joylashishini hisobga olgan holda distal okklyuzionni ortodontik davolashning oqilona protokolini tuzish mumkinligini va o‘z vaqtida olib borilgan tashxislash va davolash ishlari xar bir bemor hisobiga 500000 so‘m tejash imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: sagittal muammoni vertikal yo‘nalish bo‘yicha okklyuzion tekislikni nazorati orqali tashxislash distal okklyuziyani ortodontik davolash natijalarini o‘z-o‘zini boshqarishi yoki uning zo‘riqishiga olib kelishini bashoratlash imkonini berishi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat stomatologiya instituti Ekspert Kengashi tomonidan 2023 yil 9 avgustdagi 04-r/54-son bilan tasdiqlangan “Sovershenstvovanie diagnostiki distal`nogo prikusa s uchetom vertikal`nogo komponenta rosta kompyuternim programmnim produktom ” xamda 2023 yil 9 avgustdagi 04-r/55-son bilan tasdiqlangan “Sovershenstvovanie lecheniya distal`nogo prikusa s uchyotom vertikal`nogo komponenta rosta” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shaxar Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi ortodontiya va tishlarni protezlash poliklinikasi 2023 yil 7 oktyabr 59-son, xamda Toshkent shaxar OOO «Nasimov stomatologiyasi” klinikasi amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan 2023 yil 4 oktyabr 01-son buyrugi bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: to‘liq tashxis qo‘yish, oqilona prognozlash va distal tishlov muammosini samarali davolash taktikasini tanlash asosida okklyuzion nisbatlarni tiklanishi va yuz parametrlarini yaxshilashi bilan izohlangan. Iqtisodiy samaradorligi: yuzning skelet balandligi o‘rtasidagi munosabatini baholash orqali ortodontik davolash taklif qilingan taktikasi tavsiyalarning qo‘llanilishi tekshirilgan bemor uchun umumiy aktivatsiyalar sonidan o‘rtacha 3ta aktivatsiyaga teng xarajatning 600000 so‘mini tejash imkonini bergan. Xulosa: sagittal muammoni vertikal yo‘nalish bo‘yicha okklyuzion tekislikni nazorati orqali tashxislash distal okklyuziyani ortodontik davolash natijalarini o‘z-o‘zini boshqarishi yoki uning zo‘riqishiga olib kelishini bashoratlash imkonini va okklyuzion nisbatlarni tiklashi, yuz parametrlarini yaxshilanishi umumiy xarajatning 600000 so‘mini tejash imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: distal okklyuziyali bemorlarda o‘sish moilligini inobatga olgan ortodontik davolash bo‘yicha taklif etilgan differensirlashgan muolajalar taktikasi vertikal parametrlarni giperdivergent va gipodivergent o‘sishda me’yorlashuvga olib kelishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat stomatologiya instituti Ekspert Kengashi tomonidan 2023 yil 9 avgustdagi 04-r/54-son bilan tasdiqlangan “ Sovershenstvovanie diagnostiki distal`nogo prikusa s uchetom vertikal`nogo komponenta rosta kompyuternim programmnim produktom ” xamda 2023 yil 9 avgustdagi 04-r/55-son bilan tasdiqlangan “Sovershenstvovanie lecheniya distal`nogo prikusa s uchyotom vertikal`nogo komponenta rosta” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shaxar Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi ortodontiya va tishlarni protezlash poliklinikasi 2023 yil 7 oktyabr 59-son, xamda Toshkent shaxar OOO «Nasimov stomatologiyasi” klinikasi amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan 2023 yil 4 oktyabr 01-son buyrugi bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: amalga oshirilgan tadqiqot natijalari distal okklyuziyani shakllantirishda gorizontal va vertikal parametrlarning bog‘liqligi, uning o‘zini o‘zi boshqarish yoki kuchayishi ehtimolini baholashga imkon bergani bilan bog‘liqligi izohlangan. Iqtisodiy samaradoligi: gnatik skelet balandligi o‘rtasidagi munosabatini baholash orqali ortodontik davolash taklif qilingan taktikasi tavsiyalarning qo‘llanilishi tekshirilgan bemorlar uchun umumiy aktivatsiyalar sonidan o‘rtacha 4ta aktivatsiyaga teng xarajatning 800000 so‘mini xamda qaytalanish xolatlarini soni kamaygani xisobiga 1500000 so‘m tejash imkonini yaratadi Xulosa: tadkiqot natijalariga ko‘ra differensirlashgan muolajalar taktikasi vertikal parametrlarni giperdivergent va gipodivergent o‘sishda sefalometrik ko‘rsatkichlari yuz parametrlarini meyorlashtirish va bemorlarning psixoemotsional holatini tiklanishi bilan izohlangan. O‘sish moilligini inobatga olgan ortodontik davolash bo‘yicha taklif etilgan differensirlashgan muolajalar taktikasi bevosita ta’sir ko‘rsatishi va distal tishlovning vertikal o‘sish turi og‘ir formasi zo‘riqishini oldini olishini aniqlanganligi bemorlarga klinik kechishini erta boshorat qilish monitoringi va davollashga sarflanadigan mablag‘larni sezilarli kamaytirish imkonini beradi.