Saidnazarova Tulganoy Maxmudovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining pedagogik loyihalash ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02  Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim), (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7525.
Ilmiy rahbar:  Abdullaeva Nasibaxon Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori (DSc),  professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02. raqamli ilmiy kengash asosida tuzilgan  bir martalik ilmiy kengash.  
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Safibullo Xabibullaevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Umaralieva Muxayyo Abdugapparovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi.  bo‘lajak texnologiya fani  o‘qituvchilarida pedagogik loyihalash ko‘nikmasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining pedagogik loyihalash ko’nikmasi mazmunining tarkibiy tuzilmasi aniqlanib, unda  rivojlantirishning didaktik shart-sharoitlari (ijodiy loyihalash muhitini yaratish, pedagog-talabaning hamkorlikda ishlashi va talabaning mustaqil faoliyat olib borish), talabalar tomonidan amalga oshiriladigan loyihalash jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari, bosqichlari (tayyorgarlik, ijodiy-izlanishli, ijodiy-amaliy va yakuniy) aniqlashtirilgan;
bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining pedagogik loyihalash ko’nikmasini rivojlantirishga xizmat qiluvchi ikkita konseptual komponent (maqsad va nazariy metodologik asosini tashkil etuvchi) hamda amaliy-metodik ko‘rsatmalar, o‘qituvchilarining loyihalash ko’nikmasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan auditoriya mashgʻulotlari va mustaqil ta’limni tashkil etishning innovatsion shakl, metod va vositalari hamda STEAM, Skamper, Smart ta’lim texnologiyalari asosida loyihalash kompetensiyalari takomillashtirilgan;
bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarini loyihalash ta’lim muhitida motivatsion-yo‘naltiruvchi, intellektual, amaliy-faoliyatli va refleksiv kabi loyihalash kompetensiya komponentlarini rivojlanganligini diagnostika qilish mezonlari, taksonomik ko‘rsatkichlari  va  loyiha natijalarini obektiv baholanib, belgilangan maqsadga moslik darajalari (yuqori, o‘rta, va past) aniqlashtirilgan;
oliy ta’limda ishlab chiqarish muhitini modellashtirish orqali bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining loyihalash ko‘nikmalarini rivojlantirishda kasbiy faoliyatga tayyorlashning o‘quv-uslubiy ta’minoti loyihalashdagi muammoli vaziyat, kasbiy echimlar banki va a’lo, o‘rta, past baholash mezonlarini kiritish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarida loyihalash ko‘nikmasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining pedagogik loyihalash ko’nikmasini mazmuni modernizatsiyalashtirilgan va tarkibiy tuzilmasi aniqlanib, unda  rivojlantirishning didaktik shart-sharoitlari, talabalar tomonidan amalga oshiriladigan loyihalash jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari, bosqichlari aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan texnologik ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Tikuvchilik buyumlarini konstruksiyalash” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi nashr guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarida loyihalash kompetensiyasini rivojlantirish mazmunini takomillashtirishga erishildi;
bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining pedagogik loyihalash ko’nikmasini rivojlantirishga xizmat qiluvchi ikkita konseptual komponent hamda amaliy-metodik  ko‘rsatmalar,o‘qituvchilarining loyihalash ko’nikmasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan auditoriya mashgʻulotlari va mustaqil ta’limni tashkil etishning innovatsion shakl, metod va vositalari hamda STEAM, Skamper, Smart ta’lim texnologiyalari asosida loyihalash kompetensiyalari takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan texnologik ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Tikuvchilik buyumlarini konstruksiyalash” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi nashr guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarida loyihalash kompetensiyasini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari aniqlashtirishga sharoit yaratilgan;
bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarini loyihalash ta’lim muhitida motivatsion-yo‘naltiruvchi, intellektual, amaliy-faoliyatli va refleksiv kabi loyihalash kompetensiya komponentlarini rivojlanganligini diagnostika qilish mezonlari, taksonomik ko‘rsatkichlari  va  loyiha natijalarini obektiv baholash va belgilangan maqsadga moslik darajalarini aniqlashtirishga doir takliflardan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 2020-2022-yillarda bajarilgan FZ-202002146 “Markaziy Osiyo mutafakkirlari asarlari asosida buzgʻunchi gʻoyalarga qarshi ma’rifiy, tarbiyaviy kurash asoslarini o‘zida jamlagan multimedia dasturi hamda mobil ilovasini yaratish” loyihani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 2023-yil 29-apreldagi 05-613-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda loyihalash kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
oliy ta’limda ishlab chiqarish muhitini modellashtirish orqali bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining loyihalash ko‘nikmalarini rivojlantirishda kasbiy faoliyatga tayyorlashning o‘quv-uslubiy ta’minoti takomillashtirishga doir takliflardan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 2020-2022-yillarda bajarilgan FZ-202002146 “Markaziy Osiyo mutafakkirlari asarlari asosida buzgʻunchi gʻoyalarga qarshi ma’rifiy, tarbiyaviy kurash asoslarini o‘zida jamlagan multimedia dasturi hamda mobil ilovasini yaratish” loyihani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universtetining 2023-yil 4-sentyabrdagi 02-07-3312/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining loyihalash kompetensiyasini rivojlantirishga oid tajriba-siniv ishlarini tashkil etish imkoni kengatirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish