Ramazanov Baxtiyar Baxitbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Poliz ekinlari uchun organik o‘g‘itlarni lokal soladigan qurilma egatochgichlarining turi va parametrlarini asoslash”, 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2930.
Ilmiy rahbar: Ibragimov Abdirasuli Abdikarimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/13.05.2020.T.112.01.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Imomqulov Qutbiddin Boqijonovich; texnika fanlari doktori, professor Xudoyarov Anvar Nazirjonovich.
Yetakchi tashkilot: Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Poliz mahsulotlari etishtirish uchun organik o‘g‘itlarni lokal soladigan qurilma egatochgichlarining turi va parametrlarini asoslash yo‘li bilan qurilmaning energiya sarfini kamaytirish va yuqori ish sifatini ta’minlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
organik o‘g‘itlarni lokal soladigan qurilmaning konstruksiyasi kam energiya sarflyagan holda o‘g‘itlarni lokal solish uchun egatlar ochib, ularni ko‘mish jarayonida sug‘orish arig‘ini va ekish pushtalarini shakllantirib ketishi shartidan takomillashtirilgan;
organik o‘g‘itlarni lokal soladigan qurilma egatochgichlarining parametrlari ular kam energiya sarflyagan holda sifatli o‘g‘itlash egatlarini shakllantirishi lozimligi shartidan keltirib chiqarilgan analitik ifodalar asosida aniqlangan;
diskli va ag‘dargichli egatochgichlar orasidagi bo‘ylama masofa ag‘dargichli egatochgich qanotlari ta’siri ostida tuproq deformatsiyasining tarqalish masofasini hisobga olgan holda keltirib chiqarilgan analitik ifoda asosida aniqlangan;
belgilangan agregat harakat tezliklarida diskli egatochgichlarning harakat yo‘nalishi va tikka nisbatan o‘rnatilish burchaklari hamda diskli va ag‘dargichli egatochgichlar orasidagi bo‘ylama masofaning maqbul qiymatlari egat chuqurligi va tortishga qarshiligini ifodalovchi regressiya tenglamalarini birgalikda echish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Poliz ekinlari uchun organik o‘g‘itlarni lokal soladigan qurilma egatochgichlarining turi va parametrlarini asoslash” bo‘yicha olingan natijalar asosida:
poliz ekinlari ekiladigan maydonlarga organik o‘g‘itlarni lokal soladigan va ekish pushtalarini hosil qiladigan qurilmaga dastlabki talablar va texnik topshiriq ishlab chiqilgan hamda Intellektual mulk markazining foydali modelga “Tuproqqa organik o‘g‘itlarni solish qurilmasi”, FAP 01852 – patenti olingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 12 martdagi № 05/01-05/02-05/04-03-74-son ma’lumotnomasi). Natijada taklif etilayotgan egatochgichlar bilan jihozlangan resurstejamkor organik o‘g‘itlarni lokal soladigan qurilmaning konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
ishlab chiqilgan resurstejamkor egatochgichlar bilan jihozlangan organik o‘g‘itlarni lokal soladigan qurilma Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutining tajriba xo‘jaligi va Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 12 martdagi № 05/01-05/02-05/04-03-74-son ma’lumotnomasi). Natijada bir gektar maydonga sarflanadigan yonilg‘i-moylash materiallari sarfi 12,3 % ga, umumiy xarajatlar 2,3 % ga kamayishiga erishilgan;
taklif etilgan qurilmaning sanoat nusxalarini ishlab chiqish va tayyorlash uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (dastlabki talablar va texnik topshiriq) “BMKB-Agromash” AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 12 martdagi № 05/01-05/02-05/04-03-74-son ma’lumotnomasi). Natijada asoslangan parametrlarga ega bo‘lgan egatochgichlar bilan jihozlangan organik o‘g‘itlarni lokal soladigan qurilmaning sanoat nusxalarini ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish