Rayimdjanova Gulnoza Xolmatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Farg‘ona viloyatidagi agrosanoat klasterlari faoliyatining boshqaruv mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.13–“Menejment” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4242
Ilmiy rahbar: Xalmatjanova Gulchexra Djurabaevna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc 03/30.12.2019.I.60.03
Rasmiy opponentlar: Umarov Ilhom Yuldashevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Muxitdinov Shuxrat Ziyavitdinovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi agrosanoat klasterlarida boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
agrosanoat klasterlarni samarali boshqarishda Farg‘ona tumanining “Vodil” qishlog‘i hududidagi samarasiz fermer xo‘jaliklar negizida tanlov asosida “Malina klasteri” va kooperatsiyalarini tashkil etishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
agrologistik (agrosanoatligistik) markazlar, issiqxonalar, dehqon va fermer xo‘jaliklari, intensiv bog‘lar va tokzorlar faoliyatiga oid zamonaviy takribiy bo‘lim-larni tashkil etishga ko‘ra “O‘zagrosanoat klasterlari” uyushmasining istiqboldagi tarkibi va boshqaruv mexanizmining tuzilmasini shakllantirish zarurati asoslangan;
Farg‘ona viloyatidagi agrosanoat klasterlari korxonalarida samarali bosh-qarishga ko‘ra rivojlantirish ssenariylari asosida boshqaruv xarajatlari, mahsulot tannarxi, hosildorlik darajasi kabi ta’sir etuvchi omillarni hisobga olgan holda 2026-yilga qadar yalpi mahsulot xajmi oshishining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
“Quva anori”, “Paradise garden fruis” va “Vodil Dovudbek” MChJ agrosanoat klasterlari boshqaruv tuzilmalari takomillashtirilgan hamda “Vodil Dovudbek” agrosanoat klasterining 2024-2026-yillarda etishtiriladigan malina mahsulot hajmining prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Agrosanoat klasterlarida boshqaruvning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
agrosanoat klasterlarni samarali boshqarishda Farg‘ona tumanining “Vodil” qishlog‘i hududidagi samarasiz fermer xo‘jaliklar negizida tanlov asosida “Malina klasteri” va kooperatsiyalarini tashkil etish bo‘yicha taklifdan Vazirlar Mahkamasi-ning 2022-yil 28-apreldagi 221-sonli “2022-2026-yillarda Farg‘ona viloyati hudud-larini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori 2-ilovasining 3-bo‘lim 35-bandini hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xududiy boshqarmalari tomonidan “Agrosanoat klasterlarini tashkil etish va boshqarishni takomillashtirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazining 2024-yil 7-apreldagi 05/03-02-199-sonli ma’lumotnomasi). Taklifga ko‘ra Farg‘ona tumanining “Vodil” qishlog‘i hududida 300 gektarlik “Malina klasteri” va kooperatsiyalari tashkil etilib, boshqaruvning yangilangan tuzilmasi joriy etilgan;
agrologistik (agrosanoatligistik) markazlar, issiqxonalar, dehqon va fermer xo‘jaliklari, intensiv bog‘lar va tokzorlar faoliyatiga oid zamonaviy takribiy bo‘lim-larni tashkil etishga ko‘ra “O‘zagrosanoat klasterlari” uyushmasining istiqboldagi tarkibi va boshqaruv mexanizmining tuzilmasini shakllantirish taklifidan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-apreldagi 221-son “2022-2026-yillarda Farg‘ona viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining Farg‘ona viloyati shahar va tumanlari ixtisoslashuvi, “o‘sish nuqtalari” va “drayver sohalari” bo‘yicha 3-ilovani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazining 2024-yil 7-apreldagi 05/03-02-199-sonli ma’lumotnomasi). Taklif klasterlarda innovatsion texnologiyalar va boshqaruvning zamonaviy usullariga ko‘ra mahsulot hajmini oshirishga, agrosanoat klasteri korxonalarini qayta ishlashi natijasida sof foyda va rentabellik darajasini 8,6 foizga oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
Farg‘ona viloyatidagi agrosanoat klasterlari korxonalarida samarali boshqarishga ko‘ra rivojlantirish ssenariylari asosida boshqaruv xarajatlari, mahsulot tannarxi, hosildorlik darajasi kabi ta’sir etuvchi omillarni hisobga olgan holda 2026-yilga qadar yalpi mahsulot xajmi oshishining prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha takliflardan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-apreldagi 221-son “Farg‘ona viloyati hududlarini 2022-2026-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 1-ilovasi va Qishloq xo‘jaligi vazirligining xududiy boshqarmalari tomonidan “Agrosanoat klasterlarini tashkil etish va boshqarishni takomillashtirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazining 2024-yil 7-apreldagi 05/03-02-199-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif ichki imklnyatlarni ishlab chiqarshiga jalb etish hisobiga “Quva anori” va “Paradise garden fruis” agrosanoat klasterlarining mahsulot ishlab chiqarish hajmini istiqbolda 1,31 martagchaa oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
“Quva anori”, “Paradise garden fruis” va “Vodil dovudbek” MChJ agrosanoat klasterlari boshqaruv tuzilmalari takomillashtirilgan hamda “Vodil dovudbek” agrosanoat klasterining 2024-2026-yillarda etishtiriladigan malina mahsulot hajmining prognoz parametrlari taklifidan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-apreldagi 221-son “Farg‘ona viloyati hududlarini 2022-2026-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 2-ilovasining 3-bo‘lim 45-bandida har bir hududning qishloq xo‘jaligida “drayveri” bo‘lgan sohalarni rivojlantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazining 2024-yil 7-apreldagi 05/03-02-199-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida agrosanoat klasterlarining faoliyatni monitoring qilish, ishlab chiqarish hajmini oshishi va samaradorligi 5-7 foizga ortishi ta’minlangan.