Islombek Abduxalim o‘g‘li Abduxamidovning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda mehnat muhojirligi tarixi (Farg‘ona vodiysi viloyatlari misolida)”. 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2024.2.PhD/Tar895
Ilmiy rahbar: Shavkatjon Muxammadalievish Raxmatullaev, tarix fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fanlar akademiyasi Tarix instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti. DSc.02/30.12.2019. Tar.56.01.
Rasmiy opponentlar: Muhayyo Sirojiddinovna Isakova, tarix fanlari doktori, professor;
Oybek Bektemirovich Abdimo‘minov, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 1991 – 2021-yillarda O‘zbekiston aholisining mehnat muhojirligi tarixini Farg‘ona vodiysi viloyatlari misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sovet inqirozi yillarida Farg‘ona vodiysida yuz bergan ijtimoiy ziddiyatlar (etnik mojarolar, ishsizlik, kambag‘allik darajasining yuqoriligi) ta’sirida mustaqillikning dastlabki yillaridagi vodiy aholisi migratsion jarayonlarida tashqi migratsiyaning yuqori bo‘lganligi va ushbu jarayon ishtirokchilari tarkibida mehnat muhojirlari emas, balki mamlakatdan butunlay ko‘chib ketuvchilar soni yuqori bo‘lganligi asoslangan;
fuqarolarga xorijiy davlatlarda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xususiy tartibda ruxsatnoma berish amaliyotining o‘rnatilganligi (1995-2018-yillar) norasmiy yo‘llar bilan chetga chiqib ketuvchi mehnat muhojirlari sonining ortib borishiga sabab bo‘lganligi dalillangan;
mehnat muhojirligi sohasidagi vakolatli davlat idoralarining faoliyatida yo‘l qo‘yilgan ayrim kamchiliklar, xususan, mehnat muhojirlari bo‘yicha aniq statistik ma’lumotlarning yuritilmaganligi, xorijda og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan mehnat muhojirlarining o‘z holiga tashlab qo‘yilganlik holatlari, sohani doimiy ravishda tizimli tahlil qilib borish vazifasi yuklatilgan bo‘lsa-da, uning ijrosi to‘laqonlicha bajarilmaganligi aniqlangan;
mehnat muhojirlari oqimi yuqori bo‘lgan davlatlar (Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston va Turkiya Respublikasi) bilan sohani tartibga solish bo‘yicha amaliy ishlarning o‘z vaqtida olib borilmaganligi, buning natijasida norasmiy mehnat muhojirligi qamrovining ortib borganligi hamda uning salbiy oqibatlari (odam savdosi, majburiy mehnat, jinsiy zo‘ravonlik) avj olganligi asoslangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzu yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Sovet inqirozi yillarida Farg‘ona vodiysida yuz bergan ijtimoiy ziddiyatlar (etnik mojarolar, ishsizlik, kambag‘allik darajasining yuqoriligi) ta’sirida mustaqillikning dastlabki yillaridagi vodiy aholisi migratsion jarayonlarida tashqi migratsiyaning yuqori bo‘lganligi va ushbu jarayon ishtirokchilari tarkibida mehnat muhojirlari emas, balki mamlakatdan butunlay ko‘chib ketuvchilar soni yuqori bo‘lganligini asoslovchi ma’lumotlardan Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot institutining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining SQ-875-IV-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan 2024-yil 28-martdagi Nazorat rejasining 7-bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 25-iyundagi 01-09/2044-son ma’lumotnomasi). Ushbu ma’lumotlar mazkur bandning ijrosi bo‘yicha tayyorlangan uslubiy tavsiyalar va tarqatma materiallarining nazariy-metodologik va amaliy jihatdan samaradorligi oshishiga xizmat qilgan.
Fuqarolarga xorijiy davlatlarda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xususiy tartibda ruxsatnoma berish amaliyotining o‘rnatilganligi (1995-2018-yillar) norasmiy yo‘llar bilan chetga chiqib ketuvchi mehnat muhojirlari sonining ortib borishiga sabab bo‘lganligini asoslovchi ilmiy xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zMTRK “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2024-yil 21-iyundagi 06-26-770-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar teletomoshabinlarning O‘zbekistonda mehnat muhojirligi tarixi (Farg‘ona vodiysi viloyatlari misolida)ga oid bilimlarini boyitishga xizmat qilgan.
Mehnat muhojirligi sohasidagi vakolatli davlat idoralarining faoliyatida yo‘l qo‘yilgan ayrim kamchiliklar, xususan, mehnat muhojirlari bo‘yicha aniq statistik ma’lumotlarning yuritilmaganligi, xorijda og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan mehnat muhojirlarining o‘z holiga tashlab qo‘yilganlik holatlari, sohani doimiy ravishda tizimli tahlil qilib borish vazifasi yuklatilgan bo‘lsa-da, uning ijrosi to‘laqonlicha bajarilmaganligini asoslovchi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-apreldagi “Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-59-sonli farmon loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining 2024-yil 18-maydagi 03/01-07/4204-3-son dalolatnomasi). Tadqiqot natijalarining joriy etilishi xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarning hisobini yuritish, ularning mehnat va yashash sharoitini o‘rganish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rishga xizmat qilgan.
Mehnat muhojirlari oqimi yuqori bo‘lgan davlatlar (Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston va Turkiya Respublikasi) bilan sohani tartibga solish bo‘yicha amaliy ishlarning o‘z vaqtida olib borilmaganligi, buning natijasida norasmiy mehnat muhojirligi qamrovining ortib borganligi hamda uning salbiy oqibatlari (odam savdosi, majburiy mehnat, jinsiy zo‘ravonlik) avj olganligini asoslovchi xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zMTRK “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2024-yil 21-iyundagi 06-26-770-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar teletomoshabinlarning O‘zbekistonda mehnat muhojirligi tarixi (Farg‘ona vodiysi viloyatlari misolida)ga oid bilimlarini boyitishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish