Xudoyberganov Doniyorbek Yangiboy o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Integrativ yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kognitiv kompetensiyasini shakllantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7950.
Ilmiy rahbar: Xudayberganov Aniyoz Niyazmetovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Hamroev Alijon Ro‘ziqulovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Pazilova Meruert Ermekbaevna pedagogika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi integrativ yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kognitiv kompetensiyasini shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kognitiv kompetensiyasini shakllantirish metodikasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari didaktik jarayon subektlari munosabatlaridagi interaktivlik tamoyili intensivligini jismoniy va intellektual rivojlanish ratsional bog‘liqligini ta’limiy maqsadlarni yo‘naltirishga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kognitiv kompetensiyasini shakllantirish metodikasi kognitiv kompetensiyasini shakllantirish, aqliy va jismoniy harakat faolligini oddiydan murakkabga qarab rivojlantirib borishni ta’minlashga qaratilgan didaktik-jarayonli tashkiliy infratuzilmani muammoli-mantiqiy topshiriqlar kiritish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kognitiv kompetensiyasini shakllantirish samaradorligi hayotiy misollar asosida qurilgan mantiqiy topshiriqlar, ruhiy xotirjamlikni hosil qiluvchi ibratli obrazlar, nigoh yordamida o‘z o‘ylarini namoyon qilish, kutiladigan natijaga erishish imkonini beradigan identiv maqsadning taksonomik bosqichlarga o‘zaro mosligini izchil ta’minlash asosida takomillashtirishgan.
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kognitiv kompetensiyasini shakllantirish texnologiyasi o‘zini-o‘zi rivojlantirish motivlarining imitatsion va ishbilarmonlik o‘yinlariga proporsional bog‘liqligini ta’minlash hamda tashkiliy-metodik jarayonlarini hamkorlikda ishlashga o‘rgatish faoliyati bilan yaxlit sinxronlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Integrativ yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kognitiv kompetensiyasini shakllantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kognitiv kompetensiyasini shakllantirish metodikasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari didaktik jarayon subektlari munosabatlaridagi interaktivlik tamoyili intensivligini jismoniy va intellektual rivojlanish ratsional bog‘likligini ta’limiy maqsadlar mazmuniga maqsadli yo‘naltirishga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Umumiy pedagogika” (II qism) nomli o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 25-noyabrdagi 388-son buyrug‘i, 388-116-raqamli guvohnoma). Natijada, o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirish asosida ijtimoiy kompetentlilikni tarkib toptirish, integrativ yondashuvdan foydalanish asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirishga erishilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kognitiv kompetensiyasini shakllantirish metodikasi kognitiv kompetensiyasini shakllantirish, aqliy va jismoniy harakat faolligini oddiydan murakkabga qarab rivojlantirib borishni ta’minlashga qaratilgan didaktik-jarayonli tashkiliy infratuzilmani muammoli-mantiqiy topshiriqlar kiritish takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Umumiy pedagogika” (I qism) nomli o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 25-noyabrdagi 388-son buyrug‘i, 388-7 raqamli guvohnoma). Natijada, o‘quvchilarda kognitiv kompetensiyalarni shakllantirish asosida integrativ xarakterdagi kognitiv kompetentlilikni shakllantirish jarayonini optimallashtirish va bo‘lajak o‘qituvchilarni innovatsion faoliyatidagi metodik tayyorgarligini takomillashtirishga erishilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kognitiv kompetensiyasini shakllantirish samaradorligi hayotiy misollar asosida qurilgan mantiqiy topshiriqlar, ruhiy xotirjamlikni hosil qiluvchi ibratli obrazlar, nigoh yordamida o‘z o‘ylarini namoyon qilish, kutiladigan natijaga erishish imkonini beradigan identiv maqsadning taksonomik bosqichlarga o‘zaro mosligini izchil ta’minlash asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Umumiy pedagogika” (I qism) nomli o‘quv qo‘llanmasining mazmuniga singdirilgan (Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 25-noyabrdagi 388-son buyrug‘i, 388-7 raqamli guvohnoma). Natijada o‘quvchilarining aqliy va jismoniy harakat faolligini ta’minlashga qaratilgan didaktik-jarayonli tashkiliy infratuzilmani izchil rivojlantirishning sifat darajasini oshishiga xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kognitiv kompetensiyasini shakllantirish texnologiyasi o‘zini-o‘zi rivojlantirish motivlarining imitatsion va ishbilarmonlik o‘yinlariga proporsional bog‘liqligini ta’minlash hamda tashkiliy-metodik jarayonlarini hamkorlikda ishlashga o‘rgatish faoliyati bilan yaxlit sinxronlashtirish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Umumiy pedagogika” (II qism) nomli o‘quv qo‘llanmasining mazmuniga singdirilgan (Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 25-noyabrdagi 388-son buyrug‘i, 388-116-raqamli guvohnoma). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining integrativ yondashuv asosida kognitiv kompetensiyasini shakllantirish metodikasini takomillashtirish samaradorligi oshgan.