Pirniyazova Malika Kenesbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Vitagen tajriba asosida talabalarda tadbirkorlik kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyalari (“Texnologik ta’lim” yo’nalishlari misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2023.4.PhD/Ped6504.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Tolipov O‘tkir Qarshievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Jo’raev Husniddin Oltinboevich, pedagogika fanlari doktori (DSc) professor; Abdullaev Safibullo Xabibullaevich, pedagogika fanlari doktori (DSc) professor.
Yetakchi tashkilot: Qoqon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi vitagen tajriba asosida talabalarda tadbirkorlik kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
vitagen tajriba asosida talabalarda tadbirkorlik kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyalarining pedagogik imkoniyatlari iqtisodiy bilimlarni oshirishga qaratilgan hayotiy tajribalaridan ratsional foydalanish, talab va taklif qonunityaining pedagogik salohiyatini oshirish hamda mantiqiy topshiriqlar jamlanmasini prognostik kalkulyasiyalash asosida aniqlangan;
talabalarda tadbirkorlik kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyasini rivojlantirish jarayoni shaxsiy-kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilishga qaratilgan amaliy faoliyati turlarining integrativ yaxlitligini taʼminlash hamda bekgraund, kraudsorsing, intellektual o‘yin; benchmarking, vorkshop mashg‘ulotlarini bosqichma-bosqich kiritish asosida takomillashtirilgan;
vitagen tajriba asosida talabalarda tadbirkorlik kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi subekt-subekt munosabatlaridagi ijodiy-jarayonli faollikni oshirish, kommunikativlik; ichki to‘siqlarni enga olish hamda kasbiy yo‘nalganlik darajasini taʼlimiy maqsadlarga idientiv molashtirish asosida takomillashtirilgan;
vitagen tajriba asosida talabalarda tadbirkorlik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi mavjud bilimlarini innovatsion metodlar yordamida izchil ifodalash, tadbirkorlik loyihalarini ishlab chiqish, ilgari surilgan g‘oyalarining tijorat salohiyatini oshirish hamda jamoada ishlay olish, va milliy hunarmandchilik anʼanalarini targ‘ib qilishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Vitagen tajriba asosida talabalarda tadbirkorlik kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyalari (“Texnologik ta’lim” yo’nalishlari misolida) mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
vitagen tajriba asosida talabalarda tadbirkorlik kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyalarining pedagogik imkoniyatlari iqtisodiy bilimlarni oshirishga qaratilgan hayotiy tajribalaridan ratsional foydalanish, talab va taklif qonunityaining pedagogik salohiyatini oshirish hamda mantiqiy topshiriqlar jamlanmasini prognostik kalkulyasiyalash asosida aniqlash buyicha tavsiyalar A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashda foydalanilgan (TDPUning 2023- yil 2-noyabrdagi 02-07-4879/04-son dalolatnomasi). Natijada talabalarning tadbirkorlik kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligini oshirishga sharoit yaratilgan;
talabalarda tadbirkorlik kompetensiyalarini rivojlantirish modeli vitagen tajriba asosida talabalarda tadbirkorlik kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi dissertant g‘oyasiga asoslangan “Talabalarning tadbirkorlik faoliyati turlari bo‘yicha yo‘nalganligini baholovchi indikator”ning attestatsion algoritmi bilan o‘zaro uyg‘un muvofiqlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashda foydalanilgan. (TDPUning 2023- yil 2-noyabrdagi 02-07-4879/04-sonli dalolatnomasi). Natijada talabalarning tadbirkorlik kompetensiyalarini bosqichma-bosqich, takomillashtirish samaradorligini oshirish imkoni kengaytirilgan;
vitagen tajriba asosida talabalarda tadbirkorlik kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi subekt-subekt munosabatlaridagi ijodiy-jarayonli faollikni oshirish, kommunikativlik; ichki to‘siqlarni enga olish hamda kasbiy yo‘nalganlik darajasini taʼlimiy maqsadlarga idientiv molashtirish asosida takomillashtirishga doir tavsiyalar “60112300 – Texnologik ta’lim” yo‘nalishining “Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash” hamda “Kasbiy kompetentlik” fanlari shakllantirishda foydalanilgan (Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2024-yil 3-maydagi 02/01-01-35 raqamli maʼulmotnomasi). Natijada talabalarning tadbirkorlik kompetensiyalarini takomillashtirish samaradorligini oshirish imkoni kengaytirilgan;
vitagen tajriba asosida talabalarda tadbirkorlik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi mavjud bilimlarini innovatsion metodlar yordamida izchil ifodalash, tadbirkorlik loyihalarini ishlab chiqish, ilgari surilgan g‘oyalarining tijorat salohiyatini oshirish hamda jamoada ishlay olish, va milliy hunarmandchilik anʼanalarini targ‘ib qilishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashda foydalanilgan (TDPUning 2023- yil 2-noyabrdagi 02-07-4879/04-sonli dalolatnomasi). Natijada talabalarning tadbirkorlik kompetensiyalarini bosqichma-bosqich samaradorligini oshirish mezonlarini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan.