Abdullaeva Dilnoza Narzullaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumta’lim maktab o‘quvchilarining geografik-ekologik madaniyatini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (geografiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Ped842.
Ilmiy maslahatchi: Aynisa Musurmanova, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07. raqamli bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Rajabov Furqat To‘rakulovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Qo‘ziboeva Ozodxon Maxmudovna, geografiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Fayzullaev Maqsud Abdullaevich, geografiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktab o‘quvchilarining geografik-ekologik madaniyatini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumta’lim maktab o‘quvchilarining geografik-ekologik madaniyatini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari “inson-tabiat” munosabatlarining progressiv rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan  nazariy-metodologik faoliyat yo‘nalishlari integrativ salohiyatini motivatsion-shaxsiy sifatlarni rivojlantirish hamda operatsional akmeologik bilimlarini oshirish asosida aniqlashtirilgan;
umumta’lim maktab o‘quvchilarida geografik-ekologik madaniyatni shakllantirishning metodik infratuzilmasi madaniy-ekologik, ekogumanistik, tizim-sinergetik, fazo-vaqt, aksiologik, muammoli-vaziyatli, shaxsiy-faoliyatli, geografik-ekologik kategoriyalarning o‘zaro to‘ldiruvchi pedagogik omillarini ijtimoiy-perseptiv omillar hamda praksiologik tamoyillar (konstruktiv-ekologik faoliyat, tabiiylik va madaniy muvofiqlik, empatiya va o‘zaro ta’sir, ekologizatsiya va integratsiya)ga yaxlitlash asosida takomillashtirilgan;
umumta’lim maktab o‘quvchilari geografik-ekologik madaniyatini shakllantirish samaradorligi geoekologik kompetensiyani shakllantirish darajasining pedagogik jihatlarini integrativ yondashuvning qayta aloqaga kirishish darajasi hamda tabiatga ekogumanistik yondashuvning refleksiv shakllari (individual-uslubiy, intuitiv)ni  aniqlash asosida takomillashtirilgan;
umumta’lim maktablari dasturlarida geografik-ekologik mazmunning ilmiy talqini va rivojlanish tamoyillari Geografiya va Tabiiy fan (Science)larni ekologizatsiya qilishning kognitiv, qadriyatli-meyoriy, aksiologik, praksiologik komponentlarini o‘quv geoekologik modellarning (global geoekologik, mintaqaviy geoekologik, mahalliy geoekologik) strategik rivojlanish tendensiyalariga bosqichma-bosqich moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
umumta’lim maktab o‘quvchilari geografik-ekologik madaniyatini shakllantirish texnologiyalari  interfaol metodlarni takomillashtirishga doir “Geoekologik o‘lkashunoslik”, “Vatanim-O‘zbekiston” (geoekologik tavsif), “Globallashuv va sivilizatsiyaning barqaror rivojlanishi” integrativ kurslarni kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning umumta’lim maktab o‘quvchilarida geografik-ekologik madaniyatni shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
umumta’lim maktab o‘quvchilarining geografik-ekologik madaniyatini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari “inson-tabiat” munosabatlarining progressiv rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan  nazariy-metodologik faoliyat yo‘nalishlari integrativ salohiyatini oshirish hamda asosiy ziddiyatlari haqidagi ilmiy paradigmalarni o‘rganishning didaktik mazmunini tasniflash asosida aniqlashga oid takliflar “O‘zbekiston Respublikasini ekologik vaziyati bo‘yicha rayonlashtirish metodologiyasi va moslashuvchan elektron dasturiy ta’minotini yaratish” mavzusiga oid loyihadagi vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024 yil 21-maydagi 06-36-789-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktab o‘quvchilarining geografik-ekologik madaniyatini shakllantirishning nazariy-metodologik jihatlari, ilmiy metodik xususiyatlari va elektron axborot ta’lim resurslari takomillashtirilgan;
umumta’lim maktab o‘quvchilarida geografik-ekologik madaniyatni shakllantirishning metodik infratuzilmasi madaniy-ekologik, ekogumanistik, tizim-sinergetik, fazo-vaqt, aksiologik, muammoli-vaziyatli, shaxsiy-faoliyatli, geografik-ekologik  kategoriyalarning o‘zaro to‘ldiruvchi pedagogik omillarini yaxlitlash hamda ekologizatsiya va integratsiya mezonlarining metodik tuzilmasini ta’limiy maqsadlarga intensiv optimallashtirish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Ekologik harakatining ish rejasida belgilangan “Ekologik ta’lim: zamonaviy talablar, yangicha yondashuvlar” nomli tadbir ssenariysini ishlab chiqishda foydalanish orqali ijtimoiy sinovdan o‘tkazilgan (O‘zbekiston ekologik harakatining 2024 yil 12 martdagi 03/1-son ma’lumotnomasi) hamda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali “Tadqiqot” ko‘rsatuvi ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradio kompaniyasining 2024 yil 07 fevraldagi 02-28-182-son ma’lumotnomasi). Natijada, geografik va ekologik ta’lim jarayonida o‘quvchilarda geoekologik muammolarning oldini olish, echim yo‘llarini anglash va tabiatga yangicha munosabatlar qadriyatlari shakllangan hamda mazkur muammolarga nisbatan ijtimoiy ahamiyatli pozisiyasi rivojlantirilgan.
umumta’lim maktab o‘quvchilari geografik-ekologik madaniyatini shakllantirish samaradorligi geoekomadaniy o‘zaro ta’sir vaziyatlarining turlaridan konstruktiv topshiriqlar ishlab chiqishda foydalanish,  geoekologik kompetensiyani shakllantirish darajasining pedagogik jihatlarini qiyosiy aniqlash hamda baholash mezonlarini haqqonyiligini ta’minlashga qaratilgan indikatorlarni darajalash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turlari bo‘yicha)” darsligi mazmuniga singdirilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024 yil 21-maydagi 06-36-789-son ma’lumotnomasi). Natijada, pedagogik oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak geografiya fani o‘qituvchilarining  umumta’lim maktab o‘quvchilarida geografik-ekologik madaniyatni shakllantirish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalari rivojlantirilgan;
umumta’lim maktablari dasturlarida geografik-ekologik mazmunning ilmiy talqini va rivojlanish tamoyillari Geografiya va Tabiiy fan (Science)larni ekologizatsiya qilishning kognitiv, qadriyatli-meyoriy, aksiologik, praksiologik komponentlarini o‘quv geoekologik modellarning (global geoekologik, mintaqaviy geoekologik, mahalliy geoekologik) strategik rivojlanish tendensiyalariga bosqichma-bosqich moslashtirish asosida takomillashtirishga doir takliflar “Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turlari bo‘yicha)” darsligi mazmuniga singdirilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024 yil 21-maydagi 06-36-789-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim oluvchilarning ekologik va geoekologik madaniyatini rivojlantirishning tarixiy jihatlari va bugungi kundagi ahamiyati oshirilgan.
umumta’lim maktab o‘quvchilari geografik-ekologik madaniyatini shakllantirish texnologiyalari  interfaol metodlarni takomillashtirishga doir “Geoekologik o‘lkashunoslik”, “Vatanim-O‘zbekiston” (geoekologik tavsif), “Globallashuv va sivilizatsiyaning barqaror rivojlanishi” integrativ kurslarni kiritish hamda geoekologik madaniyatini rivojlantirishning pedagogik diagnostik vositasidan ratsional foydalanish asosida takomillashtirishga doir tavsiyalar Abay nomidagi Qozog‘iston milliy pedagogika universitetining “Izuchenie mexanizmov effektivnoy realizatsii konsepsii zelenogo universiteta v Kazaxstanskix vuzax” mavzusiga oid loyihasidagi vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Abay nomidagi Qozog‘iston milliy pedagogika universitetining 2024-yil 20-martdagi ma’lumotnomasi). Natijada, geografiya ta’limini ilg‘or xorijiy tajribalar va innovasion ta’lim texnologiyalari asosida tashkil etish imkoni oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish