Ergasheva Malikaxon Avazxon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Soliqqa tortishning tartibga solish funksiyasi samarali taraqqiyoti yo‘nalishlari»,
08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt3013
Ilmiy rahbar: Amanov Akram Mirzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov Xurshid Xurramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Elmurodov Shoxjahon G‘ayrat o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi soliqqa tortishning tartibga solish funksiyasi samarali taraqqiyoti yo‘nalishlariga doir ilmiy-uslubiy hamda amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari tomonidan o‘z mahsulotlarini sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib oluvchilar tomonidan amalga oshiriladigan tartibni joriy etish orqali soliqqa tortishning tartibga solish funksiyasini yanada kuchaytirish taklifi asoslangan;
benzin va dizel yoqilg‘isini oxirgi isteʼmolchilarga sotadigan shaxslar uchun aksiz solig‘ini bekor qilib, uni to‘lash majburiyatini ushbu neft mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga yuklash orqali aksiz solig‘i ma’murchiligini takomillashtirish va kichik biznes subektlarining soliq majburiyatlarini bajarish xarajatlarini kamaytirish asoslangan;
soliq to‘lovchiga imtiyozli soliq stavkasini qo‘llash huquqini beruvchi tovar va xizmatlar eksportidan olinadigan daromadlar ulushini 15 foizdan 30 foizgacha oshirish orqali eksportni rivojlantirish uchun qo‘shimcha qulay shart-sharoitlar yaratish hamda taqdim etilayotgan soliq imtiyozlarining samaradorligini oshirish asoslangan;
xususiy mulk huquqi asosida jismoniy shaxslarga qarashli mol-mulkni yuridik shaxslarga sotishdan olingan daromadlari bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan imtiyozni bekor qilish orqali soliqqa tortishning tartibga solish funksiyasini yanada kuchaytirish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Soliqqa tortishning tartibga solish funksiyasi samarali taraqqiyoti yo‘nalishlariga doir ilmiy-uslubiy hamda amaliy taklif va tavsiyalar asosida:
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari tomonidan o‘z mahsulotlarini sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib oluvchilar tomonidan amalga oshiriladigan tartibni qo‘llash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining fiskal siyosat konsepsiyasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 07.08.2023 yildagi 07-81120-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib oluvchi qo‘shilgan qiymat solig‘ini byudjetga to‘laganidan keyingina hisobga olishi imkoni yaratilgan;
benzin va dizel yoqilg‘isini oxirgi isteʼmolchilarga sotadigan shaxslar uchun aksiz solig‘ini bekor qilib, uni to‘lash majburiyatini ushbu neft mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga yuklash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining fiskal siyosat konsepsiyasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 07.08.2023 yildagi 07-81120-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida aksiz solig‘i ma’murchiligini takomillashtirish va kichik biznes subektlarining soliq majburiyatlarini bajarish xarajatlarini kamaytirish imkoni yaratilgan;
soliq to‘lovchiga imtiyozli soliq stavkasini qo‘llash huquqini beruvchi tovar va xizmatlar eksportidan olinadigan daromadlar ulushini 15 foizdan 30 foizgacha oshirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining fiskal siyosat konsepsiyasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 07.08.2023 yildagi 07-81120-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida eksportni rivojlantirish uchun qo‘shimcha qulay shart-sharoitlar hosil qilish va taqdim etilayotgan soliq imtiyozlarining samaradorligini oshirish imkoni yaratilgan;
xususiy mulk huquqi asosida jismoniy shaxslarga qarashli mol-mulkni yuridik shaxslarga sotishdan olingan daromadlari bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan imtiyozni bekor qilish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining fiskal siyosat konsepsiyasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 07.08.2023 yildagi 07-81120-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ushbu shaxslarning tijorat operatsiyalarini amalga oshirishlari, masalan, avtomobillarni realizatsiya qilish yoki qurilish yuzasidan investisiya shartnomalaridagi hissasi bo‘yicha daromad solig‘ini to‘lash imkoni yaratilgan.