Shukurov Shahobiddin To‘lqin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Tezkesar po‘latdan tayyorlangan tish kesuvchi frezani puxtalash texnologiyasini ishlab chiqish», 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3109.
Ilmiy rahbar: Norxudjaev Fayzulla Ramazanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Abed Nodira Saibjanovna, texnika fanlari doktori, professor; Eshqobilov Olim Xoliqulovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik inistituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tezkesar po‘latdan tayyorlangan tish kesuvchi frezani puxtalash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tezkesar po‘latdan tayyorlangan tishkesar frezani puxtalashda qo‘llanilgan suyuq holda azotlash usulining vannasi tarkibi va azotlash rejimi aniqlangan;
suyuqlik azotlash jarayonidan keyingi mikrostruktura karbonitridlardan tashkil topgan qatlamidan iborat bo‘lgan va suyuq holda azotlashning texnologik rejimlarini tezkesar po‘latning struktura-faza holatiga ta’siri aniqlangan;
po‘lat yuzasining azot va uglerod atomlari bilan to‘yinishi hamda bo‘shatish jarayonlari bir vaqtning o‘zida sodir bo‘ladigan, tezkesar po‘latni bo‘shatish va suyuq holda azotlash jarayonlarining issiqlik rejimlari ishlab chiqilgan;
o‘zida toblash jarayonini, birinchi bo‘shatishni, so‘ngra ikkinchi bo‘shatish bilan birgalikda suyuq azotlash jarayonini va nihoyat yakuniy bo‘shatishni mujassamlashtiradigan R6M5, R9F5 markali tezkesar po‘latlardan tayyorlangan tish kesuvchi frezani suyuq holda azotlash texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tezkesar po‘latdan tayyorlangan tish kesuvchi frezani puxtalash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tezkesar po‘latni suyuq holatda azotlash uchun mahalliy xomashyodan vannadagi eritma tarkibi “Olmaliq KMK” AJ “Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha IIChB”da amaliyotga joriy etilgan (“Olmaliq KMK” AJning 2023 yil 10 sentyabrdagi 10-23/01-1701-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kesuvchi asboblarni puxtalashdagi sarf-xarajatlar asbobning tannarxini 15-20% ga kamaytirish imkonini bergan;
R6M5 markali tezkesar po‘latdan tayyorlangan o‘tuvchi keskich, chervyakli va diskli frezaning puxtalash texnologiyasi “Olmaliq KMK” AJ “Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha IIChB” va Ilmiy-texnologik markazida amaliyotga joriy etilgan (“Olmaliq KMK” AJning 2023 yil 10 sentyabrdagi 10-23/01-1701-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, standart termik ishlov berishga nisbatan asboblarning eyilishbardoshliligini 1,3 – 1,4 martaga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish