Muxammedov Saidmurod Boxodirjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Karbamid, furfurol va ayrim biogen elementlar asosida yangi tovarlar olish», 02.00.09 – Tovarlar kimyosi, 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4823.
Ilmiy rahbarlar: Asqarov Ibrohim Rahmonovich, kimyo fanlari doktori, professor; [Isaqov Xayatulla], texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Andijon davlat universiteti, Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti huzuridagi DSc.03/29.10.2021.K/T.60.05 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ahmadaliev Mahammadjon, texnika fanlari doktori, professor;  Shamsiddinov Isroil Turg‘unovich, kimyo fanlari  doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: karbamid, furfurol va  biogen  metallar  asosida  kam zaharli  va  yuqori  samarali  stimulyatorlik, fungisidlik xossalari bo‘lgan yangi tovarlar  olish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
furfurol, karbamid hamda mis, rux asetatlari asosida to‘rtta yangi kompleks birikmalar sintez qilingan;
karbamid-furfurol birikmalari hamda mis, rux asetatlari asosida preparatlar olishning maqbul tarkiblari, komponentlar nisbati va jarayonlarni olib borishning texnologik tartiblari aniqlangan;
karbamid-furfurol birikmalarini olish va ularni quritishning maqbul sharoitlari aniqlangan;
olingan komplekslarining biologik faolligi chigit va bug‘doyning unib chiqishini stimullovchi ta’siri, ayrim patogen zamburug‘larga qarshi antagonistik faolligi isbotlangan;
furfurol, karbamid va ayrim biogen elementlar asosida sintez qilingan biostimulyatorlar uchun TIF TN bo‘yicha yangi xalqaro tovar kodi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Karbamidnning furfurolli birikmalari va biogen metall asetatlari asosida olingan kam zaharli, samarali urug‘dorilagich va o‘simliklarni o‘stirish uchun stimulyatorlarlik xossasiga ega  biologik faol moddalarni tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
karbamid, furfurol hamda mis va rux metallarining asetatlari asosida sintez qilingan “FK+Cu” hamda “FK+Zn” biologik faol moddalarini 2020-2022 yillar davomida Andijon viloyatidagi 120 gektar paxta, 97 gektar bug‘doy maydonlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 13 dekabrdagi 07/34-9347-son ma’lumotnomasi). Natijada, FK+Cu bilan ishlov berilgan bug‘doy maydonlaridan amaldagi stimulyatorlarga nisbatan qo‘shimcha 6-8 s/ga, FK+Zn bilan ishlov berilgan g‘o‘za maydonlaridan qo‘shimcha 4-5 s/ga hosil olish imkonini bergan;
karbamid, furfurol va biogen metallar asosida sintez qilingan yangi turdagi kompleks biostimulyatorlar tashqi iqtisodiy faoliyatdagi tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha sinflanib, ularga “Karbamid, furfurol va biogen metallar kompleksidan hosil bo‘lgan biostimulyatorlar” uchun – 3808 93 900 3 kodi ishlab chiqilgan va davlat bojxona amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2023 yil 31 maydagi 17/05-23-0369 son ma’lumotnomasi). Natijada, karbamid, furfurol va biogen metallar saqlovchi biologik faol birikmalarni kimyoviy tarkibi bo‘yicha sinflash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish